O`zbyekistonda ilmiy muassasalar turlari va ularning asosiy vazifalari




Download 40.21 Kb.
bet3/6
Sana15.06.2023
Hajmi40.21 Kb.
#73218
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
IIA mustaqil ta\'lim
51154, Natural food additives, ingredients and flavourings PDFDrive (2), 7-12....AS....P....Definition Of Puzzolanic Properties Active Mineral Additives In Portlandcement, 5 мавзу, Tikuv, trikataj va zardo’zlik buyumlari texnologiyasi, Абулов .orginaldocx, INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3, Organik kompleks hosil qiluvchilar ularning yutuq va kamchilikla, To`qimachilik materialshunosligi U.M.Matmusayev, tikuv-mashina (1), 40303de1-1572-451a-b96c-cc46abac4570, portal.guldu.uz-Testlar (1), 9 027, Наренова (30), Biotechnology of Bioactive Compounds Sources and Applications PDFDrive (1)
Raqamli kutubxonalar ta'lim tizimidagi axborot resurslari hayotning ajralmas qismiga aylandi - bu nafaqat kompyuter diskidagi fayllar yoki CD-dagi materiallar, balki Internetdagi kutubxona saytlaridagi materiallar.
Axborot manbalari - bu tegishli ijtimoiy foydalanish uchun tayyorlangan bilimlar.
IRO so'zning tor ma'nosida tegishli ijtimoiy foydalanishga tayyor bo'lgan, ya'ni tashuvchilardan va moddiylashtirilgan bilimlardan ajralib chiqqan bilimdir.
IRO so'zning keng ma'nosida tashuvchilardan ajratib olingan va og'zaki va materiallashtirilgan shaklda mavjud bo'lgan ma'lumotlar almashinuviga kiritilgan barcha ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
Resurs tushunchasi rus tilining lug'atida S.I. Ojegova zahira, nimadir manbai sifatida.
Axborot manbalariga kelsak, bu tushuncha nisbatan yangi. Bu zamonaviy jamiyat hayotiga endigina kirib kelmoqda, garchi so'nggi yillarda bu nafaqat ilmiy adabiyotlarda, balki ijtimoiy-siyosiy faoliyatda ham keng tarqalgan. Buning sababi, shubhasiz, axborot va ilmiy bilimlarning muhim ahamiyati tobora kengayib borayotgan jamiyatni global axborotlashtirishdir.
Axborot resurslarini tasniflashda quyidagi eng muhim parametrlardan foydalaniladi:
ularda saqlanadigan ma'lumot mavzulari;
mulkchilik shakli - davlat (federal, federal, munitsipal), jamoat tashkilotlari, aktsiyadorlik, xususiy; ma'lumotlarga kirish - ochiq, yopiq, maxfiy;
ma'lum birga tegishli axborot tizimi - kutubxona, - arxiv, ilmiy va texnik;
axborot manbai - rasmiy ma'lumot, ommaviy axborot vositalarida nashr etilgan ma'lumotlar, statistik hisobot, sotsiologik tadqiqotlar natijalari;
axborotdan foydalanishning maqsadi va tabiati ulkan mintaqaviy, idoraviy;
ma'lumotlarni taqdim etish shakli - matnli, raqamli, grafik, multimedia;
media ko'rinishi
ma'lumot - qog'oz, elektron.
4. Magistrlik dissertatsiyasi – magistraturada ta’lim olayotgan talabaning yakunlovchi ishi hisoblanadi. Dissertatsiya ishi talabaning o‘qish davrida egallagan nazariy va amaliy bilimlari asosida bajarilgan ilmiy tadqiqot ishining natijasidir.
Magistrlik dissertatsiyasining mazmuni bajarilgan ishning ijodiy o‘ziga xosligi, muallif bilimi, uning individual tajribasi va qarashlarini ilmiy ifodalanishi bilan ajralib turishi kerak.
Dissertatsiyaga muallif tomonidan ta’riflanish ilmiy mulohazalar, qoidalar, xulosa va tavsiyalar kiritilib, ular nazariy jihatdan asoslangan va tajribada o‘z tasdig‘ini topgan bo‘lishi kerak.
Magistrlik dissertatsiyasi mantiqan izchil reja asosida yoziladi. mazkur reja muammo, tadqiq qilish va ilmiy-amaliy masalalarni hal etish yo‘llarini ifodalaydi.
