|
Merrillning integratsiya tamoyili to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang
|
bet | 9/15 | Sana | 05.10.2024 | Hajmi | 33,13 Kb. | | #273672 |
Bog'liq Pedagogik faoliyatda raqamli kompetensiyalar nazorat savollariMerrillning integratsiya tamoyili to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.
Integratsiya. Onlayn kurs bo‘yicha bilimlar tinglovchilarning faoliyatiga singib ketishi, amalda qo‘llanilishi kerak.
Raqamli etika — bu ...
Raqamli etika — bu onlayn muhitda o‘zini tutish qoidalari va tamoyillari to‘plamidir. Raqamli etika bizga Internetda va boshqa raqamli muhitda nima qilish mumkin va nima qilish mumkin emasligini tushunishga yordam beradi.
Raqamli etikaning asosiy tamoyillari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang:
Xavfsizlik: shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilish va raqamli hayotingizni xavfsizligi ta’minlanishi lozim.
Maxfiylik: boshqa odamlarning shaxsiy hayotiga oid ma’lumotlar maxfiyligiga rioya qilish va ularning ma’lumotlariga ruxsatsiz kirishdan himoya qilish kerak.
Hurmat: Internetdagi boshqa odamlarning huquqlari, fikrlari va chegaralarini hurmat qilish kerak.
Ishonchlilik: siz faqat tasdiqlangan va to‘g‘ri ma’lumotlarni baham ko‘rishingiz kerak.
Mualliflik huquqi: mualliflik huquqini hurmat qilish va buzmaslik, mualliflik huquqini buzuvchi kontentni yuklamaslik yoki tarqatmaslik kerak.
Ko‘p madaniyatli: madaniy xilma-xillikni hurmat qilish va boshqa madaniyatlar va fikrlarga ochiq bo‘lish kerak.
Shaxsiy javobgarlik: internetda sizning harakatlaringiz va ularning oqibatlari uchun javobgarlikni o‘z zimmangizga olishingiz kerak.
... fanlararo tadqiqotlar sohasi bo‘lib, texnik, axloqiy, huquqiy, ijtimoiy, siyosiy va falsafiy masalalarni ko‘rib chiqishni o‘z ichiga oladi.
Kompyuter etikasi fanlararo tadqiqotlar sohasi bo‘lib, texnik, axloqiy, huquqiy, ijtimoiy, siyosiy va falsafiy masalalarni ko‘rib chiqishni o‘z ichiga oladi. Unda tahlil qilingan muammolarni uch guruhga bo‘lish mumkin.
|
| |