|
O’zbekistonning eng yangi tarixi Bajardi: Yuldashev Temur Tal’atovich
|
Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 106,82 Kb. | | #233466 |
Bog'liq O\'zbekistonning eng yangi tarixi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali
MUSTAQIL ISH
Telekommunikatsiya texnologiyalari: Telekommunikatsiyalar fakulteti 1123(S) guruh
O’zbekistonning eng yangi tarixi
Bajardi: Yuldashev Temur Tal’atovich
Reja:
O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari
O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni.
O`zbekiston mustaqil davlat maqomiga ega bo`lishi bilanoq xalqaro hamjamiyat bilan teng huquqli, suveren hamkorlik qilish yo`lini tutdi. Bu borada hamkorlikning xalqaro e`tirof etilgankonstitutsiyaviy hamda huquqiy asoslari shakllantirildi. Bugun O`zbekiston jahon hamjamiyatida o`z o`rni va so`ziga ega bo`lgan davlatga aylandi. O`zbekiston jahonning qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlari bilan turli sohalarda hamkorlik qilmoqda, ko`plab yirik tashkilotlarning teng huquqli a`zosidir. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov boshchiligida O’zbekiston qisqa vaqt ichida dunyoning ko’plab yetakchi davlatlari bilan o’zaro manfaatli aloqalarni o’rnatishga muvaffaq bo’ldi va 1990-yillarning o’rtalariga kelib 165 davlat mamlakatimizni tan oldi. Hozirgi kunda ularning 133 tasi bilan diplomatik munosabatlar o’rnatilgan. Toshkentda44 davlat va 20 dan ortiq yirik xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari akkreditatsiyadano’tgan.O’z navbatida, O’zbekiston Respublikasining 46 ta diplomatik va konsullik vakolatxonalari xorijiy davlatlarda va xalqaro tashkilotlar huzurida faoliyat yuritadi, shu jumladan, BMTning Nyu-Yorkdagi vakolatxonasi, BMT ning Yevropa Byurosi va Jenevadagi boshqa xalqaro tashkilotlar. O’zbekiston 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlarga, jumladan, BMT, SHHT, MDH va boshqalarga a’zo. O’zbekiston to’laqonli asosda eng nufuzli xalqaro tashkilotlarninga’zosibo’lib, yirik bank, moliya organlari bilan hamkorlik qiladi. Nodavlat va nodavlat tashkilotlaribilan hamkorlik qiladi, respublikada 88 ta xorijiy vakolatxonalar akkreditatsiyalangan, 24tahukumatlararo va 13 ta nodavlat tashkilotlar faoliyat ko’rsatmoqda[2]. O`zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent bugungi kunda xalqaro nufuzli tashkilotlarishtirokidagi xavfsizlik, barqarorlik, tinchlik va hamkorlik masalalari bo`yicha muhimxalqaroanjumanlar markaziga aylandi. Ayniqsa, xalqaro tashkilotlar – YEXHT, Iqtisodiyhamkorliktashkiloti (EKO) bilan teng huquqli a`zo sifatida, Yevropa Ittifoqi, NATObilan“Tinchlikyo`lida hamkorlik” dasturi doirasidagi aloqalari rivojlandi. O`zbekistonning tashqi siyosiy yo`li barcha xalqaro tashkilotlar bilan har tomonlamahamkorlik qilishga yo`naltirilgan. O`zbekiston Respublikasi bugungi kunda 40 danortiqxalqarotashkilotlar bilan aloqa o`rnatgan[3]. O`zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi kengqulochyozibborayotganliga uning xalqaro maydonda obro`si oshayotganligidan dalolat beradi. Bundayxayrliholatning vujudga kelishida asosiy omillar O`zbekistonning o`z hududida huquqiy-demokratikdavlat va fuqarolik jamiyati qurishga jiddiy kirishganligi, bozor iqtisodiga o`tishdasezilarlinatijalarni qo`lga kiritganligi, mamlakatda millatlararo totuvlikni va barqarorliknita`minlaganligidir[4]. Mustaqillik davridagi tashqi siyosatimizda YEXHT ning boy tajribasi, imkoniyatlaridanfoydalanishga ham alohida ahamiyat berildi. Xalqaro tashkilotlar orasida birinchilardanbo`libYEXHT xavfsizlik uchun hamkorlik kontseptsiyasini ham strategik siyosat darajasigako`tardi.
