O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan buyon Olimpiada o‘yinlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan




Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana18.03.2023
Hajmi0.67 Mb.
#45970
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
OZBEKISTONNI DUNYO TAN OLMOQDA
AKT, Madraximov2014 dasturlash, it haqida, Jadval tuzilsin, Raqamli boshqarish tizimlari Mustaqil ish, Ишга мархамат МДФ
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan buyon Olimpiada o‘yinlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 
o‘zbekistonlik sportchilar 
Lina Cheryazova 
Lina Cheryazova 1989 yilda fristayl bo‘yicha Jahon kubogida Sobiq Ittifoq terma jamoasi 
tarkibida ishtirok etgan. Ittifoq parchalanganidan so‘ng O‘zbekiston nomidan xalqaro 
musobaqalarda qatnashgan. 1994 yilda Norvegiyaning Lillexemmerida o‘tgan Olimpiada 
o‘yinlarida O‘zbekiston nomidan qatnashdi. U qo‘lga kiritgan qishki olimpiada o‘yinlari oltin 
medali hamon mamlakat tarixida yagonaligicha qolmoqda. Bundan tashqari, u akrobatikada 
fristayl bo‘yicha ham birinchi olimpiya chempioni hisoblanadi. Sportchi 1992−1994 yillarda 
Jahon kubogining 18 ta bosqichidan 13 tasida g‘alaba qozongan. 
Oksana Chusovitina 
Oksana Chusovitina yetti bor (1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016) yozgi Olimpiadada 
ishtirok etgan holda Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Sportchi SSSR, Germaniya 
(2006−2012) nomidan Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan, ayni vaqtda esa O‘zbekiston 
sharafini himoya qilmoqda. Chusovitina — 1992 yili jamoaviy bahsda olimpiya chempioni, uch 
karra jahon chempioni, Yevropa chempioni, Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘lgan. U tayanib 
sakrashga ixtisoslashgan. 


Muhammadqodir Abdullayev 
Muhammadqodir Abdullayev boks bo‘yicha Osiyo va jahon chempioni, Osiyo va Olimpiya 
o‘yinlari g‘olibi. 1999 va 2000 yillarda mamlakatimizda «Yilning eng yaxshi sportchisi» deb 
topilgan. 
Muhammadqodir Abdullayev 1995 yili Toshkentda o‘tkazilgan Markaziy Osiyo 
o‘yinlarida g‘olib chiqdi, Osiyo chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi, 1996 yili esa Atlantada 
o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oldi. U 1997 yili Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda 
Osiyo chempioni bo‘lgan. 1998 yili Xitoyning Chong-Ging shahridan jahon kubogi bilan qaytdi, 
Bangkokda o‘tkazilgan XIII Osiyo o‘yinlarida esa oltin medalga sazovor bo‘ldi. 1999 yili AQShning 
Xyuston shahrida jahon chempioni degan yuksak unvonga musharraf bo‘ldi. Toshkentda o‘tgan 
Osiyo chempionatida g‘olib chiqib, Sidney Olimpiadasi yo‘llanmasini ko‘lga kiritgan. Sidney 
Olimpiadasida Muhammadqodir «jang"larda raqiblari ustidan g‘alaba qozongan va yozgi 
Olimpiya o‘yinlarining birinchi chempioni sifatida O‘zbekiston sport tarixidan joy olgan. 
Artur Taymazov 
Artur Taymazov kelib chiqishi osetin bo‘lgan o‘zbekistonlik erkin kurashchi. U uch karra 
Olimpiada chempioni (2004, 2008 va 2012 yillar), Sidney-2000 Olimpiadasi kumush medali 
sovrindori, ikki karra jahon chempioni, ikki karra Osiyo chempioni, uch karra Osiyo o‘yinlari 
g‘olibidir. 2000 yil Avstraliyaning Sidney shahridagi Olimpiada o‘yinlarida 2-o‘rin, 2004 yil 
Gretsiyaning Afina shahrida, 2008 yil Xitoyning Pekin shahridagi Olimpiada o‘yinlarida 1-o‘rinni 
egallab, O‘zbekiston tarixida birinchi marta ikki karra olimpiada g‘olibi degan nomni qo‘lga 
kiritgan. 2012 yil Angliyaning London shahrida o‘tkazilgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida ham 1-
o‘rinni egallagan. 
Artur Dokturishvili 
Artur Dokturishvili kattalar o‘rtasidagi musobaqalarda qatnashishni 2000 yilda boshlagan va ilk 
urinishda Yevropa chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan. 2001 yildan O‘zbekiston terma jamoasi 
tarkibida gilamga chiqa boshlagan. 2003 yili Osiyo Kubogi sohibiga aylangan. 2004 yili Osiyo 
chempioniga aylangan, olimpiada arafasidagi saralash musobaqasida ikkinchi o‘rinni egallagan. 
Hasanboy Do‘smatov 
Do‘smatov 2016 yilgi Rio Olimpiadasi oldidan favoritlar qatorida e’tirof etilgan. U Braziliyadagi 
janglarida final yo‘lida deyarli barcha raqiblarini qiyinchiliksiz mag‘lub etgan. Hal qiluvchi jang 
esa kolumbiyalik Martinez Yuberjenga qarshi to‘qnash kelgan Do‘smatov Olimpiada 
chempionligini qo‘lga kiritgan. 23 yoshli bokschi Rio-2016dagi boks turnirida ilk oltin medal 
egasiga aylangan. Do‘smatov O‘zbekiston tarixida Muhammadqodir Abdullayevdan keyin 
Olimpiada chempioniga aylangan ikkinchi bokschi hisoblanadi. Rio Olimpiadasi yakunlariga ko‘ra 
Hasanboy Do‘smatov turnirning eng yaxshi bokschisiga beriladigan Vel Barker sovrini sohibiga 
aylangan. 
Ruslan Nurudinov 


2013 yil og‘ir atletikachi uchun har tomonlama muvaffaqiyatli bo‘ldi. Dastlab mamlakat 
chempionatida g‘alaba qozongan Ruslan Osiyo chempionatida ham uchta oltin medalni qo‘lga 
kiritdi. Iyul oyida Jahon univesiadasida ikki marotaba rekord o‘rnatib, chempion bo‘lgan. 2016 
yilgi olimpiadada og‘ir atletikachi Ruslan Nuridinov siltab ko‘tarishda Olimpiya rekordini 
yangilab, Riodagi o‘yinlarda oltin medalni qo‘lga kiritgan. 
Shahobiddin Zoirov 
Shahobiddin Zoirov — o‘zbek bokschisi. Olimpiya chempioni (2016), jahon chempioni (2019), 
Osiyo o‘yinlarining kumush medali sovrindori (2014), Osiyo chempioni (2021), Osiyo 
chempionatining ikki karra kumush medali sohibi (2013, 2015). Bokschi 2016 yildagi Rio 
Olimpiada o‘yinlarida 52 kilogramgacha vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan. Final 
bahsida Zoirov rossiyalik Misha Aloyanni mag‘lubiyatga uchratib, Olimpiada shohsupasiga 
ko‘tarilgan. 
Fazliddin G‘oibnazarov 
Fazliddin G‘oibnazarov — birinchi yarim o‘rta vazn toifasida harakat qilayotgan o‘zbekistonlik 
professional bokschi. Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlari chempioni, 
2015 yilgi Jahon va Osiyo chempionatlarining kumush medali sovrindori, havaskorlar o‘rtasidagi 
boks bo‘yicha bir qator milliy va xalqaro turnirlar g‘olibi va sovrindori. 

Download 0.67 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan buyon Olimpiada o‘yinlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan

Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish