• 7 .1-rasm. Markazdan qochma nasos
  • Lecture 7 mavzu: umumiy ahamiyatga EGA bo`lgan jihozlarni ta`mirlash




    Download 0.88 Mb.
    bet1/10
    Sana28.03.2024
    Hajmi0.88 Mb.
    #180026
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    LECTURE 7
    rivojlanisj, 1-Ma\'ruza. Gidroksihosilalar Organika-2, 3-Laboratoriya ishidocx, 5- Laboratoriya ishi ABN, borliq, Talabalar uchun qoʻshimcha mablagʻga ega boʻlish imkoniyati , 947-Article Text-2863-1-10-20210419, Dasturiy mantiqiy kontrollerlar-fayllar.org, 5-maruza. Sut ishlab chiqarish jarayonida texnik-kimyoviy nazorat o‘rni, Geghbtasbstrcvttvhth vvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvv, Dasturiy taminot, Handbook of Food Science and Technology 1 Food Alteration and Food Quality ( PDFDrive ), Konkulyator ishlash prinspi, 150тсутка uz-assistant.uz, Usmonov Dilshodbek

    LECTURE 7
    MAVZU: UMUMIY AHAMIYATGA EGA BO`LGAN JIHOZLARNI TA`MIRLASH:


    7.1. Nasoslarni ta’mirlash


    Nasoslarni o`rnatish. Nasosli agregat yoki nasoslar suyuq moddalarni bir joydan ikkinchi joyga haydash uchun mo`ljallangan gidravlik qurilmadir. Ishlash printsipiga qarab nasoslar oziq-ovqat sanoatida asosan 3 turgagi turi ishlatiladi: markazdan qochma, shesternyali va porshenli nasoslar.
    Markazdan qochma nasoslarda suyuqlik markazdan qochma kuch ta`sirida harakatlanadi. Ularda spiralsimon qobiq ichida parrakli ish g`ildiragi joylashgan bo`ladi. Ish g`ildiragining aylanishida markazdan qochma kuch hosil bo`ladi. Bu kuch ta`sirida suyuqlikning so`rilishi va uni haydash bir mye`yorda uzluksiz boradi. Markazdan qochma nasos sxemasi 7.1-rasmda ko`rsatilgan. So`rish trubasi orqali ta`minlovchi idishdan ko`tarilgan suyuqlik ish g`ildiragining markaziy qismiga kiradi.
    So`ngra ish g`ildiragining kuraklari orasidan o`tib, nasos kamerasiga tushadi. Bu yerda markazdan qochma kuch ta`sirida hosil bo`lgan bosim suyuqlikni haydash trubasiga siqib chiqaradi. Bunda ish g`ildiragiga kirish oldida siyraklanish vujudga keladi. Kuraklar orasidagi kanallardan suyuqlik bir tekisda haydash trubasiga berilishi va suyuqlik tezligini asta-sekin kamaytirib, suyuqlik bosimini oshirish uchun qo`zg`almas qobiq spiralsimon shaklda tayyorlanadi. Suyuqlikning haydash trubasida ma`lum miqdordagi tezlik bilan oqishini ta`minlash uchun nasosning kamerasi yo`naltirgich va diffuzor kabi bir qanchà moslamalar bilan ta`minlangan. Nasosdagi so`rilish qabul qiluvchi idishdagi suyuqlik sathiga ta`sir qiluvchi bosim bilan so`rish trubasidagi siyraklanish bosimi orasidagi farq hisobiga amalga oshadi.