O`zbekiston YEXHT ning 1975 yilgi Xelsinki yakunlovchi akti, shuningdek, ya`ni YevropaningParij Hartiyasi va boshqa muhim xalqaro hujjatlarga qo`shilgan. O`zbekiston bilanYEXHTo`rtasidagi hamkorlik samarali ravnaq topmoqda. O`zbekiston YEXHT ning asosiy tamoyillaridan biri bo`lgan xavfsizlik yaxlitligini to`laqo`llab-quvvatlamoqda. O`zbekiston Birinchi Prezidenti I.A. Karimov YEXHTningXel’sinki(1992 yil), Budapesht (1994 yil), Lissabon (1996 yil), Istanbul (1999 yil) sammitlaridaqatnashdiva o`z nutqlarida taklif va tashabbuslarni ilgari surdi. Bularga Markaziy Osiyodatinchlikvabarqarorlikni saqlash, mojarolarni bartaraf etish, narkotrafik va qurol-yarog’ kontrabandasigaqarshi kurashda YEXHT ning ishtrokini kengaytirish, xalqaro terrorizmga qarshi kurashmarkazini tashkil etish masalalari kiradi[5]. 1992 yilning fevralida bo`lib o`tgan a`zolik to`g’risidagi hujjatni imzolashmarosimidaO`zbekiston Prezidenti alohida ta`kidlab o`tganidek, Yevropa bilan teng huquqiyaloqalaro`rnatilishi O`zbekiston va uning mustaqilligi uchun muhim hayotiy ahamiyat kasbetadi.O`zbekiston YEXHT ning asosiy tamoyillaridan biri bo`lgan xavfsizlik yaxlitligini to`laqo`llab-quvvatlamoqda. 1999 yil 25 oktyabrda I.A. Karimov YEXHT ning ko`p sonli millatlar ishi bo`yichaoliykomissari Maks Van Der Stul bilan uchrashdi. Uchrashuvda O`zbekistonning YEXHTbilanaloqalarini yanada rivojlantirish bilan bog’liq masalalar yuzasidan fikr almashildi. O`zbekistonBirinchi Prezidenti I.A. Karimov 1999 yil 18–19 noyabrda Istanbulda bo`lib o`tganYEXHTning sammitida dunyo hamjamiyatining e`tiborini yana bir bor Markaziy Osiyoxavfsizligivabarqarorligiga tahdid solayotgan aqidaparastlik, ekstremizm, terrorizmva giyohvandlikmoddalarini noqonuniy aylanishi kabi masalalarga qaratdi hamda xalqaro terrorizmgaqarshikurashish markazini tuzish taklifi bilan chiqdi[6]. Hozirgi kunda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti xalqaromintaqaviytashkilotdir. Bu tashkilot tarkibiga jug’rofiy jixatdan Vankuverdan Vladivostokkachabo`lganhududda joylashgan 55 mamlakat a`zo bo`lgan xavfsizlik masalalari bilan shug’ullanuvchiUmumYevropa tashkilotidir[7]. I.A.Karimov o`z nutqida terrorizmga qarshi kurashuvchn xalqaro markaz tashkil qilishmaqsadga muvofiq ekanligi va mazkur markazning asosiy vazifasi terrorizmning ko`rinishlarigaqarshi kurashishgina emas, ayni paytda, xalqaro terrorizmni moliyaviy ta`minlaydigan, qo`llab-quvvatlaydigan, uni boshqaradigan manbalarga karshi kurashishdaya iborat bo`lmog’ikerakligani ta`kidladi. O`zbekiston Prezidentining ushbu taklifi 2001 yilning 11sentyabridaN’yu-York shahrida yuz bergan terroristik hurujdan so`ng yanada dolzarblik kasb etadi. 2003 yil 21 noyabrda YEXHT ning amaldagi raisining Markaziy Osiyo bo`yichashaxsiyvakili Marti Axtisaari O`zbekistonda bo`lib, I.A. Karimov bilan uchrashdi. UchrashuvdaO`zbekiston – YEXHT hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari hamda tomonlarniqiziqtirgan dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi. O`zbekistonning jahon hamjamiyati safidan munosib o`rin egallagani, dunyogamustaqildavlat sifatida tanilgani hamda o`zining qator tinchlikparvar taklif, g’oya hamda tashabbuslari,faol tashqi siyosati endilikda juda yuksak minbarlarda e`tirof etilayotgani bor haqiqatdir.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasida O’zbekiston xalqaro va mintaqaviymuammolarnimuhokama qilish va hal qilishda faol ishtirok etadi, xususan O’zbekiston Respublikasi BirinchiPrezidenti Islom Karimov BMT ning 48-chi (1993-yil sentabr), 50-chi (1995-yil oktabr)chiqishlarida, 55-sessiya (2000-yil sentabr) va BMT Bosh Assambleyasining“Mingyillikrivojlanish maqsadlari”(2010) sammitida Markaziy Osiyoning dolzarb muammolarigae’tiborqaratildi. I.A.Karimov tashabbusi bilan BMT Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalarini tinchyo’l bilan hal qilishga qaratilgan bir qancha qonunlarni qabul qildi. Shunday qilib, 1993-yildaBMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida so’zga chiqqan I.A.Karimov Markaziy Osiyoni yadrosiz zona deb e’lon qilishni taklif qildi. Bu taklif Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari-Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Tojikiston va BMT ning boshqa ko’plab a’zolari tomonidan to’liq qo’llab-quvvatlandi. Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizligining muhim jihati Afg’onistondagi vaziyatdir.O’zbekiston tashabbusi va BMT ko’magida 6+2 guruhi (qo’shni davlatlar: Eron, Pokiston,Tojikiston,Turkmanston, O’zbekiston, Xitoy, Rossiya va AQSH) afg’on muammosivamintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash muhokama qilindi. Guruhning 1-yig’ilishi 1997-yildaNyu-Yorkda, ikkinchisi 1999-yil iyul oyida Toshkentda bo’lib o’tdi. 2008-yil aprel oyidaBuxarestdaNATO sammitida I.A.Karimov 6+2 tinchlik tashabbusini ushbu guruhga qo’shishvauni “6+3”ga aylantirish bilan birgalikda sa’y harakatlarni birlashtirishga hissa qo’shishi bilantinchliktashabbusini qayta boshlash va kengaytirish maqsadga muvofiqligi to’g’risida taklif kiritdi.Afg’onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishda va Afg’onistonni qayta qurishningasosiydonorlari- Hindiston, Yaponiya va boshqa manfaatdor davlatlar yanada samarali hissaqo’shishlari mumkin[9]. Birlashgan Millatlar Tashkiloti – tinchlikni va xalqaro xavfsizlikni qo`llab-quvvatlash,davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan universal tashkilotdir. Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasida BMT ning o`nga yaqin dasturlari faoliyatyuritmoqdalar. Toshkent BMTning Markaziy Osiyodagi forposti sifatida baholanmoqda”[10]. Ma`lumki, BMT ning terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurashga qaratilgan13tahujjati ( 11 ta konventsiya, 2 ta protokol) mavjud. Hozirgi kunda O`zbekiston 12 ta anashundayxalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilgan[11]. Tashkil etilganidan hozirga qadar BMT jahon miqyosida xavfsizlik, tinchlikborasidagikurashuvchi, urushlarni oldini oluvchi va osoyishtalikni ta`minlovchi, barqaror tinchliknisaqlovchi, xalqaro hamkorlikni olib boruvchi tashkilot hisoblanadi. Terrorizm, giyohvandlik,mintaqaviy mojarolar va global ekologik muammolarga qarshi kurashib, jahon siyosatidao`zobro`yi va mavqeini mustahkam holda saqlab kelmokda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning 19-sentabrkuniBirlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so'zladi. Prezidentimiz o’z nutqlarida quyidagilarni ta’kidladilar: “Birlashgan Millatlar Tashkilotibundan keyin ham xalqaro munosabatlarda hal qiluvchi o'rin tutadi. O'zbekiston bugungi kunda o'zining tashqi siyosatida Markaziy Osiyo mintaqasigaustuvorahamiyat qaratmoqda. Bu – har tomonlama chuqur o'ylab tanlangan yo'ldir. Biz BMT tomonidan Orol fojiasidan jabr ko'rgan aholiga amaliy yordamko'rsatishbo'yicha shu yil qabul qilingan maxsus dastur to'liq amalga oshirilishi tarafdorimiz”[12]. 