• Pedagogika fanining maqsadi, vazifalari va ilmiy tadqiqot metodlari
  • Pedagogika va psixologiya fani 650-21 guruh talabasi Raimjonov Muhammadali




    Download 116,38 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana14.05.2024
    Hajmi116,38 Kb.
    #232412
    Bog'liq
    Mustaqil ish 2



    Pedagogika va 
    psixologiya fani 
     
     
    650-21 guruh talabasi 
    Raimjonov 
    Muhammadali 
     
     
     
     
     
     
     
     


    Pedagogika fanining maqsadi, vazifalari va ilmiy tadqiqot 
    metodlari 
    Milliy istiqlol tufayli jadal rivojlanib borayotgan mamlakatimizda yosh 
    avlodning bilim darajasini jahon andozalari talablariga javob beradigan, fan-
    texnika yangiliklaridan xabardor, mustaqil fikrlay oladigan, hayotga dadillik bilan 
    kirisha oladigan, tadbirkor, ma’naviy jihatdan barkamol qilib voyaga yetkazish 
    dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Bu esa, avvalo, pedagogika fanini, ta’lim-tarbiya 
    tizimini zamonaviy texnologiyalar asosida takomillashtirishni taqozo etadi. 
    О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonunida (1997-yil.) ta’lim 
    davlatimiz ijtimoiy taraqqiyotida ustuvor soha deb e’lon qilinishi pedagogika fani 
    zimmasiga mas’uliyatli ulug‘vor vazifalarni yukladi. О‘sib kelayotgan yosh 
    avlodning bilimi va ularning kelajakda qanday kasb-hunar egallashlariga qarab, 
    mamlakatiniz kelajagini tasavvur qilish mumkin. 
    O‘zbek pedagogikasining vazifasi Respublikamizda yashovchi turli millat-
    elatlarning orzu-istaklariga monand ta’lim-tarbiyaning ham nazariy, ham amaliy 
    muammolarini milliy qadriyatlar asosida tо‘g‘ri hal etib berishdir. Bunda islom 
    dunyosida qalam tebratgan allomalardan tortib, zamondosh olim-u fuzalolarning 
    ta’limotlaridan ta’lim-tarbiyaga oid qirralarini izlab topish taqozo etiladi. Yosh
    avlod dunyoqarashini shakllantirishda istiqloldan avval qoralangan tasawuf ilmidan 
    ham foydalanish joiz bir mafkura yakka hokimligiga endilikda yо‘l qо‘yib 
    bо‘lmaydi. Erkin fikrlash tizimi yosh avlod ruhini tarbiyalashdagi bosh omillardan 
    biridir. Pedagogika (yunoncha. paidagogike) tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot 
    berishning nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi: eramizdan 
    oldingi I asrlarda Gretsiyada, quldorlarning bolalarini ovqatlantiradigan, sayr 
    qildiradigan, tarbiyachi-qullarni “pedagog” deb atashgan. U bolalaming kamolga 


    yetishiga mas’ul bо‘lgan. Quldorning bolasini maktabga olib borgan va olib kelgan. 
    Maktabda ishlovchi о‘qituvchilarni “didaskallar” (“didayko-men” о‘qitaman) 
    deyishgan. Feodalizm jamiyatiga kelib esa har ikki kasbdagi kishilar hamkorligi 
    natijasida ta’lim-tarbiya bilan maxsus shug‘ullanuvchilar vujudga kelgan. Ularni 
    chex pedagogi Y.A. Kamenskiy ta’kidlaganidek, “pedagog” deb nomlaganlar. 
    Ta’lim - maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida о‘tkaziladigan, 
    о‘quvchilarni bilim, kо‘nikma va malakalar bilan qurollantiradigan, bilim 
    qobiliyatlarini о‘stiradigan, ularning dunyoqarashini tarkib toptiradigan jarayon. 
    Ma’lumot - ta’lim-tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim, hosil 
    qilingan kо‘nikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar majmuyi. 
    Pedagogik faoliyat - estetik, axloqiy, siyosiy, iqtisodiy maqsadlarga muvofiq 
    ravishda yosh avlodni hayotga tayyorlashning aqlan о‘ylab kо‘rilgan, katta 
    yoshdagilarning ijtimoiy zarur bо‘lgan mehnatining о‘ziga xos turi. 
    Pedagogik jarayon - ma’lum bir maqsadga yо‘naltirilgan kattalarning 
    pedagogik faoliyati ta’sirida tashkiliy shakllantirilgan va mazmunan boyitilgan 
    hamda tarbiyachining yо‘naltiruvchi va olib boruvchi rahbarlik roli natijasida 
    bolaning о‘z-о‘zini taraqqiy ettirishi. 
    О‘zbekiston Respublikasining maxsus pedagogika metodlari quyidagilarni 
    hisobga olishga qaratilgan: 

    Shaxsning ongi va ruhiyati, unga pedagogik va tarbiyaviy ta’sir kо‘rsatish 
    imkoniyatlari tо‘g‘risidagi barqaror g‘oyalar; 

    Ijtimoiy foydali faoliyat jarayonida jamiyat va guruh (jamoa)dagi shaxsiy 
    rivojlanish xususiyatlari; 
    Ta’lim va shaxsning о‘zini о‘zi tarbiyalashning birligi. Xususiy pedagogika 
    metodlari quyidagilarni hisobga olishni о‘z ichiga oladi: 

    Naqshlar; 



    Printsiplar; 

    Ta’lim va tarbiya usullari. 
    Metodologiya nima? Metodologiya (metod va logiya so’zlari) – faoliyatining 
    strukturasi, logik to’zilish, metod va vositalari haqidagi ta’limot.Har qanday ilmiy- 
    tekshirish ishlariga avval faktlar to’planadi va shu asosida nazariy xulosalar bayon 
    etiladi. Bunda olim qanday nazariy pozisiyaga turadi, bu juda muhim, chunki uning 
    dunyoqarashi, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, uning faktlari qanday oladi, 
    qanday xulosa chiqaradi, bo’lar tadqiqot ishining asosini tashkil etadi. Shuning 
    uchun ham metodologiya hozirgi zamon fanining dunyoqarash konseasiyasini 
    o’rganadi, yanada tasdiqlangan asosiy bosh qoidalari o’rganadi.Bu qoidalarni filosof 
    ham, pedagog ham matematik ham hamma bilishi kerak.Tadqiqotning tashkil 
    qilinishi va borishi ham muhim muammo. Bu yo’llar bilan faktlar olinadi, ularni 
    qanday ishlash, baholash va bayon qilish kerak. Faktlardan qanday xulosalar 
    chiqarish kerak. Umumlashtirish kerak (bo’lgan) va bo’lar saosida nazariyani 
    qanday ishlab chiqish kerak – bo’larning hammasi maxsus fan sohasi 
    metodologiya.ir (yoki fanshunoslik). Har bir fanda umumiy asoslardan tashqari, 
    o’zining nazariy bosh qoidalari ham mavjud. Bular mazkur fanning metodologiyasi 
    ya’ni nazariy fundamentidir.Pedagogikaning metodologiyasi biz har qanday 
    pedagogik muammoni tashkil qilish asosida yotgan umumiy asosli bosh qoidalarni 
    tushuniladi. 
    Shaxs va faoliyat yondashuvi bilan birlikda dialogik yondashuv gumanistik 
    pedagogika metodlarining mohiyatini tashkil etadi. Ushbu tamoyillarni qо‘llash 
    sub’ektlarning psixologik birligini yaratishga imkon beradi, buning natijasida 
    “ob’ektiv” ta’sir о‘zaro rivojlanish va о‘z-о‘zini rivojlantirishning ijodiy jarayoniga 
    yо‘l beradi. 
    Pedagogik voqelikni bilish va о‘zgartirishning aniq ilmiy metodlari sifatida 


