|
Pedagogik texnalogiyalarning vazifalari va maqsadiBog'liq 687-689www.
kokanduni.uz
1.Faoliyat yo’nalishi aniqlanadi. Muammodan bir-biriga bog’liq bo’lgan masalalar
belgilanadi.
2.Kerakli asos yaratiladi. O’quvchilar mazkur muammo haqida tushunchaga ega
bo’lishlari kerak (ta’limning bu metodida rangli, lavhali suratlar, mavzuga oid 5-6 daqiqalik
ekranlashtirilgan hujjatli filmlar namoyish etilib, qaltis vaziyatlarda “SHu holatda men nima
qila olar edim?”, “Nima qilmoq to’g’ri bo’lardi?” kabi).
3. Guruhlar belgilanadi. O’quvchilar 5-6 ishtirokchidan iborat guruhlar tuziladi. Aniq
ko’rsatma, topshiriq bo’yicha ishga kirishiladi.
4. O’qituvchi har bir guruh faoliyatini qo’llab-quvvatlab, yo’naltirib turadi.
5. Dars yakuni muhokama qilinadi, o’quvchilar baholanadi, rag’batlantiriladi. Munozara
metodida esa har bir o’quvchi muammoli masala ustida ishlaydi. Guruh qatnashchilarining
har bir a’zosi o’z fikrini erkin aytish imkoniyati sharoiti yaratib berilishi kerak. So’ng
qatnashchilar bildirgan fikr va munosabatlar guruhlashtirilib, tahlil qilinadi. “Aqliy hujum”
biror muammoni yechishda ishtirokchilar tomonidan bildiriladigan erkin fikr va
mulohazalarni to’plab, ular orqali ma’lum yechimga kelinadigan eng samarali metoddir. Bu
metod orqali shaxsni ijodiy-texnik qobiliyatini o’stirish, rivojlantirish, ularning o’quv-bilish
faoliyatini faollashtirish mumkin. Buning uchun ishtirokchilarga, haqiqatdan yiroq bo’lgan
takliflarni qabul qilsalar ham, ijodiy yondoshishlari uchun yordam beriladi; hamma fikr va
takliflar, ular qanchalik g’ayrioddiy tuyulmasin, yozib boriladi; vaqt belgilanadi, bir-birlari
bilan ishlab chiqqan takliflar o’rtoqlashadi. Bu metodni qo’llash rivojlangan davlatlarda yaxshi
natijalar bergan. O’quv jarayonida insonparvarlik tamoyiliga mos eng ilg’or zamonaviy
texnologiyalar, ya’ni izlanish, ishchan o’yinlar, “Guruhli bahs” kabi metodlarlardan mohirlik
bilan foydalanish o’z samarasini beradi. Masalan, adabiyot darslarida ijodiy o’qish metodi
tarkibida o’qituvchining ifodali o’qishi, o’quvchilarning ifodali o’qishi, taqqoslash, badiiy idrok
etish usullari qo’llaniladi va u evristik suhbat bilan aloqada olib boriladi. Reproduktiv metod
esa o’qituvchining axboroti, bilimlarni o’quvchilarga yetkazishda muammoli vaziyatlar
yaratib, ularni ijodkorlikka, mustaqil fikrlashga yo’naltirishda yuqori natija beradi. Bunda
o’quvchilar asarlarni tahlil etishda induktiv va deduktiv metod, ya’ni oddiydan murakkabga va
aksincha, murakkab vaziyatlardan oddiyga qarab boriladi.Eng avvalo, o’qituvchi
o’quvchilarning qiziqishlarini oshirish uchun darslarning mazmun va sifatiga e’tibor beradi.
Buning uchun bolalarni fikrlashga, ularni faollashtirishga harakat qiladi. O’quvchini tayyor
bilim qabul qiluvchi emas, balki sinfda o’quv jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish
uchun munozara qilishga yo’llaydi.Xulosa qilib aytganda o’quv jarayonida pedagogik
texnologiyalardan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
|
| |