2020-yilning 23-sentabrida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat MirziyoyevBirlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ishtirok etdi. Prezident avgust oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida yoshlar huquqlarigabag‘ishlangan Samarqand xalqaro forumi o‘tkazilganini eslab, jahon hamjamiyatini Yoshlarhuquqlari to‘g‘risidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti konvensiyasini qabul qilishbo‘yichaO‘zbekiston tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. «Bundan tashqari, Barqarortaraqqiyot maqsadlariga erishish va inson huquqlarini ta’minlashda parlamentlarrolinioshirish to‘g‘risidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasiningmaxsusrezolyutsiyasini qabul qilishni taklif etamiz», — dedi Prezident SH.Mirziyoyev[13]. O’zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov NATO/SEAP sammitida2008-yilaprelda Buxarestda Afg’oniston muammosini faqat harbiy yo’l bilan hal qilib bo’lmaydi, deganfikr bildirdi va 6 +2 aloqa guruhini 6+3 ga aylantirish tashabbusini ilgari surdi. BizAQSH,Rossiya va NATO vakillarini Afg’onistonda tinchlik o’rnatish va tinchlantirishningasosiyishtirokchilariga qo’shilishini nazarda tutamiz. Bu tashabbus xalqaro hamjamiyatdakattaqiziqish uyg’otdi[14]. O’zbekistonning NATO bilan munosabatlari 1994-yil yanvar oyida Bryusseldaqabulqilingan “Tinchlik uchun hamkorlik” dasturida ishtirok etish shaklida bo’ldi. O’zbekiston hukumati Rossiya, Xitoy, AQSH, Yevropa Ittifoqi, Germaniya, Yaponiya,Koreya Respublikasi, Hindiston va boshqa yetakchi davlatlar bilan ikki tomonlamamunosabatlarini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishiga e’tibor qaratadi. O’zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o’rtasidagi munosabatlar har ikki davlat tashqisiyosatining muhim yo’nalishlaridan biridir. O’zbekiston Rossiyani eng muhimsiyosiy, iqtisodiyva harbiy-texnik salohiyatga ega davlat deb hisoblaydi, shuningdek uning MarkaziyOsiyodagimuhim rolini tan oladi. Boshqa tomondan, Rossiya O’zbekistonning MarkaziyOsiyodagiyetakchi o’rinlarini tan oladi. 1992-yilda diplomatik munosabatlar o’rnatilganidan buyon davlatlararo munosabatlarbosqichma-bosqich rivojlanib bormoqda. 2017-yilda O'zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o'rtasida diplomatikmunosabatlar o'rnatilganiga 25-yil to'ldi. Ikki davlat o'rtasidagi hamkorlik mustahkamhuquqiyasosga ega. Mamlakatlarimiz o'rtasidagi munosabatlar 2004-yil 16-iyunda imzolanganStrategiksheriklik to'g'risidagi shartnoma, 2005-yil 14-noyabrda imzolangan Ittifoqchilik munosabatlarito'g'risidagi shartnoma doirasida izchil rivojlanmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasinirivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida investitsiyaviymuhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlarigaxorijiysarmoyalarni faol jalb etish borasida samarali ishlar amalga oshirilayotganini ta'kidladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi PrezidentiVladimir Putinning taklifiga binoan 2017-yilning 4-5-aprel kunlari davlat tashrifi bilanushbumamlakatda bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Prezidentlari Shavkat MirziyoyevvaVladimir Putin Qo'shma bayonotni imzoladilar. Ikki mamlakat hukumatlari, vazirlikvaidoralario'rtasida hududlararo hamkorlik, mehnat faoliyatini vaqtincha tashkil etish, sog'liqni saqlash,tibbiyot ta'limi va fani, turizm, qurilish, neft-gaz, konchilik, metallurgiya, bankmoliya, bojxona,qishloq xo'jaligi va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirishga doir hujjatlar imzolandi. “Rossiya biz uchun hayot sinovlaridan o’tgan ishonchli strategik sherikvaittifoqchibo’lib kelgan va bundan buyon ham shunday bo’lib qoladi. Biz tariximiz mushtarakligini, manfaatlarimiz, ma’naviy va ma’rifiy ildizlarimiz birligini hechqachonunutmaymiz”- deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev[15]. 2018-yilning 19-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putindavlat tashrifibilan O’zbekistonda bo’ldi. Uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ShavkatMirziyeyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Qo’shma bayonotni imzoladi. Tashrif doirasida imzolangan 2019-2024-yillarda iqtisodiy hamkorlik dasturi, 2019-2021-yillarda madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik dasturi, “Suffa” xalqaro radioastronomikobservatoriyasini tashkil etish bo’yicha yo’l xaritasi, O’zbekistonda Rossiyaningyetakchi oliyta’lim muassasalari filiallarini tashkil etish va faoliyatini ta’minlash to’g’risidabitim,to’qimachilik sanoatida hamkorlik to’g’risidagi bitim o’zaro almashildi. Tashrif asnosidaturlisohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 20ta hujjat imzolandi[16]. O’zbekiston va Xitoy o’rtasida ham iqtisodiy, siyosiy, fan-ta’lim, madaniyat sohalaridaqator hamkorliklar amalga oshirilmoqda. Bu hamkorliklar ikki davlat prezidentlariningdavlattashriflari chog’ida yanada mustahkamlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ShavkatMirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 2017-yil 11-15-maykunlari davlat tashrifi bilan Xitoyga bordi[17]. O‘zbekiston – Xitoy hamkorlik munosabatlari keng ko‘lam kasb etib, strategiksheriklikaloqalari yuksak darajaga ko‘tarilmoqda. Mamlakatlarimizning milliy manfaatlari, ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyoti, jahondagi nufuzi yuksalishiga xizmat qiladigan bu aloqalar O‘zbekistonRespublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov boshlab bergan o‘zaro do‘stlik, mustahkamishonchga asoslangan hamkorlik negizida taraqqiy etmoqda. Ushbu safar chog’ida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti Pekin shahrida 14-15-may kunlari bo’lib o’tgan “Bir makon, biryo’l”xalqaro forumida ishtirok etdilar . Ushbu davlat tashriflari ikki davlatning o’zaro har tomonlama aloqalariningrivojlanishigazamin yaratadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev oʻz murojaatlarida Markaziy Osiyo Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishi ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdilar. Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy ravishda davlatimiz rahbarining diqqat markazida, buni biz Prezidentimizning nufuzli mintaqaviy va xalqaro tashkilotlarning yuqori minbarlaridan turib mintaqa masalalari boʻyicha ilgari surgan taklif va tashabbuslarida ham koʻrishimiz mumkin.
Prezidentimizning Oliy Majlisga murojaatlarida Markaziy Osiyoni tashqi siyosatimizning ustuvor yoʻnalishi ekanligiga yana bir bor urgʻu berishlarining qoʻyidagi muhim jihatlarini alohida taʼkidlab oʻtish lozim.
