Ma'lumotlar bazasini himoyalash jarayonlarini o'rganish va xatoliklarni to'g'rilash uchun maslahatlar




Download 0,85 Mb.
bet14/16
Sana20.05.2024
Hajmi0,85 Mb.
#246043
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Qodirov D

Ma'lumotlar bazasini himoyalash jarayonlarini o'rganish va xatoliklarni to'g'rilash uchun maslahatlar


Inson mehnat faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar Odam umrining ko‘p vaqtini mehnat egallaydi, agar inson ish faoliyatida o‘rnatilgan barcha tartib-qoidalarga rioya qilmasa, bu o‘z navbatida, inson mehnat faoliyatiga va sog’lig’iga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Ishlab chiqarish sharoiti - bu istisnoni o‘rab turgan atrof muhitning bir qismini tashkil qilib, uning tarkibiga tabiat-iqlimga bog‘liq bo‘lgan hamda insonning kasbiy faoliyatiga ta’sir etuvchi xavfli va zararli omillar (shovqin, silkinish, zaharli tutunlar, gazlar, changlar, nurlanishlar va hokazo) kiradi.
Xavfli omillar deganda - muayyan bir sharoitda inson sog‘lig’iga zarar keltirishi yoki organizmni halokatga olib kelishi tushiniladi. Zararli omillar esa- insonning ish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi yoki biror bir kasallikka olib keluvchi holat tushuniladi. Ish sharoitida ishning qandayligiga va ish joyining qanday tashkil etilganligiga bog‘liq. Xavfli va zararli omillarning ta’sir xususiyatlari ularning tarkibiga, tuzilishiga,fizik-kimyoviy xossalariga,miqdoriga,inson tana
a’zolariga ta’sir etish yo‘llariga, holatiga, uchuvchanligiga, suvda, yog‘da eruvchanligiga va boshqa ko‘rsatkichlariga bog‘liq.
Aksariyat xavfli omillarga - ishlab chiqarishdagi zaharli kimyoviy, biologik moddalar, ionlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan nurlar va boshqa kuchli ta’sir etuvchi kuchlar kiradi. Zaharli kimyoviy moddalarning yo‘l qo‘yiladigan oxirgi darajasidan (UQOD) yuqori miqdorda, yoki biologik xavfli ta’sirlarning (patogen mikroorganizmlaming) inson tanasiga o‘tishi natijasida kuchli kimyoviy, yoki biologik zaharlanish yuz berib, insonning o‘limiga olib keladi. Shuningdek, ionlantirish xususiytiga ega bo‘lgan nurlarning yuqori miqdordagi do‘zasi ta’sirida ham inson hayoti xavf ostida qoladi. Zaharli omillarga - ishlab chiqarishdagi changlar, tutunlar, gazlar, bug‘lar, yo‘l qo‘yiladigan oxirgi darajadan (YQOD) yuqori qiymatga ega bo‘lgan ishlab chiqarish mikroiqlimining gigiyenik me’yorlari shovqinlar, titrashlar, yoritilganlik, elektr va magnit maydonlari va boshqa ta’sirlar kiradi. Zaharli omillarning inson tana a’zolariga o‘z-o‘zidan o‘tishi yoki ta’sir etishi va tanada yig‘ilishi natijasilda kasb kasalliklari kelib chiqadi. Masalan, ishlab chiqarish changlari Pnevm okom ioz kasalliklaridan tashqari teri kasalliklarini ham keltirib chiqaradi.Xavfli va zararli omillar ta’siridagi zararlar deb, ish unumdorligining pasayishi, zaharlanish va kasb kasalliklarining paydo bo‘lishi, kasallanishning ortib ketishi hamda vaqtinchalik mehnat faoliyatining yo‘qotilishi va boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishiga aytiladi.
