• Husayn Voiz Koshifiyning axloqiy qarashlari. Allomaning “Futuvvatnomai Sultoniy yoxud javonmardlik tariqati” asarning axloqiy tarbiyada tutgan o’rni.
  • 15 MAVZU: XVII asrdan XIX asirning yarimigacha tarbiya maktab va pedagogik fikrlar rivoji. XIX asrning 2-yarmi -XX asrning 1-choragida Turkiston o’lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar.
  • Jaloliddin Davoniyning axloqiy qarashlari. “Axloqi Jaloliy” asari




    Download 3,13 Mb.
    bet167/251
    Sana21.05.2024
    Hajmi3,13 Mb.
    #247935
    1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   251
    Bog'liq
    MAJMUA UMUMIY PEDAGOGIKA 2023

    Jaloliddin Davoniyning axloqiy qarashlari. “Axloqi Jaloliy” asari.
    Jaloliddin Davoniy (1427-1502) Eronning Davon qishlog`ida tug`iladi. Boshlang`ich ma’lumot olgach, Sherz madrasasida o`qiydi, shu yerda qozilik qiladi. Mudarrislik ham qiladi.
    U falsafa, pedagogika, riyoziyot, fikx bo`yicha asarlar yozadi. "Risolayi isboti vojib" (Zaruratning isboti haqida), "Risola-tul-Xuruf" (Harflar haqida risola), "Risoladur ilmul nafs" (Ruhshunoslik haqida), "Axloqi Jaloliy" asarlarini yozgan.
    "Axloqi Jaloliy" mashhur bo`lib, madrasalarda o`qitilgan. U 1839 yilda V.Tompson tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan. Asarda ijtimoiy - siyosiy masalalar, axloq - odob qoidalari uz aksini topgan.
    U tarbiyada maktab va oila rolini kursatadi. U qo`pol, badjahl muallimlarni tanqid qiladi, u aklli, yaxshi hislatli bo`lish lozim, deydi. Ota bolani jismoniy tarbiyalasa, muallim uni ma’naviy tarbiyalaydi. Oila va maktab tarbiyasini taqqoslaydi, bunda muallimning roli,o`rni yuqoriligini ko`rsatadi.
    U kasb - hunar egallashni insoniy fazilat deb biladi.