Birinchidan, Oʻzbekiston Markaziy Osiyo mintaqasining uzviy va chambarchas bogʻliq qismi hisoblanadi. Oʻzbekiston Markaziy Osiyoning barcha davlatlari bilan chegaradosh mintaqadagi yagona davlat, yaʼni mintaqadagi u yoki bu davlatdagi har qanday siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohadagi oʻzgarishlar bevosita Oʻzbekistonga taʼsir qiladi. Qolaversa, transport, iqtisodiyot, energetika va suv sohasidagi yirik loyihalarni amalga oshirish mintaqa davlatlarining hamkorlik darajasiga bogʻliq. Shu munosabat bilan Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishi va gullab-yashnashi Oʻzbekiston Respublikasining bosh maqsadi hisoblanadi.
Ikkinchidan, barchamizga maʼlum Markaziy Osiyo geostrategik mintaqa hisoblanadi. Bunga bir tomondan mintaqaning qulay geografik hududda, yaʼni muhim mintaqaviy va xalqaro transport yoʻlaklari kesishmasida joylashganligi, boy tabiiy resurslarga ega ekanligi sabab boʻlsa, ikkinchi tomondan Markaziy Osiyoning xalqaro munosabatlar tizimida muhim oʻrin tutadigan Yaqin Sharq, MDH va Osiyo davlatlari bilan chegaradoshligidir. Boshqacha qilib aytganda, Markaziy Osiyo dunyoning yetakchi davlatlarning manfaatlari kesishgan hudud hisoblanadi.
Yuqoridagi omillar mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashga faqatgina oʻzaro tushunish va manfaatlarga asoslangan hamkorlik orqali erishish mumkinligini yana bir bor tasdiqlaydi. Bu esa oʻz navbatida Oʻzbekistonning bugungi kundagi ochiqlik, yaxshi qoʻshnichilik, strategik sherikchilik, oʻzaro ishonch va mavjud muammolarni oqilona murosa yoʻli bilan hal etish tamoyillariga asoslangan mutlaqo yangi mintaqaviy siyosati Markaziy Osiyoda barqarorlik va izchil rivojlanishni taʼminlashda, mintaqaning hamkorlik makoniga aylanishida muhim garov sifatida xizmat qilishidan dalolat beradi.
Uchinchidan, Parlamentga Murojaatnomada Prezidentimiz tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari bilan koʻp asrlik doʻstona munosabatlarni yana-da mustahkamlash masalasining koʻtarilganligi, Oʻzbekistonning mintaqaviy hamkorlikning barqaror rivojlanishiga qatʼiyligini va qoʻshni davlatlar bilan oʻzaro manfaat va ishonchga asoslangan hamkorlikning uzoq muddatli xarakterga ega ekanligini yana bir karra isbotlaydi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev prezident sifatida saylanganlaridan keyin ilk bor Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish tashqi siyosatimizning ustuvor yoʻnalishi ekanligi toʻgʻrisida 2016-yil 14-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisidagi nutqida aytgan edilar.
Oʻtgan davr mobaynida erishilgan yutuq va natijalarni tahlil qilsak, butun dunyoda koʻp tomonlama hamkorlik inqirozga uchragan va oʻzaro ishonch kamayib ketayotgan bir vaqtda Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi hamkorlikning yangi bosqichga chiqayotganligini koʻrishimiz mumkin.
Tarixan qisqa vaqt ichida Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi munosabatlarda misli koʻrilmagan yutuqlarga erishildi. Eng asosiysi, avval mintaqaviy hamkorlikni rivojlanishida toʻsiq hisoblangan chegara va suv resurslaridan foydalanish boʻyicha muhim va oʻzaro manfaatli kelishuvlarga erishildi. Prezidentimizning tashabbuslari bilan hamkorlikning yangi mexanizmlari tashkil etildi. Bunga misol sifatida Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Maslahatlashuv uchrashuvlarini, parlamentlararo guruhlar, chegaraoldi hududlar hamkorligi kengashi, vazirlik va idoralararo komissiyalar, investitsiya fondlarining tashkil etilganligini aytish mumkin.
