TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI




Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana14.12.2023
Hajmi0,6 Mb.
#118186
1   2   3   4
Bog'liq
o-zbekiston-suv-omborlari-va-ularning-xalq-xo-jaligidagi-ahamiyati

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI 
Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, izchillik, tarixiylik, 
obyektivlik usullaridan keng foydalanilgan. Mamalaktimiz suv omborlari va ularning xalq 
xoʻjaligidagi ahamiyatini baholash, daryolar suv rejimini tartibga solish va sel toshqinlarini 
bartaraf etish, suv omborlaridan yanada samarali foydalanishni tashkil etish masalalari yoritib 
berilgan.F.A.Gapparov,D.V.Nazaraliyev, 
S.R.Mansurovlarning 
,,Suv 
omborlaridan
foydalanishʼʼ kitobi metodologik manba nuqtai nazaridan tahlil qilingan. 
TADQIQOT NATIJALARI 
Maʼlumki, insonlarning xoʻjalik ehtiyojlari ortgani sari ularning suv resurslariga boʻlgan 
ehtiyoji ham ortib boradi. Suv omborlarida jamgʻarilgan suvlardan xoʻjalikning barcha 
tarmoqlarini suvga boʻlgan ehtiyojini taʼminlashdagi oʻrni va ahamiyati beqiyosdir. 
Mamalaktimizda suv omborlari barpo etishning asosiy maqsadi ham toʻgʻonlar, selxonalar barpo 
etish orqali daryolar suv rejimini tartibga solish va barpo etilgan suv omborlaridan kaskadli 
GESlar tashkil etilib, gidroenergiya maqsadida istiqbolli foydalanish moʻljallangan. Hozirgi 
kunda mamalaktimizda 55 tadan ortiq suv omborlari mavjud boʻlib, ularning umumiy hajmi 
19.2 km³, foydali hajmi 15.3 km³ ni tashkil qiladi. Ularning 20 tasi yirik suv omborlari 
hisoblanib, umumiy hajmi 17.8 km³, foydali hajmi 14.1 km³ ni tashkil etadi. Suv omborlarining 
xoʻjalikdagi ahamiyati beqiyosdir. Chunki xoʻjalikning biror bir tarmogʻi yoʻqki, suvdan 
foydalanmasin. Suv omborlari barpo etish suv resurslaridan oqilona va unumli foydalanish 
imkonini beradi. Suv omborlarida toʻplangan suv yerlarni sugʻorish aholi punktlari va sanoat 
korxonalarini suv bilan taʼminlashda, daryo, kanallarni tozalashda, yilning qurgʻoqchil davrida 
suv tanqisligi muommolarini bartaraf etishda keng foydalaniladi. Suv omborlaridan baliqchilik 
xoʻjaliklarini rivojlantirish, suv transporti, dam olish, suv sporti maqsadlarida ham keng 
foydalanish mumkin. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda daryolar suv rejimini tartibga solish bilan 
birgalikda suv resurslaridan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida koʻplab suv 
omborlari tashkil etilgan. Tuyamoʻyin (Amudaryo), Chordara (Sirdaryo), Tuyaboʻgʻiz 
(Ohangaron), Andijon (Qoradaryo), Quyimozor (Amu-Zarafshon), Oqtepa (Amu-Zang), Janubiy 
Surxon (Surxondaryo), Chimqoʻrgʻon (Qashqadaryo), Shoʻrkoʻl (Zarafshon), Toʻdakoʻl (Amu - 
Buxoro kanali), Qorovultepa (Eski Tuyatortar kanali), Uchqizil (Amu - Zang kanali), Kosonsoy 
(Kosonsoy), Karkidon (Isfayramsoy), Zomin (Zominsoy), Jizzax (Sangzor), Qamashi 
(Qorabogʻdaryo), Oqdaryo (Oqdaryo), Hisorak (Oqsuv), daryosida qurilgan. Suv omborlarining 
xoʻjalikdagi ahamiyati nihoyatda katta. Mamlakatimizda daryolar suv rejimini tartibga solish 
maqsadida barpo etilgan suv omborlaridan xoʻjalik ehtiyojlarida ham keng koʻlamda 
foydalanilmoqda. Qishloq xoʻjaligi asosan sugʻorma dehqonchilikka asoslangan. Sugʻorilgan 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
228 
yerlar meliorativ yer fondining 4.35 mln gektarini tashkil etadi. Ekinlar yoz chillasida koʻproq 
sugʻorishni talab etadi va shu bilan birga daryolarning toʻlin suv davrlari mavsumiy xoʻjalik 
muvozanatiga toʻgʻri kelmaydi. Bu esa ekinlarni sugʻorishda koʻplab muammolarga sabab 
boʻladi. Shu maqsadda suv omborlarida jamgʻarilgan suvlardan samarali foydalanilmoq-da. 
Qishloq xoʻjaligida ekinlarni sugʻorishda: Tuyamoʻyin, Chordara, Qayroqqum, Janubiy Surxon, 
Chimqoʻrgʻon, Andijon, Hisorak va Shoʻrkoʻl suv omborlarining ahamiyati nihoyatda katta. 
Shoʻrkoʻl suv ombori (Buxoro viloyati Gʻijduvon), Navoiy viloyati (Konimex va boshqa 
tumanlar)dagi 35 000 gektar, Chimqoʻrgʻon (Qamashi, Qarshi, Gʻuzor, Koson tumani)ning 188 
000 gektar ekinzorlarni sugʻoradi, Andijon suv ombori suvi Fargʻona vodiysida 27 300 gektarga 
yaqin yer maydonini suv bilan taʼminlaydi, qoʻshimcha 35 000 gektar yerni sugʻorish imkonini 
beradi. Hisorak suv ombori (Shahrisabz va va Chiroqchi) tumanlarining xoʻjalik va maishiy-
kommunal ehtiyojlarida foydalanadi. Janubiy Surxon suv omboridan Sherobod choʻlidagi 52 
ming gektar yerning suv taʼminotini yaxshilash, Qumqoʻrgʻon tumani va qoʻshni tumanlarni 
suvga boʻlgan ehtiyojini taʼminlasa, Kattaqoʻrgʻon suv ombori suvi bilan Samarqand, Buxoro 
viloyatlaridagi 94 000 gektar yer sugʻoriladi va 150 ming gektar yerning suv taʼminotini 
yaxshilash uchun xizmat qiladi. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda suvdan oqilona foydalanish
uning sifati va xavfsizligi taʼminlash, shuningdek suv isteʼmolini hisobga olishning innovatsion 
tizimlarini joriy etish boʻyicha kompleks vazifalar amalga oshirilmoqda. Aholining ichimlik suvi 
bilan taʼminlash darajasi 73% ga yetgan. 2021-yil davomida 400 km li yangi ichimlik suvi 
tarmoqlar barpo etildi va 1100 km tarmoqlar joriy va mukammal taʼmirlandi. 5000 ta inshoot 
tarmoqlariga onlayn hisoblagichlar oʻrnatildi, 973 ta nasos qayta taʼmirlandi, 938 ta energo 
tejamkor nasoslar faoliyati samarali tashkil etildi. Suv omborlarida jamgʻarilgan suvlardan 
aholining maishiy-kommunal ehtiyojlarida, masalan: Pachkamar suv ombori (Gʻuzor tumani), 
Janubiy Surxon suv ombori (Qumqoʻrgʻon tumani), Toʻpalang (Denov, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon 
tumanini), Kosonsoy suv ombori (Namangan viloyati), Uchqizil suv ombori (Termiz 
shahri),Chorvoq suv ombori (Toshkent viloyati va shahri) ni suv taʼminotini yaxshilash uchun 
xizmat qiladi. Suv omborlaridan kommunal ehtiyojlarda foydalanish bilan birga baliq 
mahsulotlarini yetishtirishda ham keng foydalaniladi. Baliqlar asosan sunʼiy suv havzalari, 
tabiiy havza va suv omborlarida, intensiv suv havzalarida koʻpaytirilmoqda. Suv omborlarida 
baliqchilik xoʻjaliklarini rivojlantirish oʻz samarasini berib kelmoqda. Masalan, Sirdaryo viloyati 
(14646 t), Xorazm viloyati (8 669 t), Toshkent viloyati (9565), Jizzax viloyati (5 786 t), Fargʻona 
viloyati (6 170 t), eng kam miqdorda Buxoro viloyati (251 t), Surxondaryo viloyati (196 t)
toʻgʻri keladi. Mamlakatimizda barcha sunʼiy suv havzalarida 54245 t, shundan suv omborlarida 
36351 t baliqlar urchitilmoqda. Har yili Toʻdakoʻl suv omboridan 500 t, Chimqoʻrgʻon va Jizzax 
suv omborlaridan 70-100 t gacha baliq ovlanadi. Hozirda respublikamizda baliqchilik 
xoʻjaligining rivojlantirish maqsadida 8 ta birlashma, 7ta kombinat, 10 ta baliqchilik xoʻjaliklar 
faoliyat yuritmoqda. Respublikamiz suv omborlarida 106 turdagi baliqlar urchitilmoqda. 