Ishlab chiqarish muhitidagi xavfli va zararli omillar 4 guruhga bo‘linadi:
1. Fizikaviy
2. Kimyoviy
3. Biologik
4. Psixofiziologik
Ishlab chiqarishdagi zararlar deb,ish unumdorligining pasayishi, zaharlanish va kasalliklaning paydo bo‘lishi, kasallanishning ortib ketishi va vaqtinchalik mehnat faoliyatining yo‘qotilishi va boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishiga aytiladi. Xavfli va zararli omillarning quyidagi turlari mavjud:
Kimyoviy (zaharli moddalarning paydo bo‘lishi va ularning inson organizmiga salbiy ta’sir ko'rsatishi).
Fizikaviy (shovqin, silkinish, va boshqa turdagi titrashlar, nurlanishlar, iqlim o‘zgarishlari: ob-havo haroratining isishi yoki sovib ketishi),atmosfera bosimining o‘zgarishi yoritilish darajasi, chang-to‘zonlarning ko‘tarilishi va boshqalar).
Biologik (kasallangan mikro organizmlar, mikrob preparatlari, biologik pestitsidiar va boshqalar).
Jismoniy (statistik va dinamik) zo‘riqish - og‘ir yukni olib o‘tish, inson jismoniy holatining buzilishi, inson tana a’zolarining katta bosim ostida bo‘lishi va boshqalar.
Fiziologik (jismoniy harakatlanishning cheklanishi - ginokeniziya).
Psixologik (nerv faoliyatining zo‘riqishi - aqliy faoliyatni keragidan ortiq ishlatish, his-hayajonning ortib ketishi).
Inson mehnat faoliyatining turlari Inson mehnat faoliyati hozirgi vaqtda quyidagi mehnat turlariga bo‘linadi:
A. Jismoniy faollikni talab qiluvchi mehnat turi.Bunday mehnat turi, qachonki mehnat vositalari bo‘lmagan vaziyatlarda qo‘llaniladi.Bunda katta energetik kuch talab qilinadi, ya’ni 17 dan 25 gacha MJ yoki 4000-6000 kkal energiya va undan ortiq. Ushbu mehnat turi taraqqiy etishi bilan birga, bir qancha kamchiliklarga ega. Jumladan, mahsulotning oz miqdorda ishlab chiqarilishi, mehnat unumdorligining pastligi, ishchilaning tez toliqishi oqibatida ish kuni 50 foizining dam olishga sarflanishi va boshqalar.
B. Mexanizatsiyalashgan mehnat turi. Bu mehnat faoliyati turida ishchilaning energiya sarf qilishi kuniga 12,5-17 MJ yoki 3000-4000 kkal atrofida bo‘ladi. Mexanizatsiyalashgan mehnat turida asosan ishchi kuchi energiyasi tejaladi va asosiy kuch dasturiy ta’minot zimmasiga tushadi. Bunday mehnat turida maxsus bilim va amaliyot talab etiladi. Mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarish sharoitida ish kuchining samaradorligi kamayadi, lekin bunda masofadan turib qo‘l harakatidan foydalanish oqibatida yuqori ish unumdorligiga erishiladi. Demak bu mehnat turida, kichik qismda qabul qilingan ma’lumotlar asosida muayyan ishlarning takrorlanishi mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi.
D. Yarim avtomatlashgan ishlab chiqarish turi. Bu mehnat turida insonning uzluksiz ishlashiga chek qo‘yiladi va ish faoliyatini avtomatlashtirilgan mexanizmlar boshqaradi. Bunda insonning vazifasi avtomatlashgan liniyalarga xizmat ko‘rsatish va elektron texnikalarni boshqarish bilan cheklanadi. Ushbu mehnat faoliyatida - ish qismining kattaligi, ish unumdorligining yuqoriligi, lekin inson asabining turli darajadagi tarangligi bilan xarakterlanadi.
E. Avtomatlashtirilgan mehnat turi fiziologik jihatdan ishchining ishga doimiy tayyorgarligi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bunday noxushliklarni darhol bartaraf etishni taqozo etadi. Bunday funksional holat «operativ kutish» turli holatlarda ishchining ishga bo‘lgan munosabati, uning tezlik bilan ish ko‘rishi, ishga mas’uliyat bilan yondashishi va boshqa holatlarga bog‘liq.
