O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 25- son ilmiy tadqiqotlar jurnali




Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana18.05.2024
Hajmi0,68 Mb.
#242384
1   2   3
Bog'liq
Mamasodiqova Saidaxon Soyibjon qizi

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
25-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.12.2023
shunchaki inson faoliyatining quroli bo‘lib, har qanday boshqa vosita kabi jamiyat 
tomonidan o‘zining ijtimoiy, iqtisodiy va mafkuraviy xususiyatlari bilan belgilanadigan 
muammolarni hal qilish va maqsadlarga erishish uchun foydalaniladi.O‘rta maktab 
o‘quvchilari nafaqat internetdagi ma’lumotlardan foydalanadilar, balki real vaqt 
rejimida yangi ma’lumotlarning nashrini ham o‘qiydilar.Ular kompyuter 
texnologiyalarining faol foydalanuvchilariga aylanishadi. Topshiriqni bajarish 
jarayonida talaba internetdan olingan matnni o‘zgartirishi, illyustratsiyalar tanlashi va 
isbot mantiqiy asoslarini yaratishi mumkin. 
Rivojlangan mamlakatlarda o‘qitishning usuli hozirgi kunda ta’lim sohasi 
yo‘nalishlari bo‘yicha tadbiq qilinmoqda. Hatto har bir oila multimedia vositalarisiz 
xordiq chiqarmaydigan bo‘lib qoldi. Multimedia vositalarining 1981-yildagi yalpi 
oboroti 4 milliard AQSH dollarini tashkil qilgan bo‘lsa 1994-yil esa 16 milliard AQSH 
dollarini tashkil qildi. Kompyuterlarni ta’lim tizimida qo‘llash g‘oyasi ancha ilgari 
paydo bo‘lgan bo‘lsada, ta’lim tizimining barcha sohalarida axborort texnologiyalarini 
qo‘llash multimedia qurilmalari bilan jihozlangan kompyuterlar paydo bo‘lgach to‘liq 
ma’noda amaliyotga joriy etila boshlandi. Interfaol multimedia texnologiyalari 
akademik ehtiyojga ega bo‘lgan ta’lim oluvchiga noan’anaviy qulaylik tug‘diradi. 
Xususan, eshitish sezgisida defekti bor ta’lim oluvchilarda fonologik malakalar 
o‘sishini ta’minlaydi. Nutqi va jismoniy xarakati cheklanganlarda esa vositalarda 
ularning individual ehtiyojlaridan kelib chiqib foydalanishga imkon beradi. 
Hisoblash texnikasi va aloqa vositalarining keng rivojlanishi axborortni ilgari 
hayolga ham keltirish mumkin bo‘lmagan hajm va tezkorlikda yig’ish,saqlash, qayta 
ishlash hamda uzatish, ya’ni avtomatlashtirilgan holda ishlov berish imkoniyatini 
yaratdi.Axborotlashgan jamiyatning moddiy va texnologik negizini kompyuter 
texnikasi va kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya 
aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi. Jamiyatda barcha fuqarolar, 
tashkilotlar va davlatning axborotga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun hamma sharoit 
yaratilgan bo’lishi kerak. Mehnat qiluvchilarning ko’pchiligi yo axborot ishlab 
chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotish bilan band bo’ladi. Axborotni qayta ishlash 
uchun kompyuterlarning keng imkoniyatlari ularni,asosan, ta’lim sohasidagi turli xil 
ma’lumotlardan foydalanish uchun xizmat qiladi. Ular alifboni o’rganayotgan 
maktabgacha yoshdagi bolalardan tortib, yangi diagnostika usullarini o’rganadigan 
shifokorlargacha bo’lgan barcha darajadagi o’qitish va o’rganishni osonlashtirishi 
mumkin. 
Kompyuterlar yordamida darslar, mashqlar, testlar va muvaffaqqiyat yozuvlarini 
yanada samaraliroq qilish mimkin. Bu o’qituvchilarning ishlarini yengillashtiradi va 
ularga individual darslarga ko’proq vaqt ajratish imkonini beradi. Kompyuterlar 
ko’plab darslarni yanada qiziqarli va jozibador qilishlari va katta hajmdagi 
ma’lumotlarga osongina kirishlari mumkin. O’quv quroli sifatidagi imkoniyatlaridan 
tashqari, kompyuterlarning o’zi ham muhim o’rganish obyektiga aylanishi kerak. 
Ularning imkoniyatlari va cheklovlarini tushunish har bir bilimli shaxs uchun zarurdir. 



Download 0,68 Mb.
1   2   3




Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 25- son ilmiy tadqiqotlar jurnali

Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish