Pedagogik texnalogiyalarning vazifalari va maqsadi




Download 216,73 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana18.12.2023
Hajmi216,73 Kb.
#122565
1   2   3   4
Bog'liq
687-689

www.
kokanduni.uz 
oid bilimlarini yanada mustahkamlash va olgan bilimlarinio’quv-tarbiya jarayoniga qo’llay 
olishlariga erishish, shuningdek, ularga pedagogik mahurat sirlarini ochib berish, pedagogik 
va axborot texnologiyalarni amaliyotga joriy etishda pedagog- o’qituvchilarning kasbiy 
malakasi va mahoratini oshirishga amaliy yordam ko’rsatish. Demak, “Ta’lim jarayonini 
faollashtirish va jadallashtirishga yo’naltirilgan pedagogik texnologiyalar” ni qo’llashdan 
maqsad: 
-bo’lajak mutaxassislarni mavjud pedagogik qonuniyatlar va aniq shartsharoitga, asosan 
ta’lim-tarbiya jarayonini loyihalash samarali metod va vositalarni tanlashga o’rgatishdan 
iborat. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning vazifasi: 
-bo’lajak o’qituvchilarga pedagogik texnologiya, rivojlangan mamlakatlar ilg’or 
pedagogik texnologiyasi. Talabalarga nazariy bilim berishda:
-pedagogik jarayonni loyihalash: 
-ta’lim-tarbiya maqsadi, mazmunini va optimal metodlarini qo’llash 
Ko’nikma va malakalarini shakllantirish: 
-pedagogik diagnostika qobiliyatini o’stirishdan iborat. 
O’quvchi shaxsi, uning mustaqil bilish faoliyati ta’lim jarayonida rivojlanib borishi tufayli 
ta’lim metodlarini takomillashtirishga ehtiyoj tug’iladi. SHu tariqa ta’lim jarayonini 
mazmunan umumlashtirish kontseptsiyasi, muammoli ta’lim, aqliy faoliyatni bosqichlab 
shakllantirish nazariyasi, ta’limda hamkorlik faoliyati, kabi g’oyalar yuzaga keladi. Bu hol 
avtoritar pedagogika o’z o’rnini hamkorlik pedagogikasiga berishini taqozo etadi. Endi 
o’qituvchi o’quvchining rahnamosi, eng yaqin odami, hamdardi. SHuning uchun ham ta’lim 
jarayoniga pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar jadal sur’atlar bilan kirib bormoqda.
Ta’limda interfaol metod- bu o’quvchi bilan o’qituvchi o’rtasida ta’limni o’zlashtirish 
munosabatlarini yanada kuchaytirish, faollashtirish demakdir. Pedagogik texnologiya ta’lim 
tizimida mazmunan unga tegishli bo’lgan dasturlar, darsliklar va o’quv qo’llanmalar, 
ko’rgazmali qurollar va texnik vositalarni umumlashtirish jarayonidir. 
O’quvchilarda hissiyot dinamikasini maqsadga muvofiq ravishda yo’naltiruvchi milliy 
g’oyani o’zlashtirishga undovchi turli adabiy kechalar, uchrashuvlar tashkil qilish, u yoki bu 
davrdagi ishtirokchilar faolligini oshirishga xizmat qiluvchi barcha ta’limiy va tarbiyaviy 
metodlardan oqilona foydalanish bilim samaradorligini oshirishning muhim omilidir. 
O’quvchilarni boshlang’ich sinflardanoq interfaol pedagogik texnologiyalarning ular yoshiga 
mos elementlarini qo’llab darslarni tashkil etish o’quv jarayonini faollashtirish va 
jadallashtirishda katta ijobiy natijalar berayotganini ko’rsatadi. Interfaol pedagogik 
texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslarning afzalliklari shundan iboratki, bunday darslar 
tizimi tafakkurni charxlaydigan, Vatanga cheksiz muhabbat, sadoqatni, fuqarolik axloqi va 
demokratik madaniyatni shakllantiruvchi fan asosi bo’lib xizmat qiladi. Fanlarni o’qitishda 
“Guruhlar bilan ishlash”, “Munozara”, “Muammoli o’qitish”, “Aqliy hujum” kabi metodlar, 
shuningdek jadvallar bilan ishlash, mustaqil fikrni ifodalaydigan yozma ishlar, insholar yozish 
o’quvchilar faolligini oshiradi. Bu metodlar asosida olib borilgan ana shunday darslar vaqt 
tejamkorligi bilan birga, yangi bilimlarni o’quvchiga yetkazib beradi, shuning bilan birga 
bolani o’ylantiradigan, chuqur mushohadaga undaydigan, butun diqqat e’tiborini o’ziga jalb 
qila oladigan, muammoli vaziyatlar, bahs-tortishuvlarda to’g’ri xulosalar bilan vaziyatdan 
chiroyli chiqib keta oladigan va olgan bilimlarini boshqa mavzular bilan bog’lab, 
umumlashtiradigan sharoitga ega bo’ladi. O’quv jarayonida o’quvchilar faolligini oshiruvchi 
o’qitish metodlaridan biri “Kichik guruhlarda ishlash” metodidir. Bunda o’quvchilar kichik 
guruhlrga bo’linib ishlaydilar va bu jarayonda har bir guruh bir-biridan o’rganishga, 
o’rganganlarini o’z salohiyatlari doirasida baholashga, turli vaziyatlarda bilimlarni qadrlab, 
xulosa chiqarishlariga imkon yaratiladi. Ushbu metodni quyidagicha qo’llash mumkin:


689

Download 216,73 Kb.
1   2   3   4




Download 216,73 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik texnalogiyalarning vazifalari va maqsadi

Download 216,73 Kb.
Pdf ko'rish