Keywords Diplomatic relations, international cooperation, UN, OSCE, SCO, Russia, China, USA, Central Asia, foreign countries, diplomacy




Download 449,24 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana20.05.2024
Hajmi449,24 Kb.
#246888
1   2   3   4
Bog'liq
165 IQRO

Keywords
Diplomatic relations, international cooperation, UN, OSCE, SCO, Russia, China, USA,
Central Asia, foreign countries, diplomacy
,
embassy, economy, politics, science and education,
science and technology, health, tourism, culture.
O`zbekiston mustaqil davlat maqomiga ega bo`lishi bilanoq xalqaro hamjamiyat bilan teng
huquqli, suveren hamkorlik qilish yo`lini tutdi. Bu borada hamkorlikning xalqaro e`tirof etilgan
konstitutsiyaviy hamda huquqiy asoslari shakllantirildi. Bugun O`zbekiston jahon hamjamiyatida
o`z o`rni va so`ziga ega bo`lgan davlatga aylandi. O`zbekiston jahonning qator mamlakatlari va
xalqaro tashkilotlari bilan turli sohalarda hamkorlik qilmoqda, ko`plab yirik tashkilotlarning teng
huquqli a`zosidir.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov boshchiligida O’zbekiston
qisqa vaqt ichida dunyoning ko’plab yetakchi davlatlari bilan o’zaro manfaatli aloqalarni
o’rnatishga muvaffaq bo’ldi va 1990-yillarning o’rtalariga kelib 165 davlat mamlakatimizni tan
oldi[1]. Hozirgi kunda ularning 133 tasi bilan diplomatik munosabatlar o’rnatilgan. Toshkentda
44 davlat va 20 dan ortiq yirik xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari akkreditatsiyadan o’tgan.
O’z navbatida, O’zbekiston Respublikasining 46 ta diplomatik va konsullik vakolatxonalari
xorijiy davlatlarda va xalqaro tashkilotlar huzurida faoliyat yuritadi, shu jumladan, BMT ning
Nyu-Yorkdagi vakolatxonasi, BMT ning Yevropa Byurosi va Jenevadagi boshqa xalqaro
tashkilotlar. O’zbekiston 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlarga, jumladan, BMT, SHHT, MDH va
boshqalarga a’zo. O’zbekiston to’laqonli asosda eng nufuzli xalqaro tashkilotlarning a’zosi
bo’lib, yirik bank, moliya organlari bilan hamkorlik qiladi. Nodavlat va nodavlat tashkilotlari
bilan hamkorlik qiladi, respublikada 88 ta xorijiy vakolatxonalar akkreditatsiyalangan, 24 ta
hukumatlararo va 13 ta nodavlat tashkilotlar faoliyat ko’rsatmoqda[2].
O`zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent bugungi kunda xalqaro nufuzli tashkilotlar
ishtirokidagi xavfsizlik, barqarorlik, tinchlik va hamkorlik masalalari bo`yicha muhim xalqaro
anjumanlar markaziga aylandi. Ayniqsa, xalqaro tashkilotlar – YEXHT, Iqtisodiy hamkorlik
tashkiloti (EKO) bilan teng huquqli a`zo sifatida, Yevropa Ittifoqi, NATO bilan “Tinchlik
yo`lida hamkorlik” dasturi doirasidagi aloqalari rivojlandi.
O`zbekistonning tashqi siyosiy yo`li barcha xalqaro tashkilotlar bilan har tomonlama
hamkorlik qilishga yo`naltirilgan. O`zbekiston Respublikasi bugungi kunda 40 dan ortiq xalqaro
tashkilotlar bilan aloqa o`rnatgan[3].
O`zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi keng quloch yozib
borayotganliga uning xalqaro maydonda obro`si oshayotganligidan dalolat beradi. Bunday xayrli
holatning vujudga kelishida asosiy omillar O`zbekistonning o`z hududida huquqiy-demokratik
davlat va fuqarolik jamiyati qurishga jiddiy kirishganligi, bozor iqtisodiga o`tishda sezilarli
natijalarni qo`lga kiritganligi, mamlakatda millatlararo totuvlikni va barqarorlikni
ta`minlaganligidir[4].
Mustaqillik davridagi tashqi siyosatimizda YEXHT ning boy tajribasi, imkoniyatlaridan
foydalanishga ham alohida ahamiyat berildi. Xalqaro tashkilotlar orasida birinchilardan bo`lib
YEXHT xavfsizlik uchun hamkorlik kontseptsiyasini ham strategik siyosat darajasiga ko`tardi.


