|
O‘zgaruvchan tok zanjirida aktiv elementli va sig‘im element ketma ket ulangan paytda va kuchlanishlar taqsimotini o‘rganish. Kirish
|
bet | 2/4 | Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 100,74 Kb. | | #147524 |
Bog'liq №3 Laboratoriya ishiI.Qisqacha nazariy tushunchalar.
Sig‘im elementli zanjir. O‘zgaruvchan tok zanjiriga aktiv qarshilik R va reaktiv element sifatida S sig‘imli kondensatro ketma-ket ulangan bo‘lsin (3.1- rasm)
Tarmoq kuchlanishi U = Um Sin ω t garmonik qonuniyat asosida o‘zgaradi, zanjirning to‘la qarshiligi aktiv va reaktiv qarshiliklarning geometrik yig‘indisidan iborat
Z = (R2 + XC 2)1/2 , (3.1)
bu yyerda - kondesatorning sig‘im qarshiligi. Kondensator plastinkalarining aktiv qarshiligi amalda juda kichik bo‘lgani uchun hisobga olinmaydi va Om qonuniga ko‘ra zanjirdagi tok kuchi
I = U/Z (3.2)
a) b)
3.1- rasm. Aktiv va sig‘im elementli o‘zgaruvchan tok zanjiri (a) va
zanjirning vektor diagrammasi (b).
Aktiv qarshilikdagi aktiv kuchlanish va kondensatordagi reakti kuchlanishlarning orasidagi burchak siljishi zanjirning quvvat koeffitsienti orqali aniqlanadi
Cos = R/Z , (3.3)
Zanjirdagi aktiv va reaktiv quvvatlar mos holda:
P = I2 R , va Q = I2 XC (3.4)
Zanjirdagi to‘la quvvat
S = (P2 +Q2 ) ½ yoki S = I2 Z. (3.5)
II.Ishni bajarishdan maqsad
Aktiv qarshilik va sig‘im elementlar ketma-ket ulangan o‘zgaruvchan tok elektr zanjirida kuchlanishlar taqsimotini, hamda kondensatorda tok va kuchlanishlar orasidagi faza siljishlarni amalda tekshirish. Nazariy jixatdan o‘rganilgan kuchlanishlar va qarshiliklar uchburchaklarini amalda qurish. Kodensatorning sig‘im qarshiligi va sig‘im elementli zanjirning quvvat koeffitsienti haqida tushunchaga ega bo‘lish.
III.Ishni bajarish tartibi
Laboratoriya ishini bajarishdan avval texnika xavfsizligi talablari bilan tanishib chiqish talab qilinadi. So‘ngra 2.1-rasmda ko‘rsatilgan sxema asosida laboratoriya ishini bajarib, tegishli hisoblashlar amalga oshiriladi.
Laboratoriya ishini topshirish uchun o‘lchashlar va barcha hisoblar bajarilgandan so‘ng nazorat savollariga javob beriladi va xulosa qism yoziladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zgaruvchan tok zanjirida aktiv elementli va sig‘im element ketma ket ulangan paytda va kuchlanishlar taqsimotini o‘rganish. Kirish
|