Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti konvensiyasini




Download 449,24 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana20.05.2024
Hajmi449,24 Kb.
#246888
1   2   3   4
Bog'liq
165 IQRO

Yoshlar
huquqlari to‘g‘risidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti konvensiyasini
qabul qilish bo‘yicha
O‘zbekiston tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. «Bundan tashqari,
Barqaror
taraqqiyot maqsadlariga erishish va inson huquqlarini ta’minlashda parlamentlar rolini
oshirish to‘g‘risidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining maxsus
rezolyutsiyasini
qabul qilishni taklif etamiz», — dedi Prezident SH.Mirziyoyev[13].
O’zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov NATO/SEAP sammitida 2008-yil
aprelda Buxarestda Afg’oniston muammosini faqat harbiy yo’l bilan hal qilib bo’lmaydi, degan
fikr bildirdi va 6 +2 aloqa guruhini 6+3 ga aylantirish tashabbusini ilgari surdi. Biz AQSH,
Rossiya va NATO vakillarini Afg’onistonda tinchlik o’rnatish va tinchlantirishning asosiy
ishtirokchilariga qo’shilishini nazarda tutamiz. Bu tashabbus xalqaro hamjamiyatda katta
qiziqish uyg’otdi[14].
O’zbekistonning NATO bilan munosabatlari 1994-yil yanvar oyida Bryusselda qabul
qilingan “Tinchlik uchun hamkorlik” dasturida ishtirok etish shaklida bo’ldi.
O’zbekiston hukumati Rossiya, Xitoy, AQSH, Yevropa Ittifoqi, Germaniya, Yaponiya,
Koreya Respublikasi, Hindiston va boshqa yetakchi davlatlar bilan ikki tomonlama
munosabatlarini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishiga e’tibor qaratadi.
O’zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o’rtasidagi munosabatlar har ikki davlat tashqi
siyosatining muhim yo’nalishlaridan biridir. O’zbekiston Rossiyani eng muhim siyosiy, iqtisodiy
va harbiy-texnik salohiyatga ega davlat deb hisoblaydi, shuningdek uning Markaziy Osiyodagi
muhim rolini tan oladi. Boshqa tomondan, Rossiya O’zbekistonning Markaziy Osiyodagi
yetakchi o’rinlarini tan oladi.
1992-yilda diplomatik munosabatlar o’rnatilganidan buyon davlatlararo munosabatlar
bosqichma-bosqich rivojlanib bormoqda.
2017-yilda O'zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o'rtasida diplomatik
munosabatlar o'rnatilganiga 25-yil to'ldi. Ikki davlat o'rtasidagi hamkorlik mustahkam huquqiy
asosga ega. Mamlakatlarimiz o'rtasidagi munosabatlar 2004-yil 16-iyunda imzolangan Strategik
sheriklik to'g'risidagi shartnoma, 2005-yil 14-noyabrda imzolangan Ittifoqchilik munosabatlari
to'g'risidagi shartnoma doirasida izchil rivojlanmoqda.


170
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida investitsiyaviy
muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy
sarmoyalarni faol jalb etish borasida samarali ishlar amalga oshirilayotganini ta'kidladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti
Vladimir Putinning taklifiga binoan 2017-yilning 4-5-aprel kunlari davlat tashrifi bilan ushbu
mamlakatda bo'ldi.
O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va
Vladimir Putin Qo'shma bayonotni imzoladilar. Ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari
o'rtasida hududlararo hamkorlik, mehnat faoliyatini vaqtincha tashkil etish, sog'liqni saqlash,
tibbiyot ta'limi va fani, turizm, qurilish, neft-gaz, konchilik, metallurgiya, bankmoliya, bojxona,
qishloq xo'jaligi va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirishga doir hujjatlar imzolandi.
“Rossiya biz uchun hayot sinovlaridan o’tgan ishonchli strategik sherik va ittifoqchi
bo’lib kelgan va bundan buyon ham shunday bo’lib qoladi. Biz tariximiz
mushtarakligini, manfaatlarimiz, ma’naviy va ma’rifiy ildizlarimiz birligini hech qachon
unutmaymiz”- deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev[15].
2018-yilning 19-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi
bilan O’zbekistonda bo’ldi. Uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyeyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Qo’shma bayonotni imzoladi.
Tashrif doirasida imzolangan 2019-2024-yillarda iqtisodiy hamkorlik dasturi, 2019-2021-
yillarda madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik dasturi, “Suffa” xalqaro radioastronomik
observatoriyasini tashkil etish bo’yicha yo’l xaritasi, O’zbekistonda Rossiyaning yetakchi oliy
ta’lim muassasalari filiallarini tashkil etish va faoliyatini ta’minlash to’g’risida bitim,
to’qimachilik sanoatida hamkorlik to’g’risidagi bitim o’zaro almashildi. Tashrif asnosida turli
sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 20ta hujjat imzolandi[16].
O’zbekiston va Xitoy o’rtasida ham iqtisodiy, siyosiy, fan-ta’lim, madaniyat sohalarida
qator hamkorliklar amalga oshirilmoqda. Bu hamkorliklar ikki davlat prezidentlarining davlat
tashriflari chog’ida yanada mustahkamlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 2017-yil 11-15-may
kunlari davlat tashrifi bilan Xitoyga bordi[17].
O‘zbekiston – Xitoy hamkorlik munosabatlari keng ko‘lam kasb etib, strategik sheriklik
aloqalari yuksak darajaga ko‘tarilmoqda. Mamlakatlarimizning milliy manfaatlari, ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyoti, jahondagi nufuzi yuksalishiga xizmat qiladigan bu aloqalar O‘zbekiston
Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov boshlab bergan o‘zaro do‘stlik, mustahkam
ishonchga asoslangan hamkorlik negizida taraqqiy etmoqda.
Ushbu safar chog’ida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq
Respublikasi poytaxti Pekin shahrida 14-15-may kunlari bo’lib o’tgan “Bir makon, bir yo’l”
xalqaro forumida ishtirok etdilar .
Ushbu davlat tashriflari ikki davlatning o’zaro har tomonlama aloqalarining rivojlanishiga
zamin yaratadi.


171
O’zbekiston AQSH, Fransiya, Italiya va boshqa ko’plab dunyoning yetakchi davlatlari
bilan iqtisodiy, fan va madaniyat va boshqa ko’plab sohalarda hamkorlikni yo’lga qo’ygan.
Bugungi davrga kelib ushbu hamkorliklar yanada rivojlanmoqda.
O’zbekiston tashqi siyosatida Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi o’rinni egallaydi.
Hususan, Markaziy Osiyo davlatlari O’zbekiston bilan chegaradosh davlatlar hisoblanadi.
Markaziy Osiyo davlatlari va O’zbekiston qardosh xalqlar hisoblanadi. Ularning tili, dini,
madaniyati bir biriga juda yaqindir. O’zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasidagi
iqtisodiy, siyosiy, fan-ta’lim, madaniyat, tibbiyot va boshqa ko’plab sohalarda hamkorliklar
yo’lga qo’yilgan va bu aloqalar davlatlararo davlat tashriflari vaqtida mustahkamlanib bormoqda.
Xulosa qilib aytganda, O`zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro
munosabatlarni yo`lga qo`yish va rivojlantirish bobida bir necha o`n yilliklarga arziydigan ishlar
amalga oshirildi. O`zbekiston o`zining tinchliksevar, yaxshi qo`shnichilik, o`zaro foydali
hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan butun dunyoga tanildi, jahon hamjamiyatida
o`zining munosib o`rnini egalladi, uning mavqei yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda.

Download 449,24 Kb.
1   2   3   4




Download 449,24 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti konvensiyasini

Download 449,24 Kb.
Pdf ko'rish