F. Konveyer mehnat turi. Ushbu mehnat turining e’tiborli jihati - umumiy ish jarayonining alohida ish turlariga, ketma-ketlikda ish bajarilishiga konveyer tasmasi orqali biron-bir detalning har bir ish joyiga avtomatik tarzda yetkazib berilishini
amalga oshiradi. Bunday mehnat shakli ishchilardan bir maromda va berilgan ish sur’atida ishlashni talab qiladi. Bunda ishchi boshqaradigan ish operatsiyasiga qancha kam vaqt sarflasa, uning mehnat unumdorligi shuncha yuqori bo‘ladi. Monotoniya - bu konveyer mehnat shaklidan kelib chiqqan salbiy oqibatlardan biri bo‘lib, o‘z navbatida, tez-tez to‘liq ishga va asabiylashishga olib keladi. Buning oqibatida ish jarayonida orqaga ketish kuzatiladi, har kungi asabiylashishlaning qaytarilishi oqibatida parishonxotirlik, mehnat faoliyatining sekinlashishi yuzaga kelib, oqibatda ishchi ishlash qobiliyatining pasayishiga olib keladi.
G. Ishlab chiqarish jarayoni (texnologiyani) boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan mehnat shakli. Inson avtomatlashgan mehnat jarayonida qancha kam ishtirok etsa, uning hissasi shuncha ko‘p bo‘ladi. Bunga fiziologik nuqtayi nazardan qaralsa, ishlab chiqarish jarayonini boshqarish ikkita asosiy shakiga bo‘linadi: birinchidan masofadan turib boshqarish, ya’ni ishchidan tez va faol harakatlanishni talab qilsa, ikkinchisi esa kam hollarda harakatlanishni taqozo etadi. Boshqarishning birinchi shaklida ishchi faqat bir operatsiyaga emas, balki boshqa jarayonlarga ham e’tiborini qaratishi talab etiladi, ikkinchi shaklda esa ishchi harakat qilishga tayyor bo‘lib turadi, lekin uning tezligi kamroq bo‘ladi.
I. Aqliy mehnat shakli (Intellektual mehnat shakli) Bu mehnat shakli alohida bir kasb bo‘lib, unga ham moddiy ishlab chiqrishga aloqador sifatida qaralmoqda. Masalan: texniklar, muhandislar, dispetcherlar, konstruktorlar, operatorlar, ishlab chiqarishga aloqasi bo‘lmagan olimlar, vrachlar, o‘qituvchilar, artistlar, rassomlar, yozuvchilar va boshqalar. Aqliy mehnat shundan iboratki, unda turli qismdagi ma’lumotlaming tahlil qilinishi - inson xotirasi va e’tiborining susayishiga olib keladi. Bunday mehnat shaklida jismoniy harakat juda katta ahamiyat kasb etmaydi va oqibatda bir kunlik quvvat sarfi 10-11,7 MJ yoki 2000 - 2400 kkal ni tashkil etadi. Aqliy mehnat uchun «gipokeneziya» xarakterli hisoblanib, bu nafaqat inson faoliyatining salmoqli darajada pasayishiga, o‘z navbatida, inson organizmining buzilishiga va haddan ziyod his hayajonga berilishiga olib keladi. Gipokeneziya - ishlab chiqarishdagi noxush omillardan hisoblanadi. Shuning uchun aqliy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kishilarda yurak xastaligining kelib chiqish darajasi yuqori hisoblanadi. Aqliy mehnat shaklining bir necha turlari mavjud: operator, boshqaruvchi, ijodiy mehnat, tibbiyot xodimlari mehnati, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va talabalar mehnati. Bular bir-biridan o‘zining mehnat jarayonidagi ishtiroki, his-hayajon darajalarining turli darajada bo‘lishligi bilan farq qiladi.Operator zamonaviy ishlab chiqarish asoslari sharoitida jarayonni boshqarish vazifasini, har bir operatsiya ishini nazorat