Respublikamiz umumiy maydoni 12 ming gektar boʻlgan sunʼiy koʻl va havzalarda 22ming 
tonna baliq mahsulotlarini yetishtirish imkoniyatiga ega. Oʻzbekiston suv omborlaridan 
sogʻlomlashtirish, dam olish, suv sporti maqsadlarida ham foydalaniladi. Insonlar jazirama yoz 
kunlarida va boʻsh vaqtlarida tabiat bagʻrida dam olishga koʻproq ehtiyoj sezadi. Hozirda suv 
omborlarida turistik zonalar tashkil etish, mamlakatimiz miqyosida endigina shakllanish 
bosqichida. Kelgusida suv omborlari atrofida dam olish zonalari barpo etish orqali mamlakatda 
ichki turizm salohiyati rivojlantirish mumkin. Shuningdek, suv omborlaridan davolash, 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
229 
sogʻlomlashtirish maqsadlarida ham keng foydalanish mumkin. Janubiy Surxon, Chordara, 
Chorvoq, Sardoba, Hisorak suv omborlari atrofida kichik dam olish zonalari tashkil etishning 
ahamiyati yuqori darajada. Gidroenergetika tarmogʻining rivojlanishi mamalaktimizda elektr 
energiyasiga boʻlgan ehtiyojini bevosita taʼminlashda xizmat qiladi. Mavjud suv omborlarida 
jamgʻarilgan suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida daryo havzalariga yirik kaskadli 
GESlar qurilgan. Daryolarning energetika resurslaridan toʻlaroq foydalanish uchun GESlar 
kaskad tarzida, yaʼni daryo oqimi boʻyicha maʼlum masofada joylashtiriladi. Masalan: 
Oʻzbekistondagi Toshkent (Boʻzsuv, Boʻrijar, Oqtepa, Shayxontohur GESlari); Qodriya 
(Qodriya, Qibray, Salar, Oqqovoq-2); Chirchiq (Tovoqsoy, Oqqovoq); Quyi Boʻzsuv (GES-14, 
GES-18, GES-19, GES-22, GES-23); Oʻrta Chirchiq (Chorvoq, Hojikent, Gʻazalkent); 
Shahrixon (GES5A, GES-6A, GES-YUFK-1, GES-4A YUFK-3); Samarkand (GES-1B, GES2B, 
GES-ZB, GES-5B) GESlar kaskadlari kiradi. Hozirda respublikamiz suv omborlarida quvvati
505 mln. Mvt elektrenergiya ishlab chiqarilmoqda. Shu bilan birga 1354 mln. kVt miqdorli 
oʻrtacha koʻp yillik elektrenergiya ishlab chiqarish imkoniyati ham mavjud. Kanallar suv 
tushirgichlaridagi kichik GESlar resursi esa 3060.7 mln. kVt ni tashkil qiladi. Hozirgi kunda
suv omborlari barpo etishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Suv omborlari tog‘li rayоnlarda va past-
tekisliklarga qurilgan bo‘ladi. O‘zbеkiston hududidagi suv omborlarining ko‘pchiligi pastlik 
rayоnlariga tеgishlidir. Past–tеkisliklardagi suv omborlaridа tog‘li rayоnlarnikiga qaraganda suv 
tarkibidagi cho‘kindilar miqdori katta bo‘ladi. Buning natijasida suv omborining yarim hаjmi 
