O‘zgaruvchan tok zanjirida aktiv elementli va sig‘im element ketma ket ulangan paytda va kuchlanishlar taqsimotini o‘rganish. Kirish




Download 100,74 Kb.
bet1/4
Sana28.01.2024
Hajmi100,74 Kb.
#147524
  1   2   3   4
Bog'liq
№3 Laboratoriya ishi


3 Laboratoriya ishi
O‘zgaruvchan tok zanjirida aktiv elementli va sig‘im element ketma ket ulangan paytda va kuchlanishlar taqsimotini o‘rganish.
Kirish

Biz kundalik turmushimizda birlamchi tok manbai sifatida asosan o‘zgaruvchan elektr tokidan foydalanamiz. Vaqt davomida yo‘nalishi va son qiymati davriy ravishda o‘zgaruvchi elektr toki o‘zgaruvchan elektr toki deb ataladi. O‘zgaruvchan elektr toki sinusoidal qonun asosida o‘zgaradi, uning tebranish chastotasi 50 Gs.


Yer yuzining deyarli barcha davlatlarida 50 Hz chastotali o‘zgaruvchan tok ishlab chiqariladi. O‘zgaruvchan elektr toki ishlab chiqaruvchi elektrostansiyalarning, gidroelektr stansiyalar, (suv elektrostansiyalari) issiqlik elektrostansiyalari, atom elektrostansiyalari kabi turlari mavjud. Bulardan tashqari o‘zgaruvchan tok aloxida kichik quvvatli generatorlar yordamida ham ishlab chiqariladi, bunda generator ichki yonish dvigateli asosida harakatga keltiriladi. Bunday generatorlarga masalan elektrsvarka generatorlarini kiritish mumkin.
Elektrostansiyalarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi iste’molchilarga elektr liniyalari orqali yetkazib beriladi. Elektr uzatish liniyalari elektr simlari va transformator stansiyalaridan iborat. Elektrostansiyalar, elektr uzatish liniyalari va iste’molchilar birgalikda murakkab elektr zanjirlarini tashkil qiladi. Bu zanjirlardagi fizikaviy jarayonlarni o‘rganuvchi elektrotexnikaning aloxida bo‘limlari mavjud.
Umumiy holda o‘zgaruvchan tok elektr zanjirlarida istemolchilar aktiv va reaktiv turlarga (qarshiliklarga) bo‘lib o‘rganiladi. Aktiv qarshilikda elektr energiyasi bevosita issiqlik energiyasiga aylanib ketadi. Reaktiv qarshiliklarda esa elektr energiyasi elektr va magnit maydonlari ko‘rinishida bo‘ladi. Reaktiv qarshilik ikki xil turga bo‘linadi, sig‘im qarshilik va induktiv qarshilik. Ko‘pchilik elektr zanjirlarida sig‘im elementlari ya’ni kondensatorlar ishlatiladi. Bunday holda zanjirda reaktiv quvvat paydo bo‘ladi. Quyida sig‘im elementli zanjirning asosiy xusuiyatlari o‘rganiladi.

Download 100,74 Kb.
  1   2   3   4




Download 100,74 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zgaruvchan tok zanjirida aktiv elementli va sig‘im element ketma ket ulangan paytda va kuchlanishlar taqsimotini o‘rganish. Kirish

Download 100,74 Kb.