O'zbekistonda ilmiy-tadqiqiot ishlarini tashkil qilish




Download 5.55 Mb.
bet1/2
Sana13.04.2024
Hajmi5.55 Mb.
#194475
  1   2
Bog'liq
O\'zbekistonda ilmiy-tadqiqiot ishlarini tashkil qilish.
4671aeaf49c792689533b00664a5c3ef, NAJIMOVA, O‘zgaruvchan massali jismning harakati Reja O‘zgaruvchan massal, 11-Mavzu K,T.D.T, I bob. Kriptografiya tarixi-fayllar.org, Mavzu Induksion elektr o’lchash asboblari. Logometrlar, alyuminiy, MALAKAVIY AMALIYOT BO\'YICHA SHARTNOMA, Institut bayonnomasidan ko\'chirma G N Davranova Seminar 27 03 2024, Ахмадов Элмурод Камол угли, 4-mavzu. Topshiriq 2, 10-mavzu. Topshiriq 2, 1-mustaqil ish - Maftuna Aliboyeva, Alibayeva M. dasturlash 3

O'zbekistonda ilmiy-tadqiqiot ishlarini tashkil qilish.
O‘zbekistonda darsliklarni yaratish tizimini takomillashtirish maqsadida Xalq ta'limi vazirligi huzurida Darsliklar ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish rejalashtirilmoqda.Ma'lumki, so‘nggi vaqtlarda darsliklarga e'tirozlar ko‘payib, turli xatolar uchrayotgani haqida fikr bildirilmoqda, deyiladi Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabarida.Xalq ta'limi vazirligi mazkur tizimni tubdan takomillashtirish, mualliflar bilan ishlash, yangi avlod darsliklarini yaratish maqsadida Darsliklar ilmiy-tadqiqot institutini tashkillashtirishni taklif etmoqda.XTV O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi huzurida Darsliklar ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasini muhokama uchun e'lon qildi.Qaror loyihasiga ko‘ra, Darsliklar ilmiy-tadqiqot instituti umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'lim sohasidagi darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni o‘rganish, yaratish hamda ularni ta'lim tizimida qo‘llanilishi bo‘yicha xulosa beruvchi yagona ilmiy-tadqiqot olib boruvchi muassasa bo‘ladi.
Darsliklar ilmiy-tadqiqot instituti davlat ta'lim standartlari va o‘qitishning sifat jihatidan zamonaviy tizimiga mos tarzda tashkil etiladi. Shuningdek, o‘quvchilarda tahlil qilish, bilimlarni mustaqil o‘zlashtirish, amaliyotda qo‘llay olishning hayotiy malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladigan darsliklar hamda o‘quv-metodik majmualarning ilmiy asoslangan yangi avlodini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib boradi.Shu bilan birga, institut bolalarning turli yosh guruhi, psixologik xususiyatlarining o‘ziga xosligini e'tiborga olgan holda yangi avlod darsliklar, o‘quv-metodik majmualar, shuningdek ta'limiy axborot vositalarini takomillashtirishda milliy hamda xorijiy tajriba, zamonaviy ishlanmalarning mazmuni va tuzilishini kompleks o‘rganadi.Darsliklar va o‘quv-metodik majmualarning sifati, mazmunini tahlil qilish bo‘yicha xalqaro ilg‘or tajribalarga asoslangan yagona baholash mezonlarini ishlab chiqish, ekspertiza qilish, aprobatsiyadan o‘tkazish jarayoniga ilmiy va uslubiy ko‘rsatma berish Darsliklar ilmiy-tadqiqot institutining asosiy vazifalari sirasiga kiradi.Darsliklar ilmiy-tadqiqot institutining xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tizimi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni doirasida shakllantiriladi va ularga Respublika ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlar bo‘yicha xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi.