25–50 yildan so‘ng loyqa bosadi va 50–100 yilda umuman ishdan chiqadi. Мasalan, Qayrоqqum 
suv ombori 4,2 mlrd. m³ dan 0,5 mlrd m³ hаjmini loyqa bosgan boʻlsa, Chordarа suv omborida 
uch yil ichida 5,7 mlrd. m³ dan 0,10 mlrd. m³, Qashqadaryoda qurilgan Chimqoʻrgʻon suv 
ombori 20 yilda 60 mln. m³, Gʻuzordaryodagi Pachkamar suv ombori 9 yilda 17 mln. m³, 
Janubiy Surxon suv omborining toʻrtdan bir qismi 25 yilda loyqa bosgan. Sirdaryodagi 
Uchqoʻrgʻon suv ombori hajmi 19 yil davomida 60% ga qisqardi. Daryo suvlarining yil 
davomida lоyqаligi natijasida, dаryolаrdа bаrpо еtilgаn suv оmbоrlаrini tеz cho‘kindi qоplаy 
bоshlаydi, оqibаtdа ulаrning suv sig‘imi yildаn - yilgа kаmаya bоrаdi. Аyrim hоllаrdа еsа ulаr 
bir nеchа o‘n yillаr dаvоmidаyoq dаryo оqimini bоshqаrish uchun yarоqsiz hоlgа kеlib qoladi.
Loyqa bosishining asosiy sababi suv omborlarining xoʻjalikda notoʻgʻri foydalanish natijasida 
yuzaga kelgan. Маsаlаn, kichik suv оmbоrlаridа lоyqа bоsish birdаnigа butun suv оmbоri kоsаsi 
bo‘ylаb sоdir bo‘lаdi. Suv оmbоrini lоyqа bоsishi uning sig‘imini kаmаytirib, sаmаrаdоrligini 
kеskin pаsаyishiga sabab boʻladi. Buning оldini оlish uchun suv оmbоrining ish rеjimini to‘g‘ri 
tаshkil qilish lоzim. Hozirgi paytda mamalaktimizda mavjud gidrotexnik inshootlar, suv 
omborlari, gidrouzellar va minglab kichik gidroinshootlar bilan birga 27 000 km uzunlikdagi 60 
ta magistral va xoʻjaliklararo kanallardan samarali foydalanib kelinmoqda. Soʻnggi yillarda 
barpo etilgan suv omborlarining xoʻjalik miqyosida ahamiyati ortib bordi. Kattaqoʻrgʻon ( hajmi 
900 mln m³ ), 1951; Quyimozorri ( hajmi 250 mln m³), 1967; Chimqoʻrgʻon ( hajmi 450 mln m³ 
), 1960 ; Janubiy Surxon ( hajmi 610 mln m³ ), 1967; Toʻdakoʻl ( hajmi 800 mln m³ ), 1968; 
Tallimarjon ( hajmi 1530 mln m³ ), 1985; Chorvoq ( 1650 mln m³ ), 1964; Sardoba hajmi ( 930 
mln m³), 2017; Kattaqoʻrgʻon suv ombori mamlakatimizda tashkil etilgan birinchi suv ombori 
hisoblanadi. Bundan tashqari 2017 - yilda Sirdaryo viloyatida tashkil etilgan Sardoba suv 
omborining qurilishi Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining unumdor yerlaridan foydalanish bilan 
birga qishloq xoʻjaligi ekinlarining hosildorligini oshirish imkonini berdi. Sardoba suv ombori 
atrofida dam olish zonalari tashkil etish rejalashtirilgan edi.


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
230 

Download 0,6 Mb.
1   2   3   4




Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish