• Bugungi kunda pedagogik texnologiyalar tushunchasiga berilgan tariflar va ularniig tahlili.
  •  «Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat» fanining mazmuni, maqsadi, predmeti va vazifalari




    Download 94,43 Kb.
    bet3/6
    Sana12.01.2024
    Hajmi94,43 Kb.
    #135539
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Pedagogik texnologiyalarning rivojlanish bosqichlari va uziga xo-fayllar.org

    2. «Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat» fanining mazmuni, maqsadi, predmeti va vazifalari.
    Pedagogik jarayonlar uchun tatbiq qilinuvchi texnologiyaning an'anaviy va noan'anaviy, tarixiy, klassik, yangi va zamonaviy turlari farq qilinmoqda. Asosiy maqsad - shaxsning ta'lim va tarbiyasi hamda uning aqlan va jismonan rivojlanishi bilan bog’liq kasbiy faoliyat ekanligini nazarda tutsak, qanday nomlanishidan qat'iy nazar, pedagogik texnologiya komil inson tushunchasiga mazmunan singib ketishi lozim.
    «Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat» kursining maqsadi - talabalarni pedagogik texnologiyalarning mazmuni, o'ziga xos xususiyatlari va turlari bilan tanishtirish va pedagogik texnologiyalardan o'quv jarayonida samarali foydalanish mahoratini shakllantirishdir.
    Fanning asosiy vazifalari - pedagogik texnologiyalarni o’quv jarayoniga joriy etish; ilg’or tajribalarni tatbiq qilish, har bir mavzu yuzasidan oydinlashtirilgan rejalarni tuzish; maxsus fanlarini o’qitish jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo'llash usullari bilan tanishtirish; talabalarda texnologik loyiha va texnologik xaritalarni tuzish, pedagogik texnologiyalardan mahorat bilan foydalanish malakasini shakllantirish.
    Pedagogik texnologiya amaliyotga joriy etish mumkin bo'lgan ma'lum pedagogik tizimning loyihasi hisoblanadi. Pedagogik texnologiya - ta'lim texnologiyasi, yangi pedagogik tajriba, yangi pedagogik texnologiya, zamonaviy pedagogik texnologiya, axborot texnologiyasi, yangi tajriba, ta'lim-tarbiya metodlari tushunchalarini qamrab oladi. Demak, pedagogik texnologiya didaktik vazifalarni samarali amalga oshirish, shu sohadagi maqsadga erishish yo'li bo'lib hisoblanadi.
    Shunday qilib, pedagogik texnologiyaning predmeti - pedagogik tizimini konsteptual asoslariga dalil keltirishdan, maqsadlarni qo’yishdan, natijalarni shakllantirishdan, o’quv materialini tanlash va strukturalashtirishdan, pedagogik modelini tanlashdan, to ularni amalga oshirishgacha, ularning muqobillik va samaradorlik darajasini baholashgacha loyihalashtirishdan tarkib topadi. Tizimli yondashish o’qitish tizimining barcha asosiy tomonlarini - maqsadni aniqlash va o’quv jarayonini loyihalashdan tortib, to yangi o’qitish tizimining samaradorligini tekshirish, uni sinovdan o'tkazish va ommalashtirishgacha bo'lgan jarayonni o'z ichiga oladi. U o'z harakat tartiblarini takrorlanuvchanligi va ularni to'la o’quv jarayoniga tadbiq etish g’oyasi, oqibat natijada bu jarayonni «jonli o’qituvchiga» bog’liq bo'lmay qolishiga olib keladi. Haqiqatan ham, agar o’quv jarayoni to'la takrorlanuvchan, alohida ko'rinish (epizod)larga bo'linsa, o’qituvchining vazifasi oldindan tuzilgan (o'zi tuzgan bo'lishi shart emas) material bilan o'qishni tashkil etishda tashkilotchi va maslaqatchi rolini ijro etishdan iborat bo'lib qoladi.
    Pedagogik texnologiyaning maqsadi – ommaviy ta’lim sharoitida ta’lim jarayonining zaruriy samaradorligini ta’minlash va talabalar tomonidan o‘qishning ko‘zlangan natijalariga erishish kafolatidan iboratdir.
    Pedagogik texnologiyaning bosh vazifasi – ommaviy ta’lim sharoitida «oddiy» pedagoglarga o’qitishning yetarli samarasiga erishishni ta’minlovchi, o‘quv jarayonini yaratishh hisoblanadi.
    Pedagogik texnologiyaning predmeti – o‘quv jarayoining o‘zi hisoblanadi.
    Pedagogik texnologiyaning ob’yekti –o‘quv jarayonining tarkibiy qismlari hisoblanadi.
    3. Bugungi kunda pedagogik texnologiyalar tushunchasiga berilgan ta'riflar va ularniig tahlili.
    Dastlab «texnologiya» tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so’z texnikaviy taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha ikki so’zdan – «texnos» (techne)- mahorat, san’at va «logos» (logos) – fan, pedagogikot so’zlaridan tashkil topgan. Bu ifoda zamonaviy texnologiya jarayonini to’liq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko’zda tutadi.
    Keyingi o'n yillar ichida yaratilgan, pedagogikaga bag’ishlangan adabiyotlarda «Pedagogik texnologiya», «Progressiv pedagogik texnologiya», «Yangi axborotlar texnologiyasi» kabi tushunchalar uchrab turadi. Ammo, ularga hozirgikungacha to’liq ta'rif berilmagan.
    Qator yillardan beri, pedagogik texnologiyaga o’quv jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish, deb qarab kelindi. Faqat 70-yillardan boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushuncha yangicha talqin etila boshlandi. Texnologiya deganda, sub'ekt tomonidan ob'ektga ko'rsatilgan ta'sir natijasida sub'ektda sifat o'zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi. Texnologiya har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalanib, ob'ektga yo'naltirilgan maqsadli amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko'zda tutadi.
    Ushbu tushunchalarni o’quv jarayoniga ko'chiradigan bo'lsak, o’qituvchi (pedagog)ning o’qitish vositalari yordamida talabalarga muayyan sharoitlarda ko'rsatgan tizimli ta'siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo'lgan va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni intensiv tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy hodisa, deb ta'riflash mumkin. Ta'riflar nazariyasi bo'yicha bunday ijtimoiy hodisani pedagogik texnologiya, desa bo'ladi.
    Mustaqillikka erishgan O'zbekiston olimlari xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ilmiy-ma'rifiy aloqalar o'rnata boshladilar. Natijada yurtimizga ilg’or va samarali texnologiyalar kirib kela boshladi. Shular qatorida, jahondagi progressiv pedagogik texnologiya degan tushunchalar ham kirib, pedagogik jamoatchiligimiz fikrini chulg’ab oldi.
    Xo'sh, ilg’or pedagogik texnologiya o'zi nima, uning an'anaviy o’qitish usulidan qanday afzalliklari bor?
    So'nggi yillarda Republikamizdagi ilmiy anjuman ma'ruzalarida, ilmiy maqolalarda, hisobotlar va davriy nashrlarda ham pedagogik texnologiya tushunchasi o'z aksini topmoqda. Shuni ta'kidlash lozimki, Respublikamizning taniqli olimlari S.Ashirbaev, R.X.Jo'raev, N. S. Sayidahmedov, B. L. Farberman, Rossiya pedagog-olimlari V. P. Bespalko, V. S. Bezrukova, M. V. Klarin va boshqalar hamda qozog’istonlik olimlar M. J. Aristanov va J. S. Haydarov o'z ilmiy tadqiqotlarida «pedagogik texnologiya» tushunchasining mohiyatini va ahamiyatini ochib berishga munosib hissa qo'shganlar.
    O’qitishga texnologik yondashish, ya'ni o’quv jarayonini ham ishlab chiharish jarayoni kabi takrorlanuvchan xarakterga ega bo'lishini ta'minlashga oid dastlabki izlanishlar o'tgan asrning 60-yillarida amerikalik pedagog olimlar tomonidan olib borilgan. Xususan, «o’qitish texnologiyasi» iborasi ham birinchi marta amerikalik olim B.Skinner tomonidan ishlatilgan. U - «…o’qitish texnologiyasi - psixologiya fani yutuqlarining pedagogik amaliyotda qo'llanishidan iborat»,- deb ta'riflagan.
    Lekin, haqqoniylik nuqtai nazaridan shuni ta'kidlash lozimki, A.S.Makarenko o'tgan asrning 30-yillarida bunday degan edi: «Bizning pedagogik ishlab chiharishimiz hech qachon texnologik mantiq asosida qurilmagan, balki u axloqiy va'zxonlikka asoslangan. Aynan shuning uchun ham: texnologik jarayon, mehnat operatsiyalarini hisobga olish yordamchi uskunalar, me'yorlash, yaroqsiz mahsulotlar bo'limi kabi ishlab chiharishga xos bo'lgan muhim bo'g’inlar unda o'zidan-o'zi ishtiroksiz qolmoqda». Hozirgi kunda jahon pedagogikasida «pedagogik texnologiya» tushunchasiga 12 xil tarif berilganligi ma'lum.
    Masalan: «Ta'lim texnologiyasi - ilmiy va boshqa bilimlarni amaliy masalalarni hal etishda tizimli ravishda qo’llashidan iborat». (Golbrayt).
    «Pedagogik texnologiya ta'limni tizimlashtirish yoki auditoriyada o’qitishni tizimlashtirish g’oyalarini pedagogikaga tadbiq etishdan iborat». (T.Sakomoto).
    «Pedagogik maqsadlarga erishishda foydalaniladigan barcha shaxs, amaliy va uslubiy vositalarning tizimlashgan majmui va ularning faoliyat ko'rsatish tartibi». (Klarin M.V.).
