|
O'zbekistonda sement sanqati O’zbekiston respublikasi
|
bet | 35/36 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 207,97 Kb. | | #257837 |
Bog'liq O\'zbekistonda sement sanqati-www.hozir.orgSulfomineral sementlar
Sulfominerallarning agressiv muhitlarda qotish jarayoni.
Ayrim minerallarning tuzlar ta`siriga bardoshliligi shu minerallarning 3% li MgSO4 va 5% li Na2SO4 eritmalarida qotish jarayonini kuzatish davomida o`rganiladi.
Sulfoalyuminat sement namunalari mazkur eritmalarda juda tez yemiriladi, chuqur yoriqlar paydo bo`ladi va ularning yuzasi maydalanadi.
Sulfosilikat namunalarning, shuningdek, 20% sulfoalyuminatli sulfosilikat sement namunalarining MgSO4 hamda Na2SO4 eritmalarida tuzlar ta`siriga yuqori darajada chidamliligi aniqlandi. Olti oy mobaynida ularning chidamlilik koeffitsiyenti 1, ba`zilariniki esa 2 dan yuqori, ya`ni suvda qotayotganga nisbatan mustahkamligi 1-2 marta ko`p.
Avtoklav ishlov berish sulfoalyuminat namunalarining korroziyasini yo`qota olmaydi. MgSO4 ning 3% li va Na2SO4 ning 5% lieritmalari ta`sirida sement namunalari ulardan juda ko`p miqdorda ettringit (kalsiy gidrosulfoalyuminatning sulfati ko`p bo`lgan shakllari) hosil bo`lishi tufayli yemiriladi.
Sulfosilikatli sement namunalarida 20% 3(Ca • Al2O3) • CaSO4 bo`lib, agressiv eritmalarida shu sementlar mustahkamligining ortishi ularning kimyoviy chidamliligi bilan bog`liq.
Gips va ettringitning birmuncha kristallanish bunga misol bo`ladi. Mazkur minerallarning mayda kristallari gidrosilikatlar bilan birgalikda jips birikadi, bu hol sementning uzoq vaqt mobaynida qotishda sementtosh tarkibiy tuzilmasini mustahkamlaydi.
Sulfominerallardan iborat sementtoshga yuqori haroratning ta`siri.
Erkin ohak ajratmay qotadigan sementlar portlandsementga nisbatan yuqori darajada issiqqa chidamli bo`ladi.
Shuning uchun sulfoalyuminat hamda sulfosilikatning yuqori haroratdagi xususiyatlarini o`rganish muhimdir.
Sulfosilikatli sement namunalarining mustahkamligi 800oC haroratda 25%, 900oC haroratda 30 - 40%, 1000oC da esa 44 - 50% kamayadi.
Tarkibida 3CaO • Al2O3 • CaSO4 bo`lgan sement namunalarining issiqqa bardoshli ekanligi ma`lum. Bu mineralning yuqori haroratga chidamliligining sababi, digidratlanish jarayonida gilsimon mahsulotlarning yo`qligidir.
|
| |