Oʻzbekistonning yangi mintaqaviy siyosati natijasida Markaziy Osiyoda shakllangan siyosiy muhit bugun mintaqa davlatlarining ulkan iqtisodiy salohiyatini ochishga muhim hissa qoʻshmoqda. Yuqoridagi gaplarning tasdigʻi sifatida Markaziy Osiyo davlatlarida tashqi savdo aylanmasi va investitsiya hajmining, turistlar sonining oshganligi misolida koʻrishimiz mumkin.
Xususan, 2019-yil mintaqa davlatlarining tashqi savdo aylanmasi hajmi 2016-yilga nisbatan 56 foizga oshib 168,2 milliardni tashkil etdi. Mintaqa davlatlariga jalb qilingan investitsiyalar hajmi esa 2019-yil 2016-yilga nisbatan 40%ga oshib 37,6 milliardni tashkil etdi. Markaziy Osiyo davlatlariga tashrif buyuruvchi turistlarning soni ham yildan yilga ortib bormoqda. Misol tariqasida mintaqa davlatlariga 2019-yil kelgan turistlar soni 2016-yilga nisbatan 93%ga oshib 18,4 million kishini tashkil qildi.
Mintaqaviy hamkorligining davlatlar xavfsizligi va barqarorligini taʼminlashda nechogʻlik muhim ahamiyat kasb etishini biz koronavirus pandemiyasi davrida koʻrishga muvaffaq boʻldik. Markaziy Osiyo davlatlari soʻnggi yillarda mintaqadagi yangi siyosiy muhit natijasida qisqa vaqt ichida pandemiyaga qarshi muvofiqlashtirilgan siyosat olib borishga muvaffaq boʻlishdi.
Natijada pandemiya davrida koronavirusga qarshi kurashda tibbiyot sohasida axborot va tajriba almashinuvi, oʻzaro gumanitar yordam koʻrsatish, chegaralarda yuklarning uzluksiz harakatlanishini yoʻlga qoʻyishga erishildi. Bu esa mintaqada dunyoning boshqa davlatlariga nisbatan koronavirus bilan kasallanish va uning natijasidagi oʻlim sonining kamligini taʼminlashga imkon berdi. Xususan, 29-dekabr holatiga koʻra Markaziy Osiyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 375 ming kishini, yaʼni dunyodagi jami kasallanganlarning 0,5 foizini tashkil etdi. Oʻlim holati koronavirus bilan kasallanganlarning 1,7 foizidan iborat boʻlgan boʻlsa, dunyoda bu koʻrsatkich 2,1 foizni tashkil etdi. Bir soʻz bilan aytganda, mintaqaviy hamkorlik zamonaviy tahdidlarni bartaraf etishning muhim kafolati ekanligini yana bir bor tasdiqladi.
Shu nuqtayi nazardan bugun Prezidentimizning tashabbusi va saʼy-harakatlari asosida rivojlanayotgan mintaqaviy hamkorlik Markaziy Osiyo davlatlari munosabatlarida yangi sahifani ochdi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Prezidentimiz tomonidan Oliy Majlisga qilingan murojaatnomada Markaziy Osiyoning tashqi siyosatimizning ustuvor yoʻnalishi ekanligini yana bir bor taʼkidlanishi, Oʻzbekistonning mintaqa davlatlari bilan hamkorlikni yana-da mustahkamlashga oʻzining barcha imkoniyatlari va salohiyatini safarbar qilishidan dalolat beradi.
Foydalanilgan adabiyorlar:
Mustaqil O‘zbekiston tarixi. Mas’ul muharrir A.Sabirov. - Toshkent: Akademiya, 2013
Murtazaeva R.H. O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va tolerantlik. Darslik. - Toshkent: Mumtoz so‘z, 2019.
|
| |