Oliy ta'limdagi islohotlar zamonaviy bosqichi demokratik yuksak rivojlangan mamlakatlar darajasida O'zbekistonning ilg'or ilmiy-texik, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishini taminlashga qodir va ma'naviy va axloqiy sifatlarga ega yuksak malakali raqobatdosh kadrlarni tayorlashni talab etadi. Oliy ta'lim muassasalarida olib birilgan tajribalar asosida shuni aytish mumkinki, oliy ta'lim tizimida talim jarayonini talabalarning ilmiy tadqiqot ishlari bilan bog'liq holda olib borilishi muhim ahamiyatga ega. Talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilishnishi ularning olayotgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog'lash imkonini beradi, ishlab chiqarish jarayonlariga yaqinlashtiradi.
O'zbekiston ijtimoiy ishlab chiqarish, madaniy ma'rifiy sohalarda jahonning rivojlangan mamlakatlari darajasiga erishishi uchun mehnatni ilmiy asosda tashkil etishi lozim. Respublikamiz fuqarolari yangicha dunyoqarashga ega bo'lmasdan turib bunga erishib bo'lmaydi. Bo'lajak mutaxasislar oily ta'lim muassasalarida o'qish davrida faqat fan bloklari va kasbiy bilimlarni chuqur egallashlarining o'zigina kifoya qilmaydi, ulardagi iqtidor va qobiliyatlarni o'stirish, talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga kengroq jalb etib, tadqiqotchilik malaka va ko'nikmalarini hosil qilish zarur. Talaba-yoshlarda ilmiy dunyoqarash shakllantirish davr talabidir. Ilmiy dunyoqarash-ilmiy metodlar yordamida ko'p bor tekshirish, umumiy holda insoniyat tajribasi bilan tasdiqlanish qonunlariga tayanuvchi dunyoqarash hisoblanadi. Ilmiy dunyoqarash uzuluksiz, izchil ravishda insoniyat tamonidan orttirilgan, mavjud ilmiy bilimlarni puxta o'zlashtirish, hayotiy tajriba orttirish asosida shakllanadi.
Ilmiy dunyoqarashni amalga oshirishda shaxs narsa va buyumning voqea va xodisalarning ko'rinib turgan ifodasiga shakliga qarab emas, balki ularning ichki mohiyatiga qarab baho berishi kerak. Ilmiy dunyoqarash bu materiyaning birlamchiligi ong va ruhning ikkilamchiligini e'tirof etishdir. Odam ongiini tafakkurini faylasuflar tabiat-materiya rivojlanishining maxsuli deb hisoblaydilar. Odamlar tabiat va ijtimoiy turmush xodisalariga ilmiy nuqtai nazardan qarashga asoslanib, bir birlariga bo'lgan munosabatlarini vujudga keltiradilar, shu asosda odam o'zini-o'zi bilib oladi.
Ilmiy ishlarda ishtirok etish ijodiy tafakkur, tashabuskorlik, mustaqillikni, ko'p ma'lumotlar ichidan zarurlarini tanlab olishni rivojlantiradi. Talabalarning ilmiy ishlarda ishtirok etishdan maqsadi - kasbiy mustaqillikni, mehnat faoliyatiga borganda amaliy vazifalarni ijodiy hal qilish qobiliyatini rivojlantirishdan iborat. Shu bilan birga talabaning ilmiy faoliyati bu shaxsning ma'lum darajada o'zini ifodalashi, hayotiy o'zini korsatishiga intilishidir.Talabalarning oliy ta'llim muassasalarida tahsil olayotgan kunlaridan boshlab mavjud hayotiy muamolar bilan tanishtirib borish lozim. Bunda talaba ta'lim olish jarayonida ko'proq muamolar echimi bilan qiziqadi va har bir o'qiyotgan adabiyotlari sahifalaridan o'zi qiziqqan ma'lumotlarni chuqurroq o'zlashtirishga harakat qiladi, shu muamoning echimi bilan bog'liq bo'lgan ma'lumotlarni toppish uchun ko'proq adabiyotlar va manbalar bilan tanishihga harakat qiladi. Bu talabalarning ma'lum muammoni echimi bilan bog'liq ma'lumotlarni puxtaroq o'zlashtirish imkoniyatini tug'diradi.

Download 5.55 Mb.
  1   2




Download 5.55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekistonda ilmiy-tadqiqiot ishlarini tashkil qilish

Download 5.55 Mb.