Pedagogik testlarni interaktiv testlarga aylantirish usuli




Download 1,61 Mb.
bet3/3
Sana16.02.2024
Hajmi1,61 Mb.
#157737
1   2   3
Bog'liq
iSring-Suite-dasturi-haqida

Аdabiyotlar:
1. Fanning o‘quv-metodik majmuasi/O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, 2009-yil.

nargiz.mullaboyeva@mail.ru



ELEKTRON DARSLIKLAR YARATISHDA ISPRING AMALIY DASTURINING
O`RNI
Nematova R., Qilichev X.
(Navoiy davlat pedagogika instituti)
Axborot asrida insoniyat tarixida sanoat va fan olamida olamshumul yutuqlar qo`lga
kiritildi. Dunyoda axborot qiymati oshdi. Kompyuter ixtiro qilinishi insonlar bajaradigan
yumushlarni yengillashishiga olib keldi. Fan, ta`lim sohalarida o`qitish o`rganishning zamonaviy
vositalari joriy qilindi. Hozirgi vaqtda ta’lim sohasida axborot texnologiyalaridan keng
foydalanilmoqda. Ta`limning an`anaviy formalari, bugungi kunda ta`lim oluvchining ta`limga
bo`lgan talablarini qondira olmay qoldi. Shuning uchun ham ochiq ta`lim deb nomlangan yangi
model yuzaga keldi. Shu boisdan elektron darslikni qo`llash joizdir. Endilikda elektron
darslikarning bu sohadagi ahamiyati yanada oshmoqda. Yana shuni ta`kidlash joizki, dastlab
elektron darsliklar oddiy matn ko`rinishida bo`lgan bo`lsa, endilikda elektron darslik yaratuvchi
dasturlar yordamida Flash MX, 3D Max va boshqa turdagi animatsiyalarni, turli video va audio
fayllarni elektron darslik tarkibida qo`llash imkoniyatlarini berdi. Hozirgi kunda elektron darslikni
yaratishning bir qancha turlari mavjuddir. Shu jumladan, iSpring amaliy dasturidan ham keng
foydalanib kelinmoqda. Quyida iSpring amaliy dasturidagi iSpring Suite panelidagi PowerPointda
elektron darslikni yaratish uchun uskunalar to`plamining ayrim imkoniyatlarini keltirib o`tamiz:
●iSpring Pro - PowerPoint prezentatsiyasida elektron darslik yaratish, audio vedio rolikli
ma’ruzalar, animatsiya ko`rinishidagi tasvirlarni hamda bir qancha qulayliklarni amalga oshiruvchi
panel hisoblanadi, PowerPoint prezentatsiyasida bir vaqtning o`zida ikki xil formatda saqlaydi,
ya’ni Flash va HTML5;
●iSpring QuizMaker - mukammal testlarning 13 xili, anketalarning 12 xil turdagisi va
so`rovlarning bir necha xil turini yaratish imkonini beradi. Testlar uchun vaqt belgilsh hamda
baholashni ball va foizlarda hisoblashi mumkin, bundan tashqari test, anketa so`rovlarni, foto,
audio(MP3, WAV va WMA), video roliklar grafiklar, formulalar va muzikali fonlar yordamida
go`zal ko`rinish aks ettirsa b`oladi;
●iSpring Kinetics – bejirim elektron kitob, kataloglar yaratish;
●iSpring Free-PowerPointda elektron darslik va Flash-prezentatsiyalarida uskunviy vositalar
yaratish va h.k.
iSpring Suite – bu PowerPointda elektron darslik yaratishda yuqori darajadagi uskunalar
panelini yaratish. Ispring yordamida elektron darslik yaratishni bir necha bosqichlari mavjud:
-PowerPoint prezentatsiyasida o`quv kursi bazasini yaratish;
-ovoz yozish va videoni kuzatib boorish;
-har tamonlama mukammal testlar yaratish;
-mukammal bloklar yaratish;
-masofada o`qitish uchun maqolalar qilish.
Bu imkoniyatlardan qay darajada qulay foydalanish elektron darslik tayyorlovchining
mahorati va psixologik tomondan yondoshishiga bo`g`liq. Shu sababli axborotni ko`rganda uni
oddiy eshitib yoki o`qigandan ko`ra ko`proq eslab qoladi. Ana shu taraflarni hisobga olgan holda
elektron darslik tayyorlash uni yashash davrini uzoq bo`lishiga olib kelish mumkin.Yaratilayotgan
elektron darslik kompyuter va noutbuk, iPad(iOS 5.x yoki yuqori), iPhone, Windows Phone 7.5,
Android (3.x yoki yuqori) sistemalari uchun mos keladi. Bu esa o`z navbatida elektron darslik
yaratuvchilar uchun juda qulay dasturiy vosita hisoblanadi.
Download 1,61 Mb.
1   2   3




Download 1,61 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik testlarni interaktiv testlarga aylantirish usuli

Download 1,61 Mb.