• 6. Tahliliy nazorat kompetensiyasi.
  • 7. Loyiha tadqiqotchilik kompetensiyasi.
  • Kommunikativ kompetensiya




    Download 0,96 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/40
    Sana09.10.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #274188
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40
    Bog'liq
    uslubiy qo\'llanma

    5. Kommunikativ kompetensiya. 
    Hamkorlikda ta’lim faoliyatini 
    tashkil etishni bilishi, bag‘rikenglik bilan ish yuritishi, ziddiyatli 
    vaziyatlarda o‘zini munosib tuta bilishi, guruh jamoasini demokratik 
    boshqarish va o‘z-o‘zini boshqarish faoliyatida ishtirok etishi, talabalar 
    ijtimoiy faoliyati uchun ko‘maklashishi, o‘zining ilmiy-metodik faoliyati 
    natijalarini taqdim etishni bilishi va boshqalar.
    6. Tahliliy nazorat kompetensiyasi. 
    Pedagogik jarayonlar ning bir 
    butunligini ta’minlovchi, psixologik mexanizmlarni tahlil qila olishi, o‘quv 
    tarbiyaviy jarayonlarning barcha bosqichlarida hushyorlik bilan faoliyat 
    ko‘rsata olishi, ta’lim natijalarini baholashning an’anaviy va zamonaviy 
    vositalarini (test, reyting, portfolio) bilishi, shaxs, talaba va guruh 
    jamoasini o‘rganish va bashorat qilishni turli pedagogik-psixologik 
    usullariga ega bo‘lishidan iborat. 
    7. Loyiha tadqiqotchilik kompetensiyasi. 
    O‘zining kasbiy 
    faoliyatidan qoniqmaslik va shu asnoda uni yangilash, takomillashtirishni 
    bilishi, ta’lim jarayonlari qatnashchilari bilan barcha tashkiliy ishlarning 
    mazmun-mohiyati va metodlari borasida o‘zaro hamkorlik qilishi, o‘quv-


    34 
    dasturiy hujjatlarni tayyorlash asoslarini bilishi va ulardan ta’lim 
    mazmundorligini 
    ro‘yobga chiqarishda foydalanishi, bolalar va 
    o‘smirlarning ijtimoiy jihatdan moslasha olmayotganligini bilishi va 
    bunday holatlarning oldini olishi, psixologik-pedagogik tadqiqotlar 
    loyihasini ishlab chiqishni bilishi kabilardan iborat. 
    Kasbiy pedagogik kompetensiya mezonlarini ishlab chiqish eng 
    murakkab pedagogik muammo, eng dolzarb masala ekanligini ta’kidlar 
    ekanmiz, bu borada aniq ishlab chiqilgan o‘lchovlar yo‘qligini ham tan 
    olishimiz lozim. Oliy ta’lim o‘qituvchisi kasbiy kompetensiyasi tizimi 
    pedagogning mahoratida ko‘zga tashlanadi. Biz yuqorida keltirgan 
    o‘qituvchining kompetensiya modelini uning kasbiy tayyorgarligi modeli 
    desak xato qilmaymiz. Kasbiy kompetensiyaning eng muhim qirralaridan 
    biri o‘qituvchi-pedagogning nazariy tayyorgarligi masalasidir.

    Download 0,96 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40




    Download 0,96 Mb.
    Pdf ko'rish