    kulturologik yondashuv aksiologiyaga - qadriyatlar va dunyoning qadriyat tuzilishi 
    haqidagi ta’limotga asoslanadi. 
    Madaniy yondashuv insonning qadriyatlar tizimi sifatida madaniyat bilan 
    ob’ektiv aloqasi bilan belgilanadi. Inson madaniyatning bir qismini о‘z ichiga oladi. 
    U nafaqat о‘zlashtirgan madaniyati asosida rivojlanadi, balki unga qandaydir 
    prinsipial yangilikni kiritadi, ya’ni madaniyatning yangi unsurlarini yaratuvchisiga 
    aylanadi. Shu munosabat bilan madaniyatning qadriyatlar tizimi sifatida rivojlanishi, 
    birinchidan, shaxsning о‘zini rivojlantirish, ikkinchidan, uning ijodiy shaxs sifatida 
    shakllanishini anglatadi. 
    Etnopedagogik yondashuv. Bola ma’lum bir ijtimoiy-madaniy muhitda 
    yashaydi va о‘qiydi va ma’lum bir etnik guruhga tegishli. Xalqning milliy urf-
    odatlari, madaniyati, milliy-etnik marosimlari, urf-odatlari, odatlari asosida 
    tarbiyalash pedagogik jarayonni loyihalash va tashkil etishda etnopedagogik 
    yondashuvni amalga oshirish shartidir. 
    Milliy madaniyat turli ta’lim muassasalari faoliyat kо‘rsatayotgan muhitga 
    о‘ziga xos lazzat bag‘ishlaydi. О‘qituvchilarning vazifasi, bir tomondan, bu muhitni 
    о‘rganish va shakllantirish bо‘lsa, ikkinchidan, uning ta’lim imkoniyatlaridan 
    maksimal darajada foydalanishdir. 
    Antropologik yondashuvni ilk bor K.D.Ushinskiy ishlab chiqdi va asoslab 
    berdi. Uning tushunchasiga kо‘ra, bu barcha insoniy fanlar ma’lumotlaridan tizimli 
    foydalanish va ularni pedagogik jarayonni qurish va amalga oshirishda hisobga 
    olishdir. 
    Har qanday fan dunyoni falsafiy tushunish aks ettirilgan bosh qoidalardan 
    foydalanadi. Pedagogika fanining metodologiyasi falsafaning dialektiq prinsip-
    laridir.Birinchi darajali muammo bu voqealarni qarama – qarshiligini o’rganishdir. 
    Qarama – qarshiliksiz rivojla-nish bo’lmaydi. Kaerda harakat, rivojlanish o’zgarish 
    sezilsa o’sha erda ziddiyatni qidirish kerak. Ichki va tashqi ziddiyat, asosiy va unga 


    yondosh ziddiyatlar bo’ladi.Ichki qarama – qarshilik bu tarbiyalanuvchining asosiy 
    ehtiyojlari va ularni qondirish uchun kuch va imkoniyatlarining bo’lishi bilan, uning 
    maqsadi, xohishi va imkoniyatlarining to’g’ri kelmasligi o’rtasida qarama – 
    qarshilik va boshqalar. Tashqi qarama – qarshilik hisoblanadi, lekin bularning o’zi 
    mazkur predmet, hodisalarning boshqalar bilan bog’lanishi natijasida hosil bo’ladi, 
    ya’ni tashqi qarama – qarshilik natijasida sodir bo’ladi.Tadqiqotchi hodisalarning 
    mazmunini o’rganishi uning o’zaro aloqasi va ular sohasida tashqi ziddiyatni 
    aniqlash, keyin ichki ziddiyatlarga o’tishi, ularning paydo bo’lishi, rivojlanishi 
    dinamikasini ko’rsatishi va nihoyat hodisaning mohiyatini, uning o’tishi 
    sharoitlarini ochib berishi lozim. Bu har qanday hodisalarni, shuningdek pedagogik 
    hodisalarni dam bilishning dialektik sxemasidir.O’zbekiston Respublikasining 
    mustaqil rivojlanish yo’lidagi taraqqiyoti turmushning barcha – ijtimoiy, siyosiy va 
    iqtisodiy sohalarida tub islohatlarni amalga oshirishni taqozo kilmokda.Qizil 
    imperiya o’z mavqeini mustahkam saklash maqsadida hamma sohalardagi 
    rivojlanishning me’yorlarini belgilab berib, uni cheklab qo’ygan edi. Shuningdek, 
    fanlarning ham ana shu me’yoriy – chegaradan chiqishi mumkin emas edi.Kishilik 
    jamiyati tomonidan yaratilgan umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ta’lim – 
    tarbiya sohasidagi ijobiy tajribalar bir necha yillar kamsitilgan, e’tiborga olinmas 
    edi. Chunki ular markscha – lenincha nazariyasiga mos emas, deb qaralar edi. 
    Shuningdek ta’lim tarbiya haqidagi ilg’or kapitalistik mamlakatlarda yaratilgan 
    g’oyalar burjua g’oyalari deb tanqid qilinar, rad qilinar edi.Vaholanki har qanday 
    g’oyaning ijobiy va salbiy jihatlari bo’lishi mumkinligi, uning ijobiy jihatlaridan 
    ta’lim – tarbiya jarayonida foydalanish ancha muvaffaqiyatlar keltirishini bilar edik, 
    lekin markcha – lenincha nazariyaga mos kelmagani uchun rad qilishga majbur edik. 
    Natijada ta’lim-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish rivojiga ancha to’siqlar vujudga 
    keldi.Jamiyatning rivojlanishi jarayonida inson tarbiyasi, ularning shaxs va 
    dunyoqarashida tub sifatiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Lekin bu o’zgarishlarning 


