|
ELEKTR YURITMANING VAZIFALARI VA UNGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
|
bet | 6/8 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 1,97 Mb. | | #247048 |
Bog'liq Kichik-va-orta-quvvatli-mashinalar.ELEKTR YURITMANING VAZIFALARI VA UNGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Elektr yuritma, ishlab chiqarish mashinasining ijro organiga mexanik energiyani keltirib berib, uning harakatini hosil qiladi. Shuning uchun, EYu ga qo‘yiladigan talablar IO larning harakat yo‘nalishi va uni ko‘rsatgichlarini o‘zgarishiga qo‘yiladigan talablardan kelib chiqadi.
2.1-jadvalda hozirda mavjud bo‘lgan asosiy texnologik jarayonlar va ishlab chiqarish mashinalari to‘g‘isidagi ma’lumotlar berilgan. Jadvalning 3 ustunida esa yuritma tomonidan ta’minlanadigan va ijro organlari harakatiga qo‘yiladigan o‘ziga hos talablar ko‘rsatilgan.
EYu ijro organlari harakatini tarmin etish bilan birgalikda texnologik jarayonlar va operasiyalarni avtomatlashtirishning turli vazifalarini ham bajaradi.
Shuning uchun jadvalning 4 ustunida, yuritma uchun tez-tez vujudga keladigan va hal qilinadigan, shu bilan birga keng tarqalgan vazifalari ham ko‘rsatilgan.
O‘ZGARUVCHAN TOK ELEKTR MASHINASINING ASOSIY TURLARI
O‘zgaruvchan tok mashinalari sinxron va asinxron generatorlar hamda sinxron va asinxron dvigatellarga bo‘linadi. 109-rasmda sinxron mashinaning elektromagnit sxemasi va uning ulanish sxemasi ko‘rsatilgan. Sinxron mashinaning statori (1) fazalari (chuqurchalari) orasiga uch fazali o‘ram (3) joylashtirilgan. Fazalarning o‘ram boshlanishlari A, B, C, oxirlari X, Y, Z harflari bilan belgilangan. Uning rotorida (2) uyg‘otish o‘rami (4) joylashtirilgan. Bu o‘ramlar cho‘tka (5) va dumaloq halqa (6) bilan (uzukka o‘xshash) tashqi tok manbayiga ulangan. Uyg‘otish uchun kerak bo‘lgan quvvat sinxron mashinaning 0,3–3 % ni tashkil etadi.
109-rasm. Sinxron mashinaning elektromagnit statori va uning ulanish sxemasi.
O‘ZGARUVCHAN TOK GENERATORLARI
O‘zgaruvchan tok generatori induksiya hodisasini amalda qo‘llashga asoslangan. O‘zgaruvchan tok generatorining ishlash prinsipi o‘zgarmas tok generatorining ishlash prinsipi bilan bir xil.
O‘zgaruvchan tok generatori konstruksiyasining o‘zgarmas tok generatori konstruksiyasidan farqi shundaki, o‘zgaruvchan tok generatorlarida kollektor yo‘q.
Rotorning o‘ramidagi o‘zgarmas tok hosil qilgan o‘zgarmas magnit oqimi po‘lat rotorning qutblari rotor bilan stator orasidagi bo‘shliqni va statorning g‘altagini kesib o‘tadi. Agar rotor aylanayotgan bo‘lsa, u holda aylanadigan magnit maydoni hosil bo‘ladi. Statordagi faza o‘ramlarining simlarini kesib o‘tib, ularda elektr yurituvchi kuch hosil qiladi. Bu o‘ramlardagi o‘zgaruvchan tokning chastotasi 50 Hz etib qabul qilingan. O‘zgaruvchan tok generatorining chastotasi rotor aylanishining tezligiga bog‘liq, shuning uchun rotorning aylanish tezligi aniq bo‘lishi kerak. Agarda generator ρ qutblarga ega bo‘lsa, rotor daqiqasiga n marta aylansa, u holda o‘zgaruvchan tokning chastotasi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Generator rotorining bir daqiqadagi aylanishi quyidagi formula bo‘yicha topiladi:
Bu formuladan ma’lumki, generatorda o‘zgaruvchan tokning chastotasi rotorning aylanish tezligi o‘zgarishi bilan o‘zgaradi.
Rotor qanday chastota bilan aylansa, magnit maydonining yig‘indisi ham shunday chastota bilan aylanadi. Shuning uchun ham bunday mashina sinxron generator deb ataladi. 110-rasmda sinxron generatorning tuzilish sxemasi ko‘rsatilgan.
|
| |