|
Talabalarga mo’ljallangan variant topshiriqlar ishlab chiqish
|
bet | 52/54 | Sana | 24.03.2021 | Hajmi | 5,98 Mb. | | #13476 |
2.5. Talabalarga mo’ljallangan variant topshiriqlar ishlab chiqish.
Topshiriqlarni bajarish oldidan tavsiyalar
AutoCAD dasturida ishlashni boshlashdan oldin dastlab standartga mos bo’lgan parametrlarni o’rnatib olish tavsiya etiladi. Ushbu parametrlarga quyidagilar kiradi:
Shtrix chiziq – ACAD_ISO02W100;
Shtrixpunktir chiziq – ACAD_ISO04W100;
Ingichka chiziqlar qalinligi – 0.15 – 0.25 mm;
Yo’g’on chiziqlar qalinligi – 0.70 – 1.00 mm.
Shrift nomi – ISOCPEUR;
Tuzilishi – Kursiv;
Balandligi asosiy yozuv (shtamp burchak) uchun – 2.5, o’lchamlar uchun – 5, titul varaqasi uchun 7 va 10.
«Razmеri» - O’lcham qo’yish asboblar panelida o’lcham uslubi O’z DST asosida o’rnatiladi.
Barcha topshiriqlarni bitta faylda bajarish tavsiya etiladi. Shunda standartlarni qayta kiritishga ehtiyoj qolmaydi.
Tutashma bajarishning bosqichma- bosqich algoritmi.
|
Tushuvchi menyular qatoridan bosh menyu “Fayl”- fayllar bilan ishlash menyusi tanlanadi.
|
|
Mazkur faylni biror nom bilan xotiraga saqlash uchun “Sохranit”- xotiraga saqlash buyrug’i tanlanadi.
|
|
Keyingi oynada “Imya fayla”-faylning nomi yoziladi.
|
|
Faylning nomi va formati kiritiladi (Oddiy tutashma.dwg) va
“Sохranit”-xotiraga saqlash tugmasi bosiladi.
Biz boshlaydigan grafik ishimizni “Oddiy tutashma” deb kompyuter xotirasida saqladik.
|
|
“Svоystva оb’еkta”- “Obektning xususiyati” panelidan “ Tip liniy”
- chiziq tipini o’zgartiramiz. Shtrix punktir chizig’i tanlanadi.
|
|
“ Svоystva оb’еkta”- «Obektning xususiyati» panelidan “ Tip liniy”
-chiziq tipini o’zgartiramiz. Shtrix punktir chizig’i tanlanadi.
|
|
“ Svоystva оb’еkta” - “Obektning xususiyati” panelida chiziq rangi, chiziq tipi va chiziq qalinligi ko’rsatiladigan holatdir.
|
|
“Risоvaniya” chizish paneli buyruqlaridan “Оtrеzоk”- To’g’ri chiziq kesmasi chizish buyrug’i tanlab olinadi.
|
|
Ekranning ixtiyoriy qismida markaziy (shtrix punktirda, gorizontal va vertikal) chiziqlar chizib olinadi. Bu chiziqlar birinchi aylana markazi hisoblanadi.
|
|
Birinchi aylana markazidan ma’lum bir uzoqliqda ikkinchi aylana markaziy chiziqlari chiziladi.
|
|
“ Svоystva оb’еkta”- “Obektning xususiyati” panelida “ Tip liniy”
-chiziq tipi buyrug’idan shtrix punktr chizig’i “Sontinuous” chiziq tipiga o’zgartiriladi.
|
|
“Svоystva оb’еkta”- “Obektning xususiyati” panelida chiziqlar qalinligi buyrug’idan 0,50mm dagi chiziq tanlanadi.
|
|
“Svоystva оb’еkta”- «Obektning xususiyati» panelidan “ Krug”
-aylana chizish buyrug’i tanlanadi.
|
|
Birinchi aylanani chizish uchun aylana markazi ko’rsatiladi.
|
|
Birinchi aylana radiusi kiritiladi. Ko’rsatilgan misolda birinchi aylana radiusi 30 mm
|
|
“Svоystva оb’еkta”- «Obektning xususiyati» panelidan “ Krug”
-aylana chizish buyrug’i tanlanadi.
|
|
Ikkinchi aylanani chizish uchun aylana markazi ko’rsatiladi.
|
|
Ikkinchi aylana radiusi kiritiladi. Ikkinchi aylana radiusi esa 50 mm.
|
|
Ekranda birinchisi Ø 60mm va ikkinchisi Ø 100mm li aylanalar hosil bo’ldi.
|
|
“ Razmеri”-o’lchamlar panelidan
“Linеyniy”- chiziqlar bo’yicha o’lcham qo’yish buyrug’i tanlanadi.
|
|
“ Izmеnit” – O’zgartirish paneli buyruqlaridan “Sоpryajеniе”-tutashma buyrug’i tanlanadi.
|
|
Qo’shimcha oynadagi buyruqlardan “ Radius”- tutashma radiusini kritish holatiga o’tiladi.
|
|
Tutashma radiusi 143mm dagi o’lchov birligi kiritiladi, va bu tashqi tutashma radiusi bo’ladi.
|
|
Birinchi va ikkinchi aylanalarni tashqi tomondan 143mm radius bilan tutashtiramiz.
|
|
“Izmеnit” – “O’zgartirish” paneli buyruqlaridan “ Sоpryajеniе” - tutashma buyrug’i tanlanadi.
|
|
Qo’shimcha oynadagi buyruqlardan “Radius”- tutashma radiusini kritish holatiga o’tiladi.
|
|
Tutashma radiusi 40mm dagi o’lchov birligi kiritiladi va bu ichki tutashma radiusi bo’ladi.
|
|
Birinchi va ikkinchi aylanalarni ichki tomondan tutashtirdik.
|
|
“ Razmеri”-o’lchamlar panelidan “ Radius”-radiuslar bo’yicha o’lcham qo’yish buyrug’i tanlanadi.
|
Tayyor bo’lgan tutashmaga kerakli o’lchamlarni qo’yamiz. “ Razmеri”-o’lchamlar panelidan “ Radius”- radiuslarga o’lcham qo’yish buyrug’i tanlanadi va tashqi
|
tomondan tutashtirilgan aylana yoyi ko’rsatiladi.
|
|
“ Razmеri”-o’lchamlar panelidan “ Diamеtr”-diametrlar bo’yicha o’lcham qo’yish buyrug’i tanlanadi.
|
|
Tayyor bo’lgan tutashmaga kerakli o’lchamlarni qo’yamiz. “ Razmеri”-o’lchamlar panelidan tanlangan “ Diamеtr”-diametrlarga o’lcham qo’yish buyrug’i orqali ichki tutashma va aylanalarga o’lchamlari ko’rsatiladi.
|
|
Yuqoridagi bajarilagn amallar Standart asboblar panelidan “ Sохranit”-fayllarni xotirada saqlash buyrug’i orqali xotirada saqlanadi.
|
|
| |