Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 5
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
148
w
iens.uz
www.or
May
2022
- funksional – obyekt belgisiga ko‘ra;
- korxona, soha, korxonalar o‘rtasida, sohalararo, harbiy, institutsional va alaqalar
tizimlarini mustaxkamlaydi.
Mikrologistik tizim
makrologistik tizimning tarkibiy qismlari, tizimchalari
hisoblanadi. Unga har xil ishlab chiqarish, savdo korxonalari, hududiy ishlab
chiqarish majmualari kiradi. Mikrologistik tizim ichki (ishlab chiqarish ichidagi),
tashqi va integratsiyalashgan turlarga bo‘linadi. Ishlab chiqarish ichidagi logistik
tizimlar mahsulot ishlab chiqarishning texnologik sikli doirasida materiallar oqimini
boshqarishni optimallashtiradi. Ishlab chiqarish ichidagi logistik tizimning asosiy
vazifasi – yakunlanmagan ishlab chiqarish va material resurslar zaxiralarini
kamaytirish, firmaning kapital aylanishini tezlashtirish, uzoq muddatli ishlab
chiqarish davrini kamaytirish, material resurslar zaxira darajasini nazorat qilish va
boshqarish, texnologik (sanoat) transport ishini optimallashtirishdir. Ishlab chiqarish
ichidagi logistik tizim ishini optimallashtirish mezoni mahsulot tannarxini va tayyor
mahsulot sifatini berilgan darajada ta’minlash, uzoq muddatli logistik tarmoq davrni
saqlaydi va minimallash hisoblanadi.