    7.1-rasm. Markazdan qochma nasos:
    1- so`rish trubasi; 2- salnik; 3- qobiq, 4- ishchi g`ildiragi; 5- o`q; 6- kurak; 7- haydash trubasi.
    Nasosning ishlashini tekshirib ko`rish uchun so`rish tizimiga vakuummetr va haydash trubasiga esa manometr o`rnatiladi. Bundan tashqari, nasosda uzatilayotgan suyuqlikning miqdorini rostlab turish uchun haydash trubasiga kran, ventil yoki zadvijka o`rnatiladi. Nasos qisqa muddatga to`xtatilganda, shuningdek, ish g`ildiragi suyuqlik bilan to`ldirilganda, suyuqlik tushib ketmasligi uchun so`rib trubasiga klapan o`rnatiladi.
    Markazdan qochma nasoslarning vali ham gorizontal ham vertikal joylashgan bo`lishi mumkin.
    Oziq-ovqat sanoatlarida ishlatiladigan markazdan qochma nasoslar asosan 13 xil-o`lchamda umumiy cho`yan plitada nasos va elektrodvigatel o`rnatilgan holda ishlab chiqariladi. Nasos rusumidagi harf va raqamlar, misol uchun K20/30 rusumidagi nasos uchun K – konsol xilidagi, 20 – nasosning suyuqlik haydash miqdorini (m3/soatda) va 30 - ko`tarish miqdorini (m da) ko`rsatadi.
    Nasos agregat va nasoslarni kompressor va nasoslarni montaj qilish Instruktsiyasi (ВСН 394-78), hamda ushbu nasoslar uchun texnik shartlar bo`yicha montaj qilinadi.
    Nasoslarni o`rnatish quyidagi jarayonlardan iborat:
    1) nasosni fundament yoki beton to`singa o`rnatish;
    2) montaj o`qlari va gorizontal o`q bo`yicha tekshirish;
    3) fundamentni sement suyuqligi bilan yopish;
    4) nasosni nazoratdan o`tkazish;
    5) nasosni sinovdan o`tkazish va ishlatish.
    4 va 5 sonli operatsiyalar nasosni sozlash ishlariga kiradi.
    Ko`pincha nasoslar korxonaga yig`ilgan holda keladi, kichik yoki o`rta hajmli nasoslar esa elektrodvigatel' bilan birga poydevor plitaga o`rnatilgan holda bo`ladi.
    Nasosni ish jarayonida tebranish bo`lmasligi uchun mustahkam asosga o`rnatishadi.
    Nasosni poydevorga o`rnatib, uning gorizontalligini tekshiriladi (gorizotallik 1 m uzunlikda 0,1 mm aniqlikda bo`lishi kerak). Nasos holati obtarozi bilan tekshiriladi, bunda asbobni patrubka flanetsining ishlov berilgan yuzasiga 2 marta o`zaro perpendikulyar holatda qo`yib o`lchanadi. Nasos gorizontalligi anker boltlar yaqinida metall plastinka qo`yish yo`li bilan sozlanadi (Г2-OП va MНЦ nasoslar uchun sozlovchi vintlar ishlatiladi).
    Agar montajga nasos elektrodvigatel va cho`yan asos bilan alohida-alohida keltirilsa, ishni nasosni va elektrodvigatelni asosga o`rnatishdan boshlashadi, bunda nasos vali elektrodvigatel' vali bilan mufta orqali ulanadi.
    Metall lineykani nasos yarimmuftasining yuqorisi va yoniga qo`yib, elektrodvigatel holatini rostlaydilar, bunda metall lineykaning ikki yarimmuftalarning silidrik yuzasiga zich yopishib turishini ta`minlash kerak.
    Nasos va edektrodvigatel vallarining o`qdoshligini (соосность) yarimmuftalar orasidagi bir-biridan bir xil masofada joylashgan 4 ta nuqtalar orasidagi tirqishni shuplar bilan o`lchash va metall lineyka yoki maxsus qurilma (7.2-rasm) bilan yarim muftalar silidrik yuzalari orasidagi farqni o`lchash bilan tekshiriladi. Qurilma ikki xomutdan iborat. Birinchi xomutda ikki boltli kronshteyn, ikkinchi xomutda yaxshi ishlov berilgan kvadratli jism o`rnatilgan. Boltlar va kvadratli jism orasidagi tirqish 1-2 mm.
    O`qdoshlik holati to`g`ri bo`lishi uchun 4-nuqtada shuplar bilan o`lchangan tirqish kattaligi bir xil, hamda vallar o`qlari ruxsat etilgan parallel siljishi a = 0,2 mm va vallar qiyshiqligi b = 0,1 mm (mufta diametri 300 mm gacha holatda) bo`lishi kerak.
    Vallar o`qdoshligi tekshirilgandan keyin elektrodvigatel cho`yan plitaga qotiriladi. So`ngra nasos plitasiga beton qorishma solinadi, bira to`lasi anker quduqlar ham to`ldiriladi. Beton qorishma qotgandan so`ng, chegara taxtalar (opalubkalar) yechib olinadi, nasosga quvurlar ulanadi va tekshiruv-sozlash ishlari olib boriladi.
    Shesternyali nasoslarda suyuqlik shesternyalar ichlaridan siqib chiqarish hisobiga haydaladi. Porshenli nasoslarda suyuqlik ilgarilanma qaytarma harakatlanayotgan porshen' yordamida haydaladi.
    S hesternyali va porshenli nasoslarning montaj tartibi yuqoridagiga o`xshash, faqat sinash tartibi bilan farq qiladi.


    Download 0.88 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0.88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Lecture 7 mavzu: umumiy ahamiyatga EGA bo`lgan jihozlarni ta`mirlash

    Download 0.88 Mb.