• 1. Termodinamikaning ikkinchi qonuni
  • O`zbekiston respuplikasi axborot texnologhiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazimiy nomidagi toshkent viloyati axborot texnologiyalari texnikumi




    Download 71.35 Kb.
    bet1/4
    Sana31.01.2024
    Hajmi71.35 Kb.
    #149269
      1   2   3   4
    Bog'liq
    O`zbekiston respuplikasi axborot texnologhiyalari va kommunikats
    Русские глаголы, Axborot texnologiyalari kafedrasi ta’limda axborot texnologiyala

    O`ZBEKISTON RESPUPLIKASI AXBOROT TEXNOLOGHIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUXAMMAD AL-XORAZIMIY NOMIDAGI TOSHKENT VILOYATI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI TEXNIKUMI


    Mustaqil ish
    Mavzu: Termodinamikaning ikkinchi qonuni

    Fan nomi: Kasbiy faoliyatda Fizika


    Bajardi: Aledinov.A.Y
    Guruh:TT03-21
    Tekshirdi:______________

    Toshkent Viloyati


    2022
    Termodinamikaning ikkinchi qonuni


    Reja
    1. Termodinamikaning ikkinchi qonuni
    2. Protsesslarning qaytarligi va asosiy termodinamik tsikl
    Issiqlik mashinasining foydali ish koeffitsienti
    4. Entropiya
    5. Termodinamikaning uchinchi qonuni
    Foydalanilgan adabiyotlar
    1. Termodinamikaning ikkinchi qonuni
    Tabiatda sodir bo’ladigan hodisalarni kuzatish natijasida ular ma‘lum yo’nalishda bo’ladi degan xulosa chiqarish mumkin. Masalan, issiqlik hamma vaqt issiqroq jismdan sovuqroq jismga o’tadi; suv baland joydan past joyga oqadi; bir gazga boshqa gaz qo’shilsa, bu gazlar o’zaro aralashib ketadi; elektr yuqori potentsi-aldan past potentsialga ko’chadi. Ish issiqlikka bevosita aylanadi (masalan, ishqalanish), lekin issiqlikni ishga aylantirish uchun qo’shimcha mexanizm kerak, shunda ham issiqlikning bir qismi ishga aylanmay qoladi va hokazo. Bu hodisalarning xammasi ham o’z-o’zicha sodir bo’ladi, lekin ular teskari tomonga bormaydi. Bu ho-disalarning hammasi qaytmas hodisalardir. Masalan, suv pastdan balandga oqmaydi, issiqlik sovuq jismdan issiq jismga o’tmaydi; vaholanki, issiqlikning sovuq jismdan issiq jismga o’tishi ter-modinamikaning birinchi qonuniga xilof emas, chunki bu hodisa energiyaning saqlanish qonuniga zid kelmaydi. Demak, termodinamikaning birinchi qonuniga asoslanib, hodisalarning yo’nalishi haqida fikr yuritib bo’lmaydi. Bu masalani termodinamikaning ikkinchi qonunigina hal qila oladi.
    Bu qonunni bayon qilishda energiyaning hamma xillari ham ikki ko’paytiruvchidan iborat: ko’paytma orqali ifodalana olishini nazarda tutish kerak. Bu ko’paytuvchilardan biri intensivlik faktori, ikkinchisi sig’im faktoridir. Masalan, mexanikaviy energiya A = F · S bilan; ifodalanishi mumkin. Bu yerda intensnvlik faktori kuch — F va sig’im faktori masofa — S dir. Elektr energiyasining intensivlik faktori kuchlanish, ya‘ni potentsiallar -ayrimasi, issiqlik energiyasining intensivlik faktori esa temperaturadir. Issiqlik hamma vaqt yuqori temperaturali jismdan past temperaturali jismga o’tadi va bu protsess ikkala jismning temperaturasi baravarlashguncha davom etadi. Energiyaning boshqa turlarida ham shu hodisaning xuddi o’zini ko’rish mumkin; bu hollarda jismlardagi energiyaning intensivlik faktorlari bir-biriga tenglashadi. Shundan so’ng sistema termodinamik muvozanatga keladi.
    Demak, izolyatsiyalangan har qanday sistema o’z-o’zicha muvozanat holatiga o’tish uchun intiladi.
    Bu xulosa termodinamikaning ikkinchi qonuni uchun umumiy ta‘rif bo’la oladi.
    Muvozanatga kelgan sistema o’z-o’zicha harakat qila olmaydi, shu sababli, undan ish olish uchun (boshqa energiya sarf qilmay turib) foydalanib bo’lmaydi.
    Termodinamikaning birinchi qonuniga muvofiq, o’z-o’zicha abadiy ishlaydigan mashina (birinchi xil abadiy dvigapgel) kurshi mumkin bo’lmaganidek, ikkinchi qonuniga muvofiq, bir xil temperaturaga' egabo’lgan muhit issiqligi hisobiga uzluksiz ishlaydigan mashina (ikkinchi xil abadiy dvigatel) qurish ham mumkin emas.

    Download 71.35 Kb.
      1   2   3   4




    Download 71.35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respuplikasi axborot texnologhiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazimiy nomidagi toshkent viloyati axborot texnologiyalari texnikumi

    Download 71.35 Kb.