|
Oziq-ovqat texnologiyasi
|
bet | 2/7 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 113,86 Kb. | | #158101 |
Bog'liq СЭ ва ХФХ 4-Мавзу 2023Flоkulyasiya - Аgrеgаtlаrni hоsil qilish vа cho’kmаgа tushirish jаrаyonini tеzlаshtirish.
Glossariy
Rеkultivаsiya - buzilgаn tаbiiy hududiy kоmplеkslаrni yaхshilаsh vа qаytа tiklаshgа qаrаtilgаn chоrа tаdbirlаr tushunilаdi.
Adaptasiya - adaptasiya (lot Adaptatio – moslashish: sin moslashuv) – xar qanday organizim o’zgargan yashash sharoitlariga moslashish sharti.
Agroekologiya - (< agros... + gr. oikos - uy, vatan + logos - fan) — ekinzorlar va ularda o‘stirilayotgan qishloq xo'jalik ekinlarining ekologik xususiyatlarini o'rganuvchi fan sohasi.
Akkumulyatsiya (lot. akkumulatio — to‘planish, yig’lish) — biror narsaning to'planib qolishi. Masalan, organizmlarda ifloslovchi moddalarning akkumulyatsiyasi — tashqi muhitda kam uchrovchi kimyoviy moddalarning organizmlarda to‘planishi. Dengiz hayvonlari tanasida P, Si va Zn ning konsentratsiyasi suvdagidan ko‘ra ming marta, S, Fe va Cu niki yuz marta hamda K, As, B va F niki esa o‘n marta ortiq bo’ladi.
Anizotropiya (< gr. anisos — teng bolmagan + tropos — yo‘nalish) — tashqi muhit omillaming bir xildagi ta’siridan bitta organizmning o‘zidagi turli organlarning turlicha holatni egallash xususiyati (ushbu hodisasini kungaboqarda va deraza oldiga qo‘yilgan uy o‘simliklarida kuzatish mumkin).
Antagonizm (gr. antagonisma — kurash) — organizmlar o‘zaro munosabatlarining bir turi. Bunda ularning biri ikkinchisining hayot faoliyatini sekinlashtiradi yoki to‘xtatadi.
Assimilyatsiya (lot. assimilatio — hazm qilish) — organizmga tushgan moddalar (ovqat, suv, kislorod va b.) ning unda boshqa mahsulotlarga aylanishi.
Glossariy
Atmosfera bosimi - atmosfera havosining bosimi. U jism sirtining maydon birligiga atmosferaning bosib turadigan kuchiga teng bolgan bosim bilan o’lchanadi. A.b. meteorologiyada barometrning simob ustunini balandligi yoki bar bilan o‘lchanadi va Paskal (Pa) bilan ifodalanadi.
Aeratsiya - (fr. aération (< gr. aer - havo) - shamollatish, havoga to‘yintirish) — biror muhitga tabiiy yoki sun'iy yo'llar bilan havo kirishi. U texnik vositalar yordamida (mas., yerni shudgor qilish, akvarium suviga qo‘shimcha havo berish, aerotenkalar yordamida oqava suvlarni tozalashda havo kiritish va boshq.)
Aeroblar (< gr. aer - havo + bios - hayot) — faqatgina erkin molekulyar kislorodli muhitda yashay oluvchi organizmlar (M: o‘simlik va hayvonlar, ko‘pgina zamburug' va mikroorganizmlar).
AerozoIIar (< gr. aer — havo + lot. soluto — eritma) — qattiq va suyuq moddalaming gazsimon muhitdagi muallaq zarrachalari (suyuq zarralar tumanni, qattiq zarralar tutunni hosil qiladi).
Aerotenk (< gr. aer - havo + ing. tank - rezervuar, bak) — oqava suvlarni biologik tozalashda foydalaniladigan qurilma. U ichiga havo haydab turiladigan suv oqib turuvchi bir necha rezervuarlardan iborat.
Biota (< gr. biote — hayot) — tarixan birga yashab kelgan ma’lum bir umumiy maydonni egallagan sistematik jihatdan har xil turlarga kiruvchi tirik organizmlar majmui.
Bonitet (< lot. bonitas — sifatlilik) — alohida xo'jalik qimmatiga ega bo‘lgan tabiiy obyektlar yoki yer maydonlarining iqtisodiy ahamiyatiga beriladigan baho. U yuzballik tizim asosida belgilanadi.
|
| |