• Sozdat nov ы y test
  • Dobavit vopros
  • Izobrajenie, Zvuk, Video
  • Nastroyki
  • Pedagogik testlarni interaktiv testlarga aylantirish usuli




    Download 1,61 Mb.
    bet1/3
    Sana16.02.2024
    Hajmi1,61 Mb.
    #157737
      1   2   3
    Bog'liq
    iSring-Suite-dasturi-haqida




    Pedagogik testlarni interaktiv testlarga aylantirish usuli.
    XXI asr fan texnika, ta’lim, meditsina, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda katta o‘zgarishlar olib kirdi. Hayotimizni barcha sohalariga axborot texnologiyalarini joriy qilinishi, fan texnika sohasidagi yangiliklarni sekund sayin yaratilishi, dunyoda axborotlarni chegara bilmay qolganligi insoniyat ongini yana bir daraja ko‘tarilib rivojlanishiga sabab bo‘lmoqda. E’tibor bersak, axborot asri deb atalmish ushbu asrda tug‘ilayotgan farzandlarimiz aql-idrok jihatdan ustunroq ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Bunday yoshlarga shiddat bilan rivojlanib borayotgan jamiyatda ta’lim-tarbiya berish, ularni mustaqil fikrlaydigan, o‘z fikrini mustaqil ayta oladigan qilib tarbiyalash, ularni shaxsini rivojlantirish uchun ta’lim sohasida ham o‘zgarishlarni talab qilmoqda. An’anaviy o‘qitishdan zamonaviy o‘qitish, ya’ni yangi pedagogik texnologiyalar, o‘qitishning yangi axborot texnologiyalari asosida o‘qitishga o‘tish zamon talabidir. O‘quv jarayonini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish natijasida ta’lim maqsadlari belgilanadi yoki loiyhalanadi, kutilayotgan natija-ijobiy sifat o‘zgarishi kafolatlanadi, o‘quv jarayoning takrorlanuvchi sikli yaratiladi.
    O‘quv maqsadlarini texnologik usulda loyihalashda bosh, etakchi holat to‘la-to‘kis aniqlangan, identifikatsiyalashgan o‘quv maqsadlarini ishlab chiqishdan iborat. Bu maqsadlarining qanchalik darajada amalga oshgani va erishilgani haqida fikr yuritish uchun ularni qat’iy va aniq o‘lchashmumkin bo‘lgan natija-topshiriqlarga aylantirish zarur. O‘quv jarayonini texnologiya asosida tashkil etishda nazorat topshiriqlarini ishlab chiqish, o‘qitish maqsadlarini aniqlash bilan uzviy bog‘liq holda amaga oshiriladi. Bu o‘z navbatida ta’lim texnologiyasini joriy etishning tamoyili, qoidalari, mexanizmlariga mos tushadi, erishish mumkin bo‘lgan pirovard natija oldindan belgilab qo‘yiladi. SHuning uchun o‘quv mqsadlari aniqlashtirigach, unga mos ravishda nazorat topshiriqlarni ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
    Didaktlarni fikri va amaliyotning ko‘rsatishicha, o‘quv maqsadlarining, erishiladigan natijasi aniq va osonroq ifodalaydigan shakllardan biri- test topshiriqlaridir.
    Testlarni turkmlashda ularni qo‘llash maqsadi va vazifalariga asoslanib, psixologik testlardan boshqa barcha testlarni quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:
    -intellektual rivojlanish darajasini aniqlashtiruvchi testlar;
    -pedagogik testlar;
    -muayyan kasbga yaroqliligini aniqlovchi testlar.
    Pedagogik testlarni kompyuter yordamida avtomatlashtirilgan holda o‘tkazish uning asosiy afzalliklaridandir.
    Kompyuter yordamida onlayn taqdimotlar va elektron o‘quv kurslarini yaratuvchi zamonaviy dasturlardan biri iSpring Suite dasturlar to‘plamidir. iSpring Suite dasturlar paketiga iSpring Pro, iSpring QuizMaker, iSpring Kinetics jamlangan. Bu dasturlardan iSpring QuizMaker dasturi audio, video fayllar, tasvir va formulalar yordamida interaktiv testlar va anketalar yaratadi.
    Interaktiv testlarni iSpring QuizMaker dasturi yordamida tuzish uchun kompyuterga iSpring Suite dasturi bilan Adobe Flash (operatsion tizim razryadiga ko‘ra 32 va 64 bitli) dasturi o‘rnatilishi talab etiladi.dastur o‘rnatib bo‘lingach Pusk menyusidan Vse programmы bo‘limida iSpring Suite tanlanadi va natijada 1-rasmdagi oyna paydo bo‘ladi.

    Rasm1.
    Bundan iSpring QuizMaker dasturi tanlanishi bilan 2-rasmdagi oyna
    ochiladi.

    Rasm 2.
    Bu oynadan Sozdat novыy test bo‘limini tanlasak pedagogik testlarni tuzish uchun oyna ochiladi(3-rasm).

