• 1. MOLIYAVIY QARORLAR HAQIDA TUSHUNCHA Moliyaviy qarorlar
  • Moliya va moliyaviy texnologiyalar




    Download 441.04 Kb.
    bet1/3
    Sana23.03.2024
    Hajmi441.04 Kb.
    #175583
      1   2   3
    Bog'liq
    3-mavzu. Moliyaviy qarorlar
    15-лекция , Voleybol î‘yinining texnikasi va taktikasini î‘rgatish

    ZAMONAVIY MOLIYA
    FAN VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
    “MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR” KAFEDRASI
    Mavzu: Moliyaviy qarorlar
    Ma’ruzachi: Safarov J.I.
    REJA:
    • Moliyaviy qarorlar haqida tushuncha
    • Uy xo’jaliklari tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy qarorlar
    • Xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy qarorlar

    1. MOLIYAVIY QARORLAR HAQIDA TUSHUNCHA
    Moliyaviy qarorlar insoniyat hayotining asrlar davomida ajralmas qismi boʻlib kelmoqda va bizning hayotimizdagi moliyaviy mustaqillikka erishish ko῾pincha ushbu qarorlarni toʻgʻri qabul qilinishi bilan bogʻlangan. Ta’kidlash joizki, moliyaviy qarorlar har bir insonning kundalik hayotida mavjud, ya’ni odamlar oʻz hayotining ma’lum bir davrida iqtisodiy va moliyaviy masalalar bilan bogʻliq qarorlarni qabul qilishlari kerak. Misol uchun, turli xaridlarni amalga oshirish, bank hisobvaragʻini ochish, bankdan debet yoki kredit karta ochish, uy sotib olish, turli bank kreditlari va depozitlaridan foydalanish va h.k. Shuningdek, qarzdor boʻlish yoki boʻlmaslik ham ratsional qarorlar qabul qilish bilan oʻzaro bogʻlangan. Ammo insonlar har doim ham oʻz qarorlarining oqibatlarini va qabul qilingan xavflarni tushunish uchun yetarli bilimga ega boʻlmaydilar.
    Insonlarning moliyaviy qarorlari mantiqiy oʻylashdan koʻra koʻproq hissiyotlar, munosabatlar va xulq-atvor hamda xarakterlaridan kelib chiqadi. Iqtisodiy barqarorlikka erishishda moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayoniga ta’sir etuvchi xulq-atvor omillarini tadqiq qilish katta ahamiyat kasb etadi.
    Moliyaviy qarorlar korxona, tashkilot va insonlarning moliyaviy barqarorligiga ta῾sir etar ekan, demak, bu pulni qanday sarflash hamda jamg῾arish bilan uzviy bog῾langan. Ilmiy izlanishlar shuni koʻrsatadiki, Amerikaliklar uxlamagan holatda vaqtining uchdan bir qismini pul haqida oʻylab oʻtkazadilar. Insonlar pul toʻgʻrisida ba’zan xato fikrlashlari ham mumkin. Notoʻgʻri moliyaviy qarorlarni qabul qilish insoniyatning odatiy xususiyati boʻlib qolar ekan, bank va moliya tizimida moliyaviy mustaqillikka erishishda mijozlarni maqbul qarorlar qabul qilishga undash yoki yordam berish zarurati tugʻiladi. Chunki, hozirgi shiddatli oʻzgarishlar shuni koʻrsatmoqdaki, yaqin kelajakda raqobatga bardosh berish uchun barcha ishlab chiqaruvchi va xizmat ko῾rsatuvchi korxonalar oʻz mijozlari aslida kimligi va ularning xulq-atvorini yetarlicha baholashi talab etiladi.
    Moliyaviy qarorlar ma’lum bir shaxs, uy xo’jaligi (oila) va xo’jalik yurituvchi subyektlar ya’ni firma va korxonalar tomonidan qabul qilinadi. Quyida qabul qilinadigan moliyaviy qarorlarga batafsil to’xtalamiz.

    Download 441.04 Kb.
      1   2   3




    Download 441.04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Moliya va moliyaviy texnologiyalar

    Download 441.04 Kb.