qilish, mahsulotning liniyadagi harakatlanishini va uni xaridorlarga yetkazish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Boshqaruv mehnati - korxona va tashkilot rahbarlarining mehnati bo‘lib, u katta hajmdagi muammolarni, ma’lumotlarni tahlil qilish, tezkor qaror qabul qilish, shaxsiy javobgarlikni his etish, yuzaga keladigan salbiy muammolaning yechimini o‘z ichiga oladi. Ijodiy mehnat - anchagina murakkab mehnat shakllaridan biri bo‘lib, bunda xotira va e’tibor kuchli bo‘lishi talab etiladi, bu asabiy hayajonlanishning oshishiga olib keladi. Bu turdagi mehnat faoliyatiga pedagoglar, dastur tuzuvchilar, dizaynerlar, arxitektorlar, ilmiy xodimlar, yozuvchilar, bastakorlar, artistlar, rassomlar, konstruktorlar kiradi. Bunday mehnat turlari juda katta emotsional va asabiy zo‘riqishlami talab qiladi. Bunday mehnat faoliyatidagilarda qon bosimi, tana haroratining oshishi, organizmning kislorodga bo‘lgan tanqisligi oshishi kabi funksional o‘zgarishlar kuzatiladi. O‘qituvchilar, savdo va tibbiyot xodimlari mehnati - ular har doim odamlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishlarida sabab, ularda javobgarlikning ortishi, vaqtning yetishmasligi, ma’lumotlarni to‘g‘ri qabul qilmasligi natijasida asabiy hayajonning oshishiga olib keladi. O‘quvchilar va talabalar mehnati: Bu mehnat shaklida psixologik funksiyalami: xotira, e’tibor, qabul qilish susayib, asabiy holatlarga tushib qolib (imtihon sinovlar va hokazo), zo‘riqishlarga olib keladi.Insonning mehnat qilish jarayonida energiya sarflanishi, bajaraladigan ishning og‘ir-yengiligiga, ya’ni muskul energiyasining sarflashiga, ishning oddiy yoki murakkabligiga, emotsional zo‘riqish darajasi va ishlab chiqarish muhitining gigiyenik normalariga (havo harorati nisbiy namligi va havo harakati tezligi) bog‘liq bo‘ladi. Jumladan, aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchilar (o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari,muhandislar va boshqalar)ning bir kecha-kunduzda sarflaydigan energiyalari 10-11,7 MJ ni, mexanizatsiyalashtirilgan ishlarda va xizmat ko‘rsatish sohalarida ishlayotganlar 12,7-17,5 MJ ni va og‘ir jismoniy mehnat qiladiganlar esa 16,8-25 MJ energiya sarflar ekan. Mehnat qilish jarayonida energiya sarflanish darajasi mehnat qilish holatiga ham bog‘liq bo‘ladi. O‘tirib ish bajarganda umumiy energiya sarfiga nisbatan 5-10 foiz ortiq energiya sarflanadi. Tik turib ishlaganda 10-25 foiz, majburiy noqulay ish sharoitida 40-50 foiz ortiq energiya sarflanadi. Aqliy mehnat jarayonida sarfianadigan energiya miqdori odamning asab emotsional holatiga bog‘liq bo'ladi. Masalan, o‘tirib ovoz chiqarib o‘qish jarayonida energiya sarfi 48 foizga ortadi, ko‘pchilikka ma’ruza qilgan vaqtda 94 foizga ortadi va hisoblash mashinalari operatorlari sarflagan energiya hajmi 60-100 foizga ortishi kuzatiladi. Demak, insonning turli ko‘rinishdagi mehnat faoliyatlarini amalga oshirishda, ularning aqliy va jismoniy imkoniyatlarini hisobga olish, inson organizmining mehnat qilish qobiliyatlarini oshirish uchun kerakli choralarni ko‘rish va ishchi-xizmatchilar uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratish talab etiladi.
Mehnatning fiziologik asoslari har qanday mehnat - murakkab fiziologik jarayonlar kompleksidan tashkil topadi. Bu faoliyatda markaziy asab sistemasi asosiy vazifani bajaradi, ya’ni ish jarayonida inson organizmida sodir bo‘ladigan
o‘zgarishlarni boshqaradi. Aynan inson miyasi tufayli mehnat faoliyatida uning kuch-quvvati (energiyasi) sarflanadi. Mexanik ishlarni boshqarish uchun inson organizmida kimyoviy-biologik jarayon natijasida uglevodlar parchalanishi hisobiga amalga oshadi. Bunda jismoniy kuchga sarflanadigan kislorod miqdori mehnat faoliyatining unumiga bog‘liq bo‘ladi. Jismoniy mehnat faoliyatida nafaqat uning kuch-quvvatiga, balki fiziologik a’zolar tizimida ham o‘zgarishlar yuz beradi. Masalan, chuqur nafas olish yoki chiqarish orqali ish jarayonining kechikishiga olib keladi. Jismoniy tayyorgarlik ko‘rgan insonlarda chuqur nafas olish imkoniyati yuqori bo‘ladi. Yurak a’zolari tizimida ham o‘zgarishlar yuz beradi. Masalan, og‘ir jismoniy harakatning ko‘payib ketishi oqibatida, yurakning tez-tez urishiga va qon bosimining ko‘tarilib ketishiga olib keladi. Bunda qondagi biokimyoviy o‘zgarishlar natijasida qand dinamikasi o‘zgarishi kuzatiladi. Jumladan, o‘rtacha og‘ir ish bilan shug‘ullanuvchilarda qand miqdori oshib boradi, lekin qandning ortib borish miqdori kasallangan inson tuzalib ketgunga qadar muayyan vaqtgacha saqlanib qoladi. Organizmdagi quvvatning sanoqli darajada sarflanishi natijasida undagi uglevod zaxiralarining kamayishiga olib keladi. To‘xtovsiz jismoniy og‘ir mehnat qilish oqibatida sut kislotasining ko‘payishiga, PH muhitning oshishi esa qondagi gemoglabin kislorodining teriga o‘tish tezligining oshishiga olib keladi. Shuningdek, og’ir jismoniy mehnat qiladiganlarda suv va tuz almashish jarayonlarining tezlashishiga, ter to‘kilishiga, bular esa buyraklar bajaradigan vazifaning yengillashishiga olib keladi. Ammo, bunday mehnat faoliyatida organizmdagi oshqozon osti bezi ish faoliyatining sekinlashishiga, ovqat hazm qilishning pasayishiga olib keladi hamda eshitish, ko‘rish, sezish faoliyatlariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bunga qarshi deyarli aqliy mehnat faoliyatida - gaz almashunuvi qisman o‘zgarishi, qon pulsi sekinlashishi, qon bosimining ko‘tarilishi, nafas olishning qiyinlashishi, miyaga ko‘p qon quyilishiga olib keladi. Surunkali aqliy mehnat burun qon tomirlari, ayniqsa, miya va yurak qon tomirlarining me’yoriy tonusining o‘zgarishiga olib keladi. Aqli mehnat faoliyati sezgi a’zolari: eshitish, ko‘rish, sezishning jimjitlikda ishlashi bilan uzviy bog‘liq. Yengil jismoniy mehnat, aqliy mehnat faoliyatining qo‘llab-quvvatlab turadi, og‘ir jismoniy mehnat esa buning aksi, jismoniy va aqliy mehnat faoliyatini to‘xtovsiz amalga oshirilishi inson ishlash qobiliyatining pasayishiga olib keladi.

    1. Download 0,85 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 0,85 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma'lumotlar bazasini himoyalash jarayonlarini o'rganish va xatoliklarni to'g'rilash uchun maslahatlar

Download 0,85 Mb.