Dissertatsiya strukturasini ishlab chiqish uchun magistrant izlanish ob’ekti va predmetiga doir dastlabki manbalar, adabiyotlar, xorijiy ma’lumotlar, mahalliy, ilmiy, statistik va boshqa tegishli manbalarni diqqat bilan o‘rganib chiqadi.
Tadqiqot loyihasi mutaxassislik kafedrasi yig‘ilishida muhokama qilinadi va dissertatsiya mazmuni bo‘yicha kerakli taklif va tavsiyalar beriladi.
Magistrlik dissertatsiyasi tuzilishi:
- sar varaq;
- mundarija;
- kirish;
- asosiy qism;
- xulosa va takliflar;
- foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;
- ilova.
Kirish qismini tuzilishi:
- tadqiqot mavzusining dolzarbligi;
- dissertatsiyaning maqsadi va vazifalari;
- muammoning ishlanganlik darajasi;
- tadqiqotning ilmiy yangiligi;
- tadqiqot ob’ekti va predmeti;
- tadqiqotning ilmiy-amaliy ahamiyati;
- foydalanilgan metodologik va uslubiy yondashuvni belgilash
- tadqiqotning nazariy va gipotetik asosi;
- himoyachi olib chiqilgan asosiy g‘oyalar, ularning yangiligi;
- tadqiqot natijalarini ilmiy va amaliy ahamiyati
- tadqiqot aprobatsiyasi, izlanish natijalarini sinov va muhokamalardan o‘tkazilganligi, nashrlarda e’lon qilinganligi.
Ishning asosiy qismida tadqiq jarayoni bayoni, materiallar tahlili, qo‘lga kiritilgan natijalarni umumlashmalari, yangi fikr va holatlarni asoslaydigan dalillar, qisqacha xulosa keltiraladi.
Xulosa qismi magistrlik dissertatsiyasi umumiy hajmini 10-155 tashkil qlib, unda tadqiqot natijalari umumlashtiriladi, taklif va tavsiyalar beriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. Hozirgi vaqtda bunday ryo‘xatni manba va adabiyot turlari bo‘yicha shaxobchalangan va konkretlashtirilgan tarzda keltirish qabul qilingan.
Ilova-boshlang‘ich ma’lumotlar, diagrammalar, sinov va tatbiq etish dalolatnomalari va shunga o‘xshash materiallar keltirilgan bo‘lim.
Magistrlik dissertatsiyasi qabul qilingan standartga muvofiq tikilgan va muqovalangan bo‘lishi kerak.
Mashistrlik dissertatsiyasining umumiy hajmi 70-80 varaq matndan (ilovadan tashqari) iborat bo‘li, A4 (21*29) format qog‘ozga kompyuterda 1,5 intervalda Times nev Roman, 14 shriftda yozilgan bo‘ladi. Matning chap tomoni 30 mm. yuqori 25 mm, o‘ng tomoni 15 mm. va quyi tomonida 2125 mm. bo‘sh maydon bo‘lishi lozim. Betning tartib raqami sahifaning osti o‘rtasiga qo‘yiladi.
Magistrlik dissertatsiyasini himoya qilishdan oldin magistrant tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy to‘plamlar va ilmiy-amaliy anjuman materiallarida bir nechta maqolalar chop qilishi lozim.
Eng yuqori oliy ilmiy korxona bu ryespublikamizning fanlar akadyemiyasi hisoblanib hamma oliy o`quv yurtlarini ilmiy, ilmiy tyexnikaviy rivojini kuzatib turadi va boshqaradi. U ham vazirlar maxkamasiga bo`ysunadi. Oliy o`quv yurtlarida ilm-fanni tadqiqot ishlarini rivojlantirish uchun zamonaviy dolzarb mavzularda ilmiy ishlar olib boriladi. Buning uchun oliy o`quv yurtlarida muammo ilmiy tyekshirish laboratoriyalari ochilib ular davlat tomonidan mablag` bilan ta`minlanib turiladi. Oliy o`quv yurtlarda bu bilan birgalikda ilmiy izlanishlar xo`jalik shartnomalari asosida xam olib boriladi. Bu ishlarni xam institutlarda ilmiy tadqiqot bo`limlari nazorat qilib boradi. Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi va ryespublika fanlar akadyemiyasi tomonidan oliy o`quv yurtlari qoshida ilmiy-tyexnik kadrlarni tayyorlash uchun doktorantura bo`limi ochiladi.