167
O`zbekiston YEXHT ning 1975 yilgi Xelsinki yakunlovchi akti, shuningdek, ya`ni Yevropaning
Parij Hartiyasi va boshqa muhim xalqaro hujjatlarga qo`shilgan. O`zbekiston bilan YEXHT
o`rtasidagi hamkorlik samarali ravnaq topmoqda.
O`zbekiston YEXHT ning asosiy tamoyillaridan biri bo`lgan xavfsizlik yaxlitligini to`la
qo`llab-quvvatlamoqda. O`zbekiston Birinchi Prezidenti I.A. Karimov YEXHTning Xel’sinki
(1992 yil), Budapesht (1994 yil), Lissabon (1996 yil), Istanbul (1999 yil) sammitlarida qatnashdi
va o`z nutqlarida taklif va tashabbuslarni ilgari surdi. Bularga Markaziy Osiyoda tinchlik va
barqarorlikni saqlash, mojarolarni bartaraf etish, narkotrafik va qurol-yarog’ kontrabandasiga
qarshi kurashda YEXHT ning ishtrokini kengaytirish, xalqaro terrorizmga qarshi kurash
markazini tashkil etish masalalari kiradi[5].
1992 yilning fevralida bo`lib o`tgan a`zolik to`g’risidagi hujjatni imzolash marosimida
O`zbekiston Prezidenti alohida ta`kidlab o`tganidek, Yevropa bilan teng huquqiy aloqalar
o`rnatilishi O`zbekiston va uning mustaqilligi uchun muhim hayotiy ahamiyat kasb etadi.
O`zbekiston YEXHT ning asosiy tamoyillaridan biri bo`lgan xavfsizlik yaxlitligini to`la qo`llab-
quvvatlamoqda.
1999 yil 25 oktyabrda I.A. Karimov YEXHT ning ko`p sonli millatlar ishi bo`yicha oliy
komissari Maks Van Der Stul bilan uchrashdi. Uchrashuvda O`zbekistonning YEXHT bilan
aloqalarini yanada rivojlantirish bilan bog’liq masalalar yuzasidan fikr almashildi. O`zbekiston
Birinchi Prezidenti I.A. Karimov 1999 yil 18–19 noyabrda Istanbulda bo`lib o`tgan YEXHT
ning sammitida dunyo hamjamiyatining e`tiborini yana bir bor Markaziy Osiyo xavfsizligi va
barqarorligiga tahdid solayotgan aqidaparastlik, ekstremizm, terrorizm va giyohvandlik
moddalarini noqonuniy aylanishi kabi masalalarga qaratdi hamda xalqaro terrorizmga qarshi
kurashish markazini tuzish taklifi bilan chiqdi[6].
Hozirgi kunda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti xalqaro mintaqaviy
tashkilotdir. Bu tashkilot tarkibiga jug’rofiy jixatdan Vankuverdan Vladivostokkacha bo`lgan
hududda joylashgan 55 mamlakat a`zo bo`lgan xavfsizlik masalalari bilan shug’ullanuvchi
UmumYevropa tashkilotidir[7].
I.A.Karimov o`z nutqida terrorizmga qarshi kurashuvchn xalqaro markaz tashkil qilish
maqsadga muvofiq ekanligi va mazkur markazning asosiy vazifasi terrorizmning ko`rinishlariga
qarshi kurashishgina emas, ayni paytda, xalqaro terrorizmni moliyaviy ta`minlaydigan, qo`llab-
quvvatlaydigan, uni boshqaradigan manbalarga karshi kurashishdaya iborat bo`lmog’i
kerakligani ta`kidladi. O`zbekiston Prezidentining ushbu taklifi 2001 yilning 11 sentyabrida
N’yu-York shahrida yuz bergan terroristik hurujdan so`ng yanada dolzarblik kasb etadi.
2003 yil 21 noyabrda YEXHT ning amaldagi raisining Markaziy Osiyo bo`yicha shaxsiy
vakili Marti Axtisaari O`zbekistonda bo`lib, I.A. Karimov bilan uchrashdi. Uchrashuvda
O`zbekiston – YEXHT hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari hamda tomonlarni
qiziqtirgan dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.
O`zbekistonning jahon hamjamiyati safidan munosib o`rin egallagani, dunyoga mustaqil
davlat sifatida tanilgani hamda o`zining qator tinchlikparvar taklif, g’oya hamda tashabbuslari,
faol tashqi siyosati endilikda juda yuksak minbarlarda e`tirof etilayotgani bor haqiqatdir.
Bundan roppa-rosa 20 yil avval – 1992 yilning 2 martida mustaqil O`zbekistonning davlat
bayrog’i N’yu-Yorkdagi BMT bosh qarorgohi oldidagi dunyo mamlakatlari bayroqlari orasida


168
hilpiray boshladi. Bu xalqimiz, ota-bobolarimizning asriy orzusi bo`lgan – O`zbekiston
mustaqilligining xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinishining isboti edi. 1993 yilning avgust
oyida esa poytaxtimizda BMTning vakolatxonasi o`z faoliyatini boshladi. Bu esa tashkilot va
uning ixtisoslashgan muassasalari bilan amaliy aloqlarni yo`lga qo`yish hamda uni rivojlantirish
uchun xizmat qilmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasida O’zbekiston xalqaro va mintaqaviy muammolarni
muhokama qilish va hal qilishda faol ishtirok etadi, xususan O’zbekiston Respublikasi Birinchi
Prezidenti Islom Karimov BMT ning 48-chi (1993-yil sentabr), 50-chi (1995-yil oktabr)
chiqishlarida, 55-sessiya (2000-yil sentabr) va BMT Bosh Assambleyasining “Ming yillik
rivojlanish maqsadlari”(2010) sammitida Markaziy Osiyoning dolzarb muammolariga e’tibor
qaratildi. I.A.Karimov tashabbusi bilan BMT Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalarini tinch
yo’l bilan hal qilishga qaratilgan bir qancha qonunlarni qabul qildi. Shunday qilib, 1993-yilda
BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida so’zga chiqqan I.A.Karimov Markaziy Osiyoni
yadrosiz zona deb e’lon qilishni taklif qildi. Bu taklif Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari-
Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Tojikiston va BMT ning boshqa ko’plab a’zolari
tomonidan to’liq qo’llab-quvvatlandi[8].
Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizligining muhim jihati Afg’onistondagi vaziyatdir.
O’zbekiston tashabbusi va BMT ko’magida 6+2 guruhi (qo’shni davlatlar: Eron, Pokiston,
Tojikiston,Turkmanston, O’zbekiston, Xitoy, Rossiya va AQSH) afg’on muammosi va
mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash muhokama qilindi. Guruhning 1-yig’ilishi 1997-yilda Nyu-
Yorkda, ikkinchisi 1999-yil iyul oyida Toshkentda bo’lib o’tdi. 2008-yil aprel oyida Buxarestda
NATO sammitida I.A.Karimov 6+2 tinchlik tashabbusini ushbu guruhga qo’shish va uni “6+3”
ga aylantirish bilan birgalikda sa’y harakatlarni birlashtirishga hissa qo’shishi bilan tinchlik
tashabbusini qayta boshlash va kengaytirish maqsadga muvofiqligi to’g’risida taklif kiritdi.
Afg’onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishda va Afg’onistonni qayta qurishning asosiy
donorlari- Hindiston, Yaponiya va boshqa manfaatdor davlatlar yanada samarali hissa
qo’shishlari mumkin[9].
Birlashgan Millatlar Tashkiloti – tinchlikni va xalqaro xavfsizlikni qo`llab-quvvatlash,
davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan universal tashkilotdir.
Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasida BMT ning o`nga yaqin dasturlari faoliyat
yuritmoqdalar. Toshkent BMTning Markaziy Osiyodagi forposti sifatida baholanmoqda”[10].
Ma`lumki, BMT ning terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurashga qaratilgan 13 ta
hujjati ( 11 ta konventsiya, 2 ta protokol) mavjud. Hozirgi kunda O`zbekiston 12 ta ana shunday
xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilgan[11].
Tashkil etilganidan hozirga qadar BMT jahon miqyosida xavfsizlik, tinchlik borasidagi
kurashuvchi, urushlarni oldini oluvchi va osoyishtalikni ta`minlovchi, barqaror tinchlikni
saqlovchi, xalqaro hamkorlikni olib boruvchi tashkilot hisoblanadi. Terrorizm, giyohvandlik,
mintaqaviy mojarolar va global ekologik muammolarga qarshi kurashib, jahon siyosatida o`z
obro`yi va mavqeini mustahkam holda saqlab kelmokda.
O’zbekiston va BMT hamkorligi hozirgi davrda ham o’zaro izchil va har tomonlama
rivojlanib bormoqda. Bunda Prezident Sh. Mirziyoyevning BMT sessiyalarida so’zlagan nutqlari


169
alohida ahamiyat kasb etadi, zero bu nutqlarda dunyoda yuz berayotgan jarayonlar, Afg’oniston
muammosi, Orol muammosiga alohida to’xtalib o’tilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning 19-sentabr kuni
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so'zladi.
Prezidentimiz o’z nutqlarida quyidagilarni ta’kidladilar: “Birlashgan Millatlar Tashkiloti
bundan keyin ham xalqaro munosabatlarda hal qiluvchi o'rin tutadi.
O'zbekiston bugungi kunda o'zining tashqi siyosatida Markaziy Osiyo mintaqasiga ustuvor
ahamiyat qaratmoqda. Bu – har tomonlama chuqur o'ylab tanlangan yo'ldir.
Biz BMT tomonidan Orol fojiasidan jabr ko'rgan aholiga amaliy yordam ko'rsatish
bo'yicha shu yil qabul qilingan maxsus dastur to'liq amalga oshirilishi tarafdorimiz”[12].
2020-yilning 23-sentabrida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ishtirok etdi.
Prezident avgust oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida yoshlar huquqlariga
bag‘ishlangan Samarqand xalqaro forumi o‘tkazilganini eslab, jahon hamjamiyatini

Download 449,24 Kb.
1   2   3   4




Download 449,24 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Keywords Diplomatic relations, international cooperation, UN, OSCE, SCO, Russia, China, USA, Central Asia, foreign countries, diplomacy

Download 449,24 Kb.
Pdf ko'rish