    mohiyatini ochib benrishda pedagogka fani ojizlik qilib qoldi. Pedagogika fani 
    sohasidagi ilmiy – tadqiqot ishlarida ham bir xillik, nochorlik tobora ko’zga 
    tashlanib qoldi. Respublikamizning istiqloli hamma sohadagi kabi, pedagogika fani 
    sohasidagi chekinishlariga barham berdi. Endi pedagogika tor qobig’dan qutildi. 
    Uning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Kishilik jamiyati 
    tomonidan yaratilgan ta’lim – tarbiya sohasidagi tajriba-larni o’rganish, tadkik qilish 
    sohasidagi katta ishlar amalga oshirilmokda. 
    Demak, metodologiya barcha fanlarining rivojlanishi uchun, uni o’rganish, 
    tanqid qilishda kullaniladigan eng umumiy tushunchalar, prinsplar, yondoshuvlar, 
    muammolar shuningdek eng umumiy metodlarning majmuasidan iborat.Xo’sh 
    shunday ekan, pedagogika fanining metodologiya asosi nima? Avval ham hozirgi 
    ham pedagogika fanining metodologiya asosi falsafa fani bo’lgan, falsafaning asosiy 
    masalasi esa olam bilan odam orasidagi o’zaro aloqadorlik qonuniyatlarini 
    o’rganishdan iboratdir. Olam bilan odam o’rtasidagi aloqadorlikini o’rganishdan 
    maqsad insonning o’zini o’rganishdir. Odamni inson darajasida ko’tarishda tarbiya 
    muhim rol o’ynaydi,shuning uchun ham qadimgi faylasuflar (Masalan: Aristotel, 
    Farobiy va boshqalar) inson tarbiyasi masalasini falsafaning asosiy masalasi 
    katoriga qo’yganlar. Shunday qilib falsafiy ta’limotlar tarkibida pedagogik g’oyalar 
    paydo bo’la boshlagan va rivojlanib borgan. Keyinchalik u mustaqil fan sifatida 
    ajralib chiqqan. 
    Yaxlitlik prinsipi. Pedagogika jarayonlarni o’rganishda yaxlitlik prinspiga 
    amal qilinganda inson tarbiyasi masalalarini to’g’ri tahlil qilishda 
    muvafakiyatlarga erishish mumkin. Ta’lim jarayoni yaxlit pedagogik jarayon 
    sifatida o’rganishgina inson tarbiyasi muammosini to’g’ri berishi mumkin. 
    Shuningdek, ta’lim-tarbiyaning barcha bosqichlarida insonni shakllan-tirish 
    masalasi hal etiladi. Maktabgacha tarbiya, umumiy ta’lim, o’rta maxsus va oliy 
    ta’lim – insonni tarbiyalash maqsadiga xizmat qiladi. 


    Tizimlilik prinspi. Bu prinsip yordamida, eng avvalo ta’lim va tarbiya 
    jarayonini bir butun tizim deb qaraladi.O’sha bir butun tizimni tashkil etgan asosiy 
    elementlar, komponentlar alohida olib tahlil qilinadi.Har bir element yoki 
    komponent bajaradigan funksiya aniqlab beriladi. Shuningdek, tizim ichida yana 
    alohida tarkibiy qismlar, borligi inobatga olinadi. 
    Sababiyat prinspi. Bu prinsip tasodif yoki zaruriyat,imoniyat va voqelik kabi 
    kategoriyalar orqali ochib beriladi. Har qanday ijtimoiy tuzum tarbiya sohasida o’z 
    manfaati yo’lidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirishni zaruriyat qilib qo’yadi. 
    Ushbu zaruriyat esa ba’zi imkoniyatlarni mavjud bo’lishini talab qiladi. Imkoniyat-
    larni etarli yoki etarli emasligi tarbiyaning maqsad va vazifalarini ro’yobga 
    chiqarishni ta’minlaydi. 
    Tarixiylik prinsipi. Bu prinsip har qanday pedagogik tadqiqotlarda 
    tarixiylikka asoslanishni taqozo qiladi.Tarixiy ma’lumotlar xronologik izchillikka 
    o’rganilishi va bayon qilinishi ob’ektiv xulosalar chiqarish-ga yordam beradi.Har 
    qanday fanning falsafa bilan bog’liqligi bu bilan tugamaydi 
    Pedagogika psixologiya, sotsiologiya va falsafa kabi fanlardan