55
•
pedagogik jarayonlar uchun mazmun, shakl, usullarni tanlashda
hamma uchun maqbul bo‘lgan yo‘l va vositalarni qo‘llash;
•
talabalarning faolligini oshirishni rag‘batlantiruvchi va salbiy
holatlarning oldini olish usullari tizimini loyihalash;
•
tarbiya muhitini rivojlantirish va ota-onalar, jamoatchi lik bilan
aloqalarni mustahkamlovchi loyihalarni ishlab chiqish;
•
tezkorlik, dolzarb, zudlik bilan olib boriladigan
ishlarni loyihalash,
pedagogdan bir qator kichik metodologik bilish turlarini talab qiladi:
Refleksif bilish –
o‘zining ruhiy holatiga ko‘ra, narsa va hodisalardan
ta’sirlanish orqali bilish, pedagogning o‘ziga yo‘naltirilgan o‘z faoliyatini
nazorat qilish va baholash faoliyatidir. Uni pedagogik vazifalarni
yechishning so‘nggi bosqichi, ta’lim-tarbiya faoliyatiga yakun yasash
muolajasi hisoblaydilar. Refleksiya o‘z faoliyati va holatini tahlil qilish,
aks ettirish niyatida orqaga bosib o‘tilgan faoliyatiga nazar tashlash
demakdir.
Refleksiya – bu pedagogik faoliyat sub’ekti
tomonidan bilish va
anglashgina emas, balki pedagogning kim ekanligini boshqalar (talabalar,
hamkasblar, ota-onalar) tomonidan bilishi va anglashi, uning o‘ziga
xosligi, his-hayajoni va kognetiv tasavvurlarini ijodiy tushunish
demakdir.
15
Biz o‘qituvchining nazariy tayyorgarligi to‘g‘risida fikr yuritar
ekanmiz,
ko‘z o‘ngimizda o‘qituvchini nazariy bilimlar bilan
qurollantirishni ham nazarda tutishimiz mumkin, ammo pedagogik
kompetensiyaning o‘ziga xosligi shundaki, eng avvalo, pedagog o‘z ustida
ishlashi, o‘z
kasbiy mahoratini, o‘z kompetensiyasini takomillashtirib
borishga tayyorligida ko‘rishimiz mumkin.
Mamlakatmizda kasbiy kompetensiyaga ega bo‘lgan, pedagogik
mahoratli, nazariy-amaliy bilimlarni chuqur egallagan, ma’naviya ti
yuksak pedagoglarni tayyorlash va qayta tayyorlash masalasiga Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish nuqtai
nazaridan yondoshilmoqda, ammo nazariy
va amaliy tayyorgarlik
masalalarida anchagina muammolar bor. Birinchi navbatda, oliy
ma’lumotli o‘qituvchi magistr oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib
15
Сластенин В., Исаев И., и дрг. Педагогика. Учебная пособя.
56
borishi mumkin, ammo unga qo‘yiladigan nazariy va amaliy
tayyorgarliklar tizimi belgilab qo‘yilishi va davlat standarti me’yorlari
tizimi ishlab chiqilishi darkor.
Barkamol avlod haqida so‘z borganda, “O‘tgan yillar davomida katta
kuch va mablag‘ hisobidan ta’lim sohasida barpo etilgan moddiy-texnik
bazadan oqilona va samarali foydalanish masalasi qanchalik muhim
ekanini barchamiz yaxshi tushunishimiz darkor”,– degan edi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov.
16
Raqobatbardosh
kadrlarni
tayyorlash tizimida ham tub o‘zgarishlar yuz bermoqda. Ilmiy kadrlarni
tayyorlashda dunyo standartlariga mos ravishda fan doktori ilmiy
darajasiga o‘tildi.
– Ilmiy pedagogik kadrlar(professor, dotsent), ular yuqori malakali
mutaxassislarni tayyorlaydi, yangi bilimlar va yangi g‘oyalarni yaratadilar.
– Pedagogik kadrlar (pedagogik o‘qituvchilar, muallim va
tarbiyachilar) shaxsni tarbiyalaydilar, yangi bilimlarni shakllanti radilar.
Ilmiy-pedagog
kadrlar
faoliyati
natijasida
yetishtiriladigan
mutaxassislar, zamonaviy kasbiy mahorat, ko‘nikma,
bilimlarga ega,
mustaqilligimiz g‘oyalariga sodiq, vatanga muhabbat, umuminso niy
qadriyatlarni biluvchi, milliy istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalangan
bo‘lishi darkor.
Ilmiy-pedagogik xodimlar mehnati inson omillarini shaklla nishini
ta’minlashi kerak. Bu shakllanish jamiyat tarqqiyoti
bosqichlari uchun
zarur va talablariga mos bo‘lishi lozim. Ilmiy-pedagogik kadrlar nafaqat
bilimlar majmuasiga, balki olamni yaxlit, murakkab va doimo tarqqiy
etuvchi sistema sifatida qabul qilish qobiliyatiga ham ega bo‘lishi lozim.
Pedagogik va psixologik bilimlarni egallagan bo‘lishi kerak.
Ijodiy o‘qitish va tarbiyaning intensiv usullari hamda yangi
texnologiyalarini o‘zlashtirgan, ulardan foydalanayotgan bo‘lish lari kerak.
Ular o‘z bilimlarini doimo takomillashtirib borishlari zarur.
Ilmiy
pedagogik kadrlarni tayyorlashning bu shartlari hozirgi zamon
pedagogikasi, pedagogning kasbiy kompetensiyasi mezonlariga mos
keladi. Bizning fikrimizga ko‘ra, pedagoglarni “ilmiy-pedagogik”
tushunchasi bilan nazariy jihat dan cheklab qo‘ymasligimiz zarur.
16
Каримов И.А.Баркамол авлод орзуси. Тошкент- 2000.
57
Pedagogika sohasida yuksak mahorat va oliy natijalarga erishgan
o‘qituvchilarga “ustoz-pedagog” atamasini qo‘llashimiz maqsadga
muvofiq bo‘lib, ustoz-pedagogni quyidagicha tavsiflashimiz mumkin: