|
O‘zbekistonda genetika fanining shakllanishi va rivojlanishi
|
Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 15,14 Kb. | | #251896 |
Bog'liq Документ Microsoft Word
O‘ZBEKISTONDA GENETIKA FANINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI
O‘zbekistonda genetika fanining shakllanishi va rivojlanishida dunyoga mashhur olim akademik N.I.Vavilovning o‘simliklar genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi haqidagi nazariy va metodik ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ayniqsa uning madaniy o‘simliklarning kelib chiqish markazlari haqidagi ta’limoti hamda N.I.Vavilov va uning hamkasblari tomonidan sobiq Ittifoqda dunyoda eng boy o‘simliklar genofondidan iborat madaniy o‘simliklar va ular- ning yovvoyi ajdodlarining dunyo kolleksiyasining yaratilishi O‘zbekis- tonda madaniy o‘simliklar genetikasi va seleksiyasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish uchun asos bo‘ldi.
O‘zbekistonda genetika fanining aksariyat yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarining hamda yuqori malakali mutaxassislar tayyor- lashning samarali bo‘lishida O‘zbekistonda ko‘p yillar ishlagan mashhur olimlar – akademiklar B.L.Astaurov, V.A.Strunnikov hamda rossiyalik olimlar – akademiklar N.P.Dubinin, V.A.Shumnыy, professorlar – M.Ye.Lobashev va D.V.Ter-Avanesyanlarning xizmati katta bo‘ldi.
O‘zbekistonda madaniy o‘simliklar dunyo kolleksiyasini yaratish va boyitish sohasidagi ishlar – O‘zbekiston o‘simlikshunoslik, O‘zbekiston FA ning Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi, O‘zbekiston G‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi institutlarida olib borilmoqda. O‘zbekis- tonda madaniy o‘simliklar genofondi kolleksiyasini yaratishda atoqli olimlar N.I.Vavilov, D.V.Ter-Avanesyan, G.S.Zaysev, F.M.Mauer, N.N.Konstantinov va A.A.Abdullaevlarning xizmati katta bo‘ldi.
Hozirgi vaqtda g‘o‘za genofondini fundamental tadqiq qilish va uning takomillashgan sistematikasini yaratish sohasidagi ilmiy ishlar akademik A.A.Abdullaev va uning shogirdlari (S.M.Rizaeva, M.A.Axme- dov, R.D.Dariev, R.Sh.Shodmonov, X.S.Saydaliev) tomonidan amalga oshirilmoqda. Uning rahbarligida qator mamlakatlarga uyushtirilgan ekspeditsiyalar natijasida g‘o‘za genofondi kolleksiyasi boyitildi, sifati ko‘tarildi. Bu kolleksiyada yig‘ib o‘rganilgan g‘o‘za yovvoyi turlari50 ga yaqinlashib qoldi. Bunday kolleksiya dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi. G‘o‘za o‘simligining yovvoyi va madaniy turlarining kelib chiqishi, evolyusiyasi va sistematikasi sohasidagi fundamental ilmiy- tadqiqot ishlari natijasida Gossypium L. turkumiga kiruvchi g‘o‘za turlarining morfobiologik, sitogenetik va genetik dalillarga asoslangan yangi sistematikasi asoslari yaratildi.
O‘zbekiston G‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi institutidagi g‘o‘za kolleksiyasi genofondida 12000 dan ortiq namuna va navlar, O‘zbekiston FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutida g‘o‘zaning 6500 nav va namunalari bor. O‘simlikshunoslik institutida yaratilgan madaniy o‘simliklarning dunyo kolleksiyasi tarkibida 80turdan ortiq ekinlarning 30000 dan ko‘proq nav va namunalari, g‘o‘zaning 5400 dan ortiq namunalari mavjud. Qayd etilgan madaniy o‘simliklarning dunyo kolleksiyasi genofondi O‘zbekistonda o‘simliklar genetikasi, seleksiyasi sohasidagi olib borilayotgan fundamental, amaliy va metodik tadqiqotlarni rivojlantirish uchun boshlang‘ich material sifatida katta ahamiyatga ega.
O‘zbekistonda g‘o‘za genetikasi va seleksiyasining barpo etilishi va rivojlanishi vatanimiz atoqli olimlari G.S.Zaysev, S.S.Kanash, A.A.Avtonomov, L.V.Rumshevich, L.G.Arutyunova, V.I.Kokuev, K.A.Vыsos- kiy, B.P.Straumal, S.S.Sodiqov, A.D.Dadabaev, Sh.I.Ibragimov, A.A.Ab- dullaev, D.A.Musaev, S.M.Mirahmedov, N.N.Nazirov, A.E.Egamberdiev, O.J.Jalilovlarning nomlari bilan bog‘liq. Ular g‘o‘zada tur ichida, geografik va genetik uzoq turlar va kenja turlarni duragaylash, eksperimental mutagenez metodlarini qo‘llashning nazariy va metodik muammolarini tadqiq qilib g‘o‘za seleksiyasining samaradorligini oshirib, qator o‘rta va va ingichka tolali navlarni yaratdilar. Bu navlarni amaliyotda qo‘llash natijasida sobiq Ittifoqda ekilayotgan navlarning o‘rniga yuqori samarali navlar ekib almashtirishlar o‘tkazildi. Mustaqillik davrida nav almashtirish jarayoni samarali amalga oshirilmoqda.
|
| |