5. Biologiya va qishloq xo‘jaligida statistik usullarni qo‘llashning dastlabki sharti (asosi) bo‘lib amalda barcha tadqiq etilayotgan ob’ektlardagi - o‘simliklar, hayvonlar, tuproqlar va boshqalar tabiiy o‘zgaruvchanligi(variatsiyasi) xizmat qiladi. Bu esa eksperimental ma’lumotlarni miqdoriy baholashni qiyinlashtiradi va maxsus matematik usullarni qo‘llashni talab qiladi. Ya’ni, mazkur usullar u yoki bu kattalikning o‘zgarishi ma’lum bir qonuniyatga zid emasligini va tasoddifiy o‘zgarishlardan (muhim bo‘lmagan o‘zgarishlardan) farq qilishini asoslaydi. Mazkur bo‘limda quyidagi adabiyotlar tahlil qilindi[1-22,26,27,46]. Ma’lumki, matematik statistika eksperimental ma’lumotlarning aniq ekanligini baholash hamda shunday joiz chegaralarni, chiqarilgan xulosalar aniq va etarlicha ishonchli bo‘ladigan chegaralarni, belgilash imkoniyatini beradi. O‘rganilayotgan kattaliklarning aloqasini, o‘zora bog‘lanishini, o‘zora nisbatini yoki korrelyatsiyasini(munosabatdaligini) o‘rnatish uchun statistik usullar muxim o‘rin tutadi. Shuningdek, statistik metodlardan(usullardan) nazariy ma’lumotlar asosida qurilgan o‘zgarish tavsiflarining amalda olingan natijalar asosida qurilgan tavsifga nisbatan qancha farq qilishini ham aniq baholash imkoni paydo bo‘ladi. Nazariy ma’lumotlar amaliy olingan natijalardan keskin farq qilgan holatlarda ilmiy gipoteza olib tashlanishi (tashlab yuborilishi) yoki aksincha nazariy va amaliy ma’lumotlar yaqin kelsa, gipoteza qabul qilinishi mumkin bo‘ladi. Yuqoridagilarni amalga oshirishda statistik usullarni birdan-bir maqsadga aylantirish mumkin emas, balkim qishloq xo‘jaligi ob’ektlarining xossalaridan kelib chiqgan holatdan tadqiqiy natijalariga to‘g‘ri ishlov berish va tahlil qilishda yordamchi vosita bo‘lishi talab etiladi. ya’ni bu usullar tajriba o‘tkazuvchining maxoratiga sira ham ta’sir ko‘rsata olmaydi. Ular faqat matematik apparat bo‘lib EHM bazasida ma’lumotlar usulida arifmetik amallarni bajaradi xolos. Demak, tajriba o‘tkazuvchi inson malakasiz bo‘lsa, yoki tajriba noto‘g‘ri o‘tkazilsa eng zo‘r statistik ishlov berish usullari ham to‘g‘ri xulosalar chiqarishga ojizlik qiladi. 5 Tajriba o‘tkazuvchining asosiy vazifasi bu sifatli va maqsadga yo‘naltirilgan tajribalarni o‘tkazish, matematik statistika esa agronomik tadqiqotlarni to‘g‘ri olib borishda tajriba o‘tkazish uchun optimal sharoitlarni tanlashda yordam beradi, eksperimental ma’lumotlarga ob’ektiv, sonli baho beradi. Matematik statistika usullari hodisalarning mohiyatini ochib bermaydi, ammo mazkur hodisalarning miqdoriy tomonini shakillantiradi. Statistik ishlov berishning tadqiqotlar olib borishdagi o‘rni shu bilan yuqori baholanadiki, tajribalar o‘tkazish amaliyoti shuni tasdiqlab turibdi, eksperimentlarning barcha jarayonlarida: tajriba boshlanishidan to oxirgi yakuniy xulosalar qabul qilinganicha rejali tajribalarni o‘tkazish va statistik ishlov berishlar tajriba o‘tkazuvchining yo‘ldoshi bo‘lishi kerak. Ya’ni, statistik tahlil usullaridan uzluksiz va muntazam foydalanib borish zarur.

6. Hisoblash eksperimentning asosi bo’lib matematik modellashtirish, nazariy asosi bo’lib amaliy matematika, texnikaviy asosi esa elektron hisoblash mashinalari hisoblanadi.


Hisoblash eksperimentidan fan va texnikaning turli sohalarida murakkab amaliy vazifalarni hal qilish uchun vosita sifatida foydalaniladi. Hisoblash eksperimenti uchun hal etilishi lozim bo’lgan vazifalar xilma-xil bo’lishiga qaramay, umumiy texnologik turkum xosdir, u shartli ravishda bir qator bosqichlarga bo’linadi.

Download 40.21 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 40.21 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbyekistonda ilmiy muassasalar turlari va ularning asosiy vazifalari

Download 40.21 Kb.