    3-11. chizma
    Devoniy insoniy fazilatlarni 4 ga bo`ladi: donolik, adolat, shijoat, iffat. U bularning har biri ichiga ham yana qator fazilatlar kiritadi. U yana sevgini 5 xilga buladi: 1.Ilohiy sevgi. 2. Ota - onaga muhabbat. 3. Muallimning o`ztalabasiga muhabbati. 4. Podshoning fuqarosiga muhabbati. 5. Ilm - ma’rifatga muhabbat. U sevgini ham kamolot belgisi sifatida qaraydi.
    Devoniy insondagi yomon xislatlar haqida gapirish bilan birga ularni bartaraf etishga ham maslahatlar beradi. Devoniyning ta’lim - tarbiyaga oid qarashlari hozirgi kunimiz uchun ham g`oyat qimmatli va foydalidir.
    Husayn Voiz Koshifiyning axloqiy qarashlari. Allomaning “Futuvvatnomai Sultoniy yoxud javonmardlik tariqati” asarning axloqiy tarbiyada tutgan o’rni.
    XV asrning yirik olimlaridan biri Xusayn Voiz Koshifiy bo’lib, u ahlok, nujum mantiq, adabiyotshunoslik, riyoziyot, hisob, islom tarixi, ilohiyot, tarix, - musiqashunoslikda tasviriy san’at, tabobat ilmiga oid 200dan ortiq asar qoldirib SHarq ma’naviy madaniyatini rivojlantirishda muayyan o’rinni egallaydi.
    Xusayn Voiz Koshifiy tug’ilgan yili noma’lum bo’lib, taxminan 1440 yillarda Xuroson viloyatining Sabzavor shaxrining Bayxaqi qishlog’ida dunega kelgan deyiladi. U keyinchalik Jomiyning tavsiyasi bilan Xirotga keladi va shu yerda yashaydi. Xirotda u Navoiy bilan ham uchrashadi va u bilan do’stona munosabatda bo’ladi.
    Koshifiy Xurosonda Xusayn Boyqaroning voizi, ta’birchisi maslahatchisi sifatida shuhrat qozondi. U Qur’on va Xadis masalalarini sharhlab xalq orasida hurmat-e’tibor qozondi.
    Xusayn Voiz Koshifiyning «Ahloqi Muxsiniy», «Ahloqi Karim», «Anvari Suxayliy», «Javoxirnoma», «Risola dar ilmi e’dod», va boshqa asarlari bizgacha : yetib kelgan.
    Uning mashhur asari «Ahloqi Muxsiniy» uzoq vaqt yillar madrasalarda darslik sifatida o’qitilgan, mazkur asar 40 bobdan iborat bo’lib, asosan ahloqiy tarbiyaga bag’ishlangan.
    R.Maxmudov Koshifiyning ahloqiy g’oyalariga insonni kamolga yetkazish maqsadida unda tarkib toptirish uchun zarur bo’lgan hislatlarni turkumlashtiradi.
    Komil inson (etuk ahloqli inson) haqidagi fikrlarni an’anaga ko’ra buyuk donishmandlar-xaqimlar, sarkardalar, shoxlar tilida bayon etadi va ularni adolatli, dono, oqil va kamtar inson sifatida ta’riflab, o’zining komil inson haqidagi konsepsiyasini ilgari suradi.
    Koshifiy faqat podsholarnigina emas, balki har bir oddiy insonda ham eng olijanob hislatlar tarkib topishini istaydi. U o’zining ijtimoiy-ahloqiy idealini yuzaga chiqarishda asosiy vosita deb ilm-ma’rifat va ahloqiy tarbiyani tushunadi. Koshifiy odobli insonni ahloqli deb tushunadi. Inson odobli, saxovatli, to’g’ri, xalol, pok bo’lgandagina haqiqiy inson bo’lishi mumkin deydi. Voiz Koshifiy insonparvarlik va halollikni eng yuksak insoniy fazilatlarlardan deb biladi. Koshifiy insonning eng yuksak xulq-atvor egasi bo’lishi uchun unga qoidaga amal qilishi zarurligini ilgari suradi.
    Koshifiy asarlarida inson aqliga, aqliy tarbiyaga katta e’tibor beriladi.
    Koshifiyning ahloqiy qarashlari Kur’on va Xadislardagi qoidalari bilan bog’liqdir. U ilgari surgan ahloqiy tushunchalar: yaxshilik yomonlik, adolat, burch, vijdon, or -nomus, baxt saodat kabilarni ta’riflab, har birini insonda shakllantirish yo’llari va usullarini ham bayon etadi, ular tarkibiy qismlarigacha ajratib, ijtimoiy talab darajasida tushuntiradi, hamda asosiy mezonlarini ham ko’rsatib beradi. U ahloqiylikning asosiy mezonlai, insoniylik, adolatlilik, sof insoniy munosabatlarni biladi.
    Koshifiyning «Futuvvatnomai Sultoniy» asari ham boshqa ta’limiy-ahloqiy asarlar qatorida ana shu javonmardlik ilmining qoida-nizomlarini ifoda etgan. Javonmardlikning ruknlari o’n ikkita bo’lgan: oltitasi zoxiriy, oltitasi botiniy.
    Yuqoridagi pandnomalarning inson kamolotida o’z o’rni bor. Sharqshunos olim Bertels ham «Qobusnoma»ni , o’ta amaliyotga oid asar sifatida ta’riflagan. Bu fikr Xusayn Voiz Koshifiyning «Futuvvatnomai Sultoniy» asariga ham tegishlidir.Uning mundarijasi va mazmunida ham ko’rinib turibdiki, mazkur asar yoshlarni har tomonlama yetuk inson sifatida kamolga yetkazishda haqiqatdan amaliy ahamiyatga ega.
    Koshifiy fanlar tasnifida ham kasb-xunar, ilmga katta e’tibor beradi. U ilm boylik orttirish uchun emas, balki hayot kechirish uchun zarurdir, deb tushuntiradi. Chunki ilm-doimiydir mol dunyo esa o’tkinchidir, haqikiy, dono, bilimli kishilar o’tkinchi narsalarga e’tibor bermaydilar deydi.


    15 MAVZU: XVII asrdan XIX asirning yarimigacha tarbiya maktab va pedagogik fikrlar rivoji. XIX asrning 2-yarmi -XX asrning 1-choragida Turkiston o’lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar.


    REJA:

    1. XVII asrdan XIX asirning yarimigacha tarbiya maktab va pedagogik fikrlar rivoji.

    2. XIX asrning ikkinchi yarmida Turkiston o’lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar.

    XIX asrning boshlariga kelib Turkistonda islom dini keng tarqalib, mustahkam o’rnashib o’z mavqyeiga ega edi. Bu davrga kelib diniy e’tiqod asosiy tarbiya kuchi sifatida maydonga chiqdi. Islom dini murakkab ta’limot bo’lganligidan u turlicha talqin qilina boshladi. Islom dinida turli xil oqimlar vujudga kela boshladi. Bu holat islom dinini sofligi uchun kurashuvchi ilg’or kishilarni qoniqtirmas edi. Shuning uchun ham Buxorodagi ma’rifatparvarlar, musurmon ruhoniylar va ziyolilar orasida madrasa va maktablar tizimiga hamda islom diniga kirib qolgan bid’atlarni isloh qilish fikri paydo bo’la boshladi. Shunday islohot tarafdorlarini jadidlar, ya’ni yangilik tarafdorlari deb atay boshladilar.
    «Jadid» - so’zi arabcha so’z bo’lib, «yangi», jadidizm esa yangilik tarafdorlari degan ma’noni anglatadi.
    XIX asr boshlarida qancha ma’rifatparvarlar, mudarislar Buxoro shahridagi 200 ga yaqin madrasani isloh qilish g’oyasi bilan chiqdilar. Bu harakat boshida madrasa mudarisi Abu Nasr al-Kursaviy turgan. Ammo kadimistlar oqimi ularni kofirlikda ayblaydilar va Buxoro amiri Kursaviyni o’lim jazosiga hukm etadi. Abu Nasr al-Kursaviy zindondan qochishga muvofiq bo’ladi va Qozonda o’z faoliyatini davom ettiradi.
    XIX asrning 50-60 yillarida diniy islohotchilik harakati yanada kengaydi. Jadidchilik harakati boshida buxorolik mudaris va tarixsi olim Marjoniy, g’ijduvonlik domla Fozil, Mo’minjon Vobkandiy, Mulla Xudoyberdi Boysuniy va boshqa mudarislar turar edilar.
    Islohotchilar bu davrda Marjoniy rahnamoligida quyidagi masalalarni oldinga surdilar:
    1. Qur’ondagi har qanday diniy masala yuzasidan kishilar bilgan holda o’zlari erkin fikr yuritsinlar.
    2. Birovning birovga ko’r-ko’rona ergashishi qat’iy mann qilinsin;
    3. Madrasalarda o’qitiladigan hoshiya va shrq kabi mazmunga ega bo’lgan va madrasa o’quvchilari uchun foydasiz bo’lgan hamda ularning vaqtini bekorga oluvchi darslar dars jadvallaridan olib tashlansin;
    4. Madrasalarda Qur’oni Karim, Hadisi Sharif, ularning tarjimalari va islom tarixi kabi darslar o’tilsin;
    5. Arifmetika, tarix, jug’rofiya, tabobat, handasa, mantiq va boshqa dunyoviy fanlarni o’qitishga qarshilik ko’rsatilmasin.
    6. Har bir ishda musulmonchilikning Muhammad Alayhissalom davridagi qadimiy islom madaniyatiga qaytarish ko’zda tutilmasin.
    XIX asrning 80-90 yillaridagi jadidchilik harakatining keng yoyilishida Munavvar Qori, Mahmudxo’ja Behbudiy, Said Ahmad Siddiqiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Muhammadsharif So’fizoda va boshqalar jonbozlik ko’rsatgan.
    Jadidlar 1906 yilda «Taraqqiy» deb nomlangan gazeta nashr ettirib, o’z g’oyalarini tarqata boshladilar, oradan ko’p o’tmay, «Xurshid», «Shuxrat» singari yangi gazetalar dunyo yuzini ko’rdi. Bu gazetalarda jadidchilik harakatining asosiy g’oyalari talqin qilinar va muhokamaga tashlanar edi.
    Bu davrda jadidlarning harakat dasturi tuzilib, u quyidagi masalalarni hal qilishga qaratilgan edi:
    1. Diniy tasavvuf va fanatizmga qarshi kurash (ko’r-ko’rona e’tiqod);
    2. Diniy aqidalarga asoslangan O’rta asr maktablari o’rniga Ovro’pa qabilidagi dunyoviy ilmlarni ona tilida o’qitishga moslangan yangi usuldagi maktablarni tashkil etish, feodal davri maorif tizimini isloh qilish;
    3. Jadidchilik g’oyalarini keng xalq ommasiga yetkazish niyatida yangi o’zbek adabiy tilini ishlash chiqish, matbuot xurligi uchun kurashish, xalq ommasiga tushunarli adabiyot va teartni yaratish;
    4. Xotin-qizlarni paranjidan chiqarish va jadid maktablariga qatnashishlarini ta’minlash yo’li bilan ular taqdirini o’zgartirish va oilada islohot o’tkazish;
    5. Mahalliy boylar va savdogarlar ahlining siyosiy va iqtisodiy jihatdan rus burjuaziyasi bilan bir huquqda bo’lishi, mahalliy amaldorlarning chor hukmdorlari tomonidan siquvga olishiga qarshi kurashish, shu yo’l bilan mustamlakachilik siyosatini isloh qilish.
    Asosiy talablari ana shundan iborat bo’lgan jadidlar uchun ilm va ma’rifat yagona qurol bo’lib, ular shu qurol yordami bilan o’lkada ijtimoiy iqtisodiy va madaniy taraqqiyot uchun kurashmoqchi bo’ldilar.
    Markaziy Osiyo jadidchilik haqida gap ketganda buni Behbudiy, Munavvar qori, Fitrat kabi ma’rifatparvarlarning ijodi va faoliyatini alohida o’rganish maqsadga muvofiq.

    Download 3,13 Mb.
    1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   251




    Download 3,13 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jaloliddin Davoniyning axloqiy qarashlari. “Axloqi Jaloliy” asari

    Download 3,13 Mb.