    Yuqoridagi ta'riflarda pedagogik texnologiyaning tub mohiyati o’quv jarayoniga tizimiy yondashishdan iborat ekanligi yaqqol ko'zga tashlanadi. Xalharo YUNESKO tashkiloti tomonidan pedagogik texnologiya tushunchasiga quyidagicha ta'rif berilgan:
    «Pedagogik texnologiya-ta'lim shakllarini maqbullashtirish uchun inson va texnik resurslarni hamda ularning o'zaro ta'sirini e'tiborga olgan holga o’qitish va bilimlarni o'zlashtirish jarayonini yaratish, qo’llashi va aniqlashning tizimiy uslubidir».
    Pedagogik texnologiyani o’quv jarayoniga olib kirishning zarurligini bunday mamlakatlar ichida birinchilar qatorida har tomonlama ilmiy asoslab bergan rossiyalik olim V.P. Bespalkoning fikricha, «Pedagogik texnologiya - bu o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo'lmagan holga pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan talaba shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir».
    Rossiyalik olimlaridan biri V.M. Monaxov «Pedagogik texnologiya - avvaldan rejalashtirilgan natijalarga olib boruvchi va bajarilishi shart bo'lgan tartibli amallar tizimidir», - degan qisqacha ta'rifni bera turib, uning asosiy xususiyatlariga e'tiborni haratadi. «Pedagogik texnologiya - o'quv jarayonini texnologiyalashtirib, uning qayta tiklanuvchanligini hamda pedagogik jarayon turg’unligini oshirib, bu jarayon ijrochisining sub'ektiv xususiyatlaridan uni ozod qiladi», -deydi u.
    M.V. Klarin fikricha, “Pedagogik texnologiya-o’quv jarayoniga texnologik yondashgan holga, oldindan belgilab olingan ko'rsatkichlardan maqsad kelib chiqib, o’quv jarayonini loyihalashdir”.
    V.P. Bespalkoning o'zbekistonlik shogirdlaridan N. Sayidahmedov va M. Ochilovlarning fikricha, “Pedagogik texnologiya - bu o'qituvchi(tarbiyachi)ning o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida talaba (talaba)larga muayyan sharoitda ta'sir ko'rsatishi va bu faoliyat maqsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir”.
    I.Ya. Lernerning fikriga ko'ra, “Pedagogik texnologiya-talabalar harakatlarida aks etgan o’qitish natijalari orqali ishonchli anglab olinadigan va aniqlanadigan maqsadni ifodalaydi”.
    O'zbekistonlik metodist B.L. Farberman pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta'rif beradi: “Pedagogik texnologiya - ta'lim jarayoniga yangicha yondashuv bo'lib, pedagogikada ijtimoiy-muhandislik ongi ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart holga soladigan, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog’liq ijtimoiy hodisadir .
    Polyak olimi Dj. Bruner «O’qitish texnologiyasi - bu o’qitishning maqbulligini ta'minlovchi ma'lum yo'l-yo'riqlar tizimi bilan bog’liq bilimlar sohasi» ekanligini e'tirof etdi. Tizimli yondashish ta'siri ostida asta-sekinlik bilan pedagogik texnologiya mohiyatiga aniqlik kiritila borildi. Rus olimasi N.F. Talizina esa uning mohiyatini «belgilangan o’quv maqsadiga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat», deb tushuntirdi.
    Yuqorida keltirilgan ta'riflardan ko'rinib turibdiki, o'tgan yillarda PT-o’quv jarayonini berilgan dastlabki ta'lim maqsadi va mazmunidan kelib chiqib loyihalashdir, deya ifodalandi. Bu bir jihatdan to'g’ri, lekin teranroq fikr yuritilsa, uning bir yoqlamaligi yaqqol ko'zga tashlanadi yoki bunday yondashishda talaba shaxsining inkor etilishi seziladi. Bu kamchilikni birinchi bo'lib akademik V. Bespalko payqadi va o'z asarida «Pedagogik texnologiya - bu o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo'lmagan holga pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan talaba shaxsini shakllantirish jarayonini ifodalash - loyihalashdir»,-deb ta'rifladi.
    Professor N.Sayidahmedovning fikricha, «Texnologiya – bu shaxsni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish qonunlarini o'zida jo qiladigan va yakuniy natijani ta'minlaydigan pedagogik faoliyatdir». Texnologiya tushunchasi regulyativ (tartibga solib turuvchi) ta'sir etish kuchiga ega bo'lib, erkin ijod qilishga undaydi:
    samarador o’quv-bilish faoliyatining asoslarini topish;
    uni ekstensiv (kuch, vaqt, resurs yo'qotishga olib keladigan samarasiz) asosdan ko'ra intensiv (jadal), mumkin qadar, ilmiy asosda qurish;
    talab etilgan natijalarni kafolatlaydigan fan va tajriba yutuqlaridan foydalanish;
    o’qitish davomida tuzatishlar ehtimolini loyihalash metodiga tayangan holda yo'qotish;
    ta'lim jarayonini yuqori darajada axborotlashtirish va zaruriy harakatlarni algoritmlash;
    texnik vositalarni yaratish, ulardan foydalanish metodikasini o'zlashtirish va boshqalar.

    Download 94,43 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 94,43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     «Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat» fanining mazmuni, maqsadi, predmeti va vazifalari

    Download 94,43 Kb.