|
O'zbekistonda sement sanqati O’zbekiston respublikasi
|
bet | 34/36 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 207,97 Kb. | | #257837 |
Bog'liq O\'zbekistonda sement sanqati-www.hozir.orgMavzu: MAXSUS SEMENTLAR
Reja:
Tomponaj sementlar
Sulfomineral sementlar
Kislotaga chidamli sement.
Hozirgi kunda yuzlab va minglab neft hamda gaz quduqlari kovlanmoqda.
Ko`pincha bu quduqlarning chuqurligi bir necha ming metrga yetadi.
Quduqni o`rab olgan aylanasimon bo`shliq devorlarining ba`zi qismi suv qatlami yoki bo`sh g`ovakli jinslar, hatto g`orlardan iborat bo`ladi. Bu esa neft va gaz ishlab chiqarishni qiyinlashtiradi.
Chunki gaz va neft shu g`ovak, g`orlar orqali katta masofalarga yoyilib ketishi mumkin. Shuning uchun bu bo`shliq, ya`ni quvur orqasi bilan quvur ichki devorlari o`rtasi suv va gaz o`tkazmaydigan massa bilan to`ldiriladi, ya`ni tamponlanadi (gaz mustahkam berkitilgan po`lat quvurlar yordamida osonlikcha chiqarib olinadi).
Shuning uchun har bir gaz, neft quduqlarini qazib, ulardan foydalanish hamda kapital ta’mirlashda portlandsement turlaridan biri bo`lgan tamponaj sementlari ishlatiladi.
Tamponaj sementlari birinchi ikki sutka davomida kerakli qotish mustahkamligiga erishishi lozim. Qisqa vaqt ichida sement qorishmasining erishgan mustahkamligi quduq stvolida kolonnani mahkam biriktirilishi va natijada qayta burg`ulash hamda perforatsiya davrida va singdiruvchan jinslardan barqaror ravishda himoya qilinishini ta`minlashi lozim.
Sanab o`tilgan barcha talablarni qanoatlantirish uchun sementtoshning mustahkamligi qanchaga teng bo`lishi murakkab masaladir. Mustahkamlik qiymati 2-3 ga teng zahira koeffitsiyenti bilan birga kamida 3,5 MPa bo`lishi kerak, deb taxmin qilindi.
Sementning turli sharoitlarda ishlatilishi unga qo`yildigan hamma talabiga to`la javob bera olmaydi. Sement sanoati asosan 2 xil tamponaj ishlab chiqaradi. Uning bir turi “sovuq” quduqlarga, ikkinchi turi esa “issiq” quduqlar uchun mo`ljallangan. Bulardan tashqari, boshqa maxsus tamponaj sementlaar ishlab chiqarish usullari ham o`zlashtirilmoqda.
“Sovuq” va “issiq” quduqlar uchun mo`ljallangan sementlarga qo`yiladigan talablar juda jiddiy. Tamponaj sementlar ishlab chiqarish murakkabdir. “Sovuq” quduqlar uchun mo`ljallangan tamponaj sementlarda C3S va C3A minerallarining yig`indisi 60% ga teng, u portlandsementni o`ta mayda tuyush (solishtirma sirti 300-350 m2/kg ga tenglanguncha) orqali olinadi.
Undagi gips miqdori 3%, “issiq” quduqlar uchun mo`ljallangan tamponaj sementning tishlashish muddatini sekinlatish uchun unga kam alyuminatli portlandsement qo`shiladi. Bunday sement taxminan 75oC issiqlikda ishlatiladi.
|
| |