I-BO‘LIM. IQTIDORLI O‘QUVCHILARNI ANIQLASH VA ULARNING IQTIDORINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY – NAZARIY ASOSLARI




Download 191,92 Kb.
bet5/34
Sana27.01.2024
Hajmi191,92 Kb.
#147119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
B. Siddiqov S. Abdullayev sh. Mexmonaliyev-fayllar.org

I-BO‘LIM. IQTIDORLI O‘QUVCHILARNI ANIQLASH VA ULARNING IQTIDORINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY – NAZARIY ASOSLARI
1.1. Iqtidor tushunchasi va uning asosiy belgilari
Hozirgi vaqtda intellektual qobiliyatli bolalarni izlash, tanlash, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish vazifasi juda dolzarbdir. Bu borada mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar psixologik-pedagogik nazariya va ta'lim amaliyoti doimo bolalarning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash, uni erta aniqlash, bolalar iste'dodi va qobiliyatini har tomonlama rivojlantirishni taqoza etada.
Iqtidorli yoshlar O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini hamda uni jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashini ta’minlovchi omil va millatimiz ziynati hisoblanadi. Shuning uchun ham umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quvchilari orasidan iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini rivojlantirish kabi jarayonlarning ilmiy asoslarini ishlab chiqish pedagogika fanining dolzarb muammolaridan biriga aylandi.
Iqtidor – bu inson psixikasining butun umr davomida tizimli rivojlanuvchi sifati bo‘lib, insonning boshqa odamlarga nisbatan bir yoki bir necha sohada yuqori natijalarga erishish imkoniga ega ekanligi bilan belgilanadi.
“Iqtidor” arabcha “qodir bo‘lmoq”, “qila olmoq”, shaxsning ijodiy xususiyati va aqliy faoliyatini anglatadigan tushuncha [63.264] shuningdek, iqtidorli yoshlar maqsadga intilish, qat’iyatlilik va mehnatsevarlik kabi fazilatlari hamda ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanish istagining kuchliligi bilan ajralib turadilar. Iqtidorli o‘quvchilarni izlash, aniqlash va tarbiyalashning asosiy maqsadi respublikaning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi intellektual salohiyati bor yoshlarni tayyorlashdan iboratdir.
Psixologik lug‘atlarda “iqtidor” tushunchasi quyidagicha ta’riflanadi:
1) iqtidor bu faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlaydigan qobiliyatlarning o‘ziga xos uyg‘unlashuvidir;
2) iqtidor bu – insonning imkoniyatlari doirasi, faoliyatlari darajasi va o‘ziga xosligini belgilaydigan umumiy qobiliyatlar;
3) iqtidor bu – aqliy potentsial, ta’lim olish qobiliyati va bilish imkoniyatlarining bir butun individual tavsifi;
4) iqtidor bu – tabiat tomonidan in’om etilgan qobiliyatlar, ularning tabiiy asoslarini o‘ziga xosligi va namoyon bo‘lishi darajalari;
5) iqtidor bu – iste’dodlilik, faoliyatda yuqori natijalarga erishish uchun ichki imkoniyat va sharoitlarning mavjudligi [45.247].
Ushbu tavsiflardan kelib chiqqan holda, shuni ta’kidlash mumkinki, iqtidor asosida umumiy intellektual va insonning bilish imkoniyatlarini belgilaydigan, tabiat tomonidan in’om etilgan qobiliyatlar, biror bir faoliyatda (masalan, ta’lim, ijodiy, kasbiy, ilmiy) muvaffaqiyatga erishishni ta’minlaydigan maxsus qobiliyatlar yotadi.
Iqtidorli bola – bu u yoki bu faoliyat turida yorqin, ravshan, ba’zan ajoyib yutuqlar bilan ajralib turadigan (yoki bunday yutuqlarning ichki shart– sharoitlariga ega) bola.

Download 191,92 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Download 191,92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I-BO‘LIM. IQTIDORLI O‘QUVCHILARNI ANIQLASH VA ULARNING IQTIDORINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY – NAZARIY ASOSLARI

Download 191,92 Kb.