    Rasm 3.
    Bu oyna dasturning ishchi oynasi hisoblanadi. Ishchi oynaning Dobavit test bo‘limidan test yaratish amali boshlanadi. Ushbu bo‘limda pedagogik testlar turlarining 11ta turi keltirilgan ularni kerakligini tanlab test tuzishimiz mumkin. Ular quyidagilar:
    1. Verno/neverno(to‘g‘ri/noto‘g‘ri) test turi –bunda savol berilib to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javobini tanlanadi;
    2. Odinochnыy vыbor( bitta javobni tanlash) – bir necha variatdan kerakli javobni tanlash;
    3. Mnojestvennыy vыbor(bir necha javobni tanlash);
    4. Vvod stroki( satr kiritish) – javobni satrga kiritish yo‘li bilan javob berish;
    5. Sootvetstvie(mos keltirish) – savollarni javoblariga mos keltirib qo‘yishorqali javob berish;
    6. Poryadok (tartib) – javobni kerakli tartibga keltirib javob berish;
    7. Vvod chisla(sonni kiritish) – satrga savol javbiga mos sonni kiritib javob berish;
    8. Propuski (tushirib qoldirilgan) –tushirib qoldirilgan so‘zlarni kerakli joyga qo‘yib yozish;
    9. Vlojennыe otvetы(jamlagan javoblar)–jamlangan javoblar ichidan to‘g‘ri javobni tanlash orqali javob berish;
    10. Bank slov( so‘zlar ombori) –so‘zlar omboridan kerakli so‘zlarni to‘g‘ri ketma ketlikda qo‘yish orqali javob berish. Bunda so‘zlar omboriga so‘zlarni ham kiritish kerak bo‘ladi.
    11. Aktivnaya oblast (faol soha) –rasmda aktiv sohani tanlab javob beriladi. Bunda rasmning biror sohasini tanlash kerak bo‘lgan savol kiritiladi.

    Test tuzishda ana shu testlar turini tanlab unga mos savollar berib, javobini ham kiritish kerak bo‘ladi. Misol tariqasida informatika fanidan bitta test tuzib ko‘raylik:



    Rasm 4.
    Birinchi qadam biz ko‘rib turganimizdek dasturda hamma so‘zlar ruschada berilgan. Ularni o‘zbekchaga o‘tkazib olishimiz ham mumkin. Dasturni ishchi oynasida Test bo‘limidan Nastroyki bandini tanlaymiz. SHunda oyna ochiladi (4–rasm). Oynaning chap bo‘lmidan Nadpisi bandini tanlaymiz. Soobщenie/knopka ustuniga tegmagan holda Nadpis ustuniga birinchi ustunga berilgan so‘zlarni mosiga o‘zbekcha so‘zlarni kiritib tahrirlashimiz mumkin. Natijada testimiz o‘zbekcha ko‘rinishga keladi.
    Ikkinchi qadamda kerakli test turini Dobavit vopros bo‘limidan tanlaymiz. Misol uchun verno/neverno turi. SHunda dastur oynasi quydagicha ko‘rinishga keladi(5–rasm).



    Rasm 5.
    Ushbu oynaning vopros oynachasiga savol kiritib, unga ko‘ra otvet oynasiga ikkita javob kiritib, savolga mos to‘g‘ri javobni tanlab qo‘yiladi. Dastur oynasining o‘ng qismida Izobrajenie, Zvuk, Video yozuvi turibdi shular yordamida fayllardan tasvir, formula, ovoz, videolar tanlab savollar ham tuzish imkoniyati mavjud. SHu tarzda har xil test turlaridan tanlab testlarni yaratish mumkin.
    Uchinchi qadam. Test tuzib bo‘lingandan so‘ng uni sozlash kerak bo‘ladi. Umumiy ball berish, har bir savolga necha ball berish, testni davomiyligi va h.k. buning uchun yana Nastroyki bo‘limiga kiramiz(4-rasm). Bu oynaning chap oynasidagi bo‘limlarga kirib testerimizni sozlab olamiz.
    To‘rtinchi qadam dastur oynasining Test bo‘limidan Publikovat bandini tanlaymiz va natijada oyna ochiladi(6-rasm).

    Rasm 6.
    YAratgan testimizni to‘rt xil ko‘rinishda yaratishimiz mumkin. Web sahifa, iSpring Onlain, LMS, Word sahifasi. Undan keyin test formatini HTML, exe, Zip arxivni tanlashimiz, tester nomi, qo‘llanish ko‘lami, saqlanadigan o‘rni, fayl nomi va flesh-rolik xususiyatlarini tanlab Publikovat tugmasini bosamiz.
    YUqorida keltirilgan testdan ko‘rinib turibdiki, bu test an’naviy testlarga qaraganda bu testda bir xillik bo‘lmaydi va talabalarga bir muncha qiziqarliroq tarzda testlar beriladi. Undan tashqari bu interaktiv testlarni rasm, ovoz va formulalar yordamida testlarni tuzish imkoniyati mavjudligi ularni yanada qiziqarli va qolaversa talabani katta intuziazm bilan ishlashga chorlaydi. Oddiy testlardan chegaralangan yo‘nalishlar foydalanib test nazorati o‘tkazishi mumkin edi, misol uchun musiqa yo‘nalishi talabalari uchun faqat nazariyadan savollar berish mumkin edi, bu dasturda esa ovozlar qo‘yish yordamida test tuzish imkoniyati borligi biror bir musiqadan parcha qo‘yib savollar tuzish imkoniyatini yaratadi. Boshqa yo‘nalishlar;informatika, matematika, fizika, biologiya, geografiya va h.k. lar uchun ham juda qiziqarli, interaktiv testlar tuzish imkoniyati mavjud. Undan tashqari testni kompyuter tarmoqlari orqali ham o‘tkazish imkoniyati va elektron pochta orqali yo‘llab yuborish imkoniyatlari mavjudligi hozirgi zamonaviy ta’lim talablariga ham javob bera oladi

    Download 1,61 Mb.
      1   2   3




    Download 1,61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogik testlarni interaktiv testlarga aylantirish usuli

    Download 1,61 Mb.