TERMODINAMIKANING UCHINCHI QONUNI




Download 71,35 Kb.
bet4/4
Sana31.01.2024
Hajmi71,35 Kb.
#149269
1   2   3   4
Bog'liq
O`zbekiston respuplikasi axborot texnologhiyalari va kommunikats
Русские глаголы, Axborot texnologiyalari kafedrasi ta’limda axborot texnologiyala
5. TERMODINAMIKANING UCHINCHI QONUNI
Yuqorida entropiya haqida so’zlanganda jismdagi entropiyaning absolyut qiymatini termodinamikaning II qonuni asosida aniqlab bo’lmasligi, entropiyaning protsess vaqtida o’zgarishingina aniqlash mumkinligi to’g’risida gapirilgan edi. Entropiya va boshqa termodinamik funktsiyalarning absolyut qiymatini aniqlashda termodinamikaning uchinchi qonunidan foydalaniladi.
Nernst jismlarning issiqlik sig’imini past temperaturalarda tekshirish natijasida (1906 yilda) termodinamikaning uchinchi qonunini ta‘rifladi: temperatura absolyut nolgacha pasaytirilganda ximiyaviy jihatdan bir jinsli har qanday moddaning entropiyasi nolga yaqinlashadi. Buni quyidagicha yozish mumkin:
lim S → 0 T→0

Xulosa
Termodinamika (yun. termo issiq, dynamis — kuch) — termodinamik muvozanat holatida turgan makroskopik tizimlarning umumiy xossalariga bu holatlar orasidagi o'tish jarayonlari toʻgʻrisidagi fan. T. fundamental qonun va tamoyillar asosida quriladi.
T.ning birinchi bosh qonuni tizimning energiya saqlanish qonuni boʻlib, unga, asosan, tizim oʻzining ichki energiyasi yoki qandaydir tashqi energiya manbai hisobiga ish bajarishi mumkin. Bu qonunni Yu. R. Mayer taʼriflagan. G. Gelmgolts aniqroq shaklga keltirgan (1874). T.ning ikkinchi bosh qonun i quyidagicha: issiqlik energiyasi ishga aylanish jarayonida toʻliq miqdorda ishga aylanmaydi, issiqlik sovuq tizimdan issiq tizimga oʻzoʻzidan oʻta olmaydi. Bu qonunni R. Klauzius taʼriflagan (1850). Bu konunga asosan, har qanday mashina uzatilgan issiklikni toʻliq ishga aylantira olmaydi, issiklikning maʼlum qismi sovitkichda qoladi (qarang Karno sikli).
T.ning uchinchi bosh qonuni entropiyaning mutlaq qiymatini aniqlaydi; Nernstning issiqlik qonuni deb ham ataladi. Bu qonunga koʻra, ixtiyoriy tizimning entropiya S si mutlaq nolga intiladigan har qanday temperatura T.da bosimga, zichlikka bogʻliq boʻlmagan eng oxirgi chegaraviy qiymatiga erishadi. 1911-yilda M. Plank bu qonunni quyidagicha ifodalagan: temperatura mutlaq nolga intilganda tizim entropiyasi ham nolga intiladi.
T. umumiy yoki fizik T.ga, T. qonunlarini issiqlik texnikasiga tatbiq qiluvchi texnik T.ga, T. qonunlarini kimyoviy va fizikkimyoviy jarayonlarga tatbiq qiluvchi kimyoviy T. ga, T. qonunlari yordamida qaytmas jarayonlarni oʻrganuvchi qaytmas jarayonlar T.siga boʻlinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Ктрелев В.А. Краткий курс физической химии. М. 1989 Г.. Стромберг А.Г. Семченко Д.П. Физическая химии. М. 1973 Г.

  2. Воюцкий С.Е. Курс коллоидной химии. М. 1973 Г.

  3. Усмонов Х.У. Рустамов Х.Р. Рахимов Х.Р. «Физик кимё» Тошкент Ўқитувчи. 1963-1975 йил.

  4. Рахимов Х.Р. «Физик ва коллоид химия» Тошкент. Ўқитувчи 1978 йил.

  5. Герасимов Я.И. «Курс физической химии» Москва 1970 Г.

  6. Эмануэл Н.М. «Кнорре» Курс химической кинетики. Москва 1974 Г.

  7. Физическая химия. Под. П.В.никольского М.: Химия. 1988 школа, 1984.

  8. Эммануэль Н.М., Д.Г. Курс химической кинетики. М.: Высщая школа, 1984.

  9. Статистик термодинамика: Ўқув қўлланма. Тузувчи Б.У.Сагдуллаев, Тошкент, 1990.

  10. Дамаскин Б.Б., петрий О.А. Электрохимия: Учеб. Пособие М: Высшая школа, 1978.296 с.

  11. Смирнова Е.А. Курс статистической термодинамики и физической химии: Учеб. Пособие 2-е изд. М: Высшая школа, 1982. 456 с.

  12. Еримин Е.Н. Основы химической термодинамик: Учеб.пособие М: Высшая школа, 1978. 383 с.

  13. www.ziyonet.uz

Download 71,35 Kb.
1   2   3   4




Download 71,35 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TERMODINAMIKANING UCHINCHI QONUNI

Download 71,35 Kb.