|
O`zgarmas tok mashinasining tuzilishi va ishlash prinsipi. O`zgarmas tok mashinasining uyg`otish usullari va tezligini rostlash
|
bet | 6/7 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 26,87 Kb. | | #112330 |
Bog'liq O`zgarmas tok mashinasining tuzilishi va-fayllar.orgAralash uyg‘otishli generator
Aralash uyg„otishli generatorda ikkita uyg„otuvchi chulg„am bo„lib, ularning asosiy chulg„am deb atalgani yakorga parallel, yordamchi chulg„am deb atalgan ikkinchisi esa tashqi zanjirga ketma-ket ulanadi. Chulg„amlar moslab ulanganda ketma-ket ulangan yordamchi chulg„am asosiy chulg„amning magnit maydonini kuchaytiradi, ya‟ni ularning magnit maydonlari o„zaro qo„shiladi (F=Fsh+Fs). Chulg„amlar qarama-qarshi ulanganda ketma-ket ulangan yordamchi chulg„am asosiy chulg„amning magnit maydonini susaytiradi, ya‟ni ularning magnit maydonlari bir-biridan ayriladi (F=Fsh-Fs). Odatdagi sharoitda o„zgarmas tok olish uchun chulg„amlar moslab ulanadi. Chulg„amlarni qarama-qarshi ulash juda kam ishlatiladi, masalan, elektr payvandlash mashinalarida qo„l laniladi.
Endi aralash uyg„otishli generatorlarning asosiy xarakteristika-larini qarab chiqamiz.
Salt ishlash xarakteristikasi. Yuklama bo„lmaganda ketma-ket ulangan chulg„amdan tok O'TMaydi va u parallel uyg„otishli mashinadan farq qilmaydi. Binobarin, mazkur hol uchun bu mashinalarning salt ishlash xarakteristikasi parallel uyg„otishli mashinalar xarakteristikalarining aynan o„zidir.
Tashqi xarakteristika parallel uyg„otish zanjirining qarshiligi va yakorning aylanish tezligi o„zgarmas bo„lganida generator qismlaridagi kuchlanishning yuklama tokiga qanday bog„lanishini ko„rsatuvchi egri chiziqdir:
U=f(I); Rpar.u =const; n=const.
Yuklama tokini ko„p aytirganda yakor toki ortadi, bunda yakor zanjiridagi kuchlanish ko„p roq pasayadi, u
I я Rя IRу кк
ga teng bo„ladi. Shuningdek, EYuK ni kamaytiruvchi yakor reaksiyasining magnitsizlanish ta‟siri ko„rayadi. Bu esa generator qismlaridagi kuchlanishni kamaytiradi:
U E I я Rя IRу .
Ammo shu bilan birga teng ta‟sir etuvchi magnit oqimi ko„p ayadi, chunki ketma-ket uyg„otish chulg„amidan O'TGan yuklama toki qo„shimcha magnit yurituvchi kuch hosil qiladi. Bu esa generator qismlaridagi kuchlanishni ko„rsatadi. Ketma-ket ulangan chulg„amning o„ramlar soniga qarab kuchlanish qo„proq yoki ozroq ko„tariladi (8.21-rasm). Odatda, o„ramlar soni kuchlanish deyarli o„zgarmaydigan qilib hisoblanadi (8.21-rasm, 2-egri chiziq). Bu ketma- ket uyg„otish chulg„ami hosil qilgan qo„shimcha magnit yurituvchi kuch yakor zanjiridagi kuchlanishning pasayishi va yakor reaksiyasining magnitsizlanish ta‟sirini kompensatsiya qilganida bajariladi.
Mashinaning magnit to„yinishi tufayli bunday kompensatsiya to„la bo„lmaydi. Ammo yuklama o„zgarganda aralash uyg„otishli generator qismlaridagi kuchlanishning o„zgarishi (1 va 2-egri chiziq) parallel uyg„otishli generatordagidan (3-egri chiziq) ancha oz bo„ladi. Uyg„otish chulg„amlar qarama-qarshi ulanganda yuklama o„zgarishi bilan generator qismlaridagi kuchlanish juda tez pasayadi, chunki ketma-ket chulg„amdan O'TGan tok magnit maydonni kuchsizlantiradi (9.21-rasm, 4-egri chiziq). Generator tez-tez qisqa tutashuv sharoitiga duch kelganda shunday xarakteristika zarurdir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O`zgarmas tok mashinasining tuzilishi va ishlash prinsipi. O`zgarmas tok mashinasining uyg`otish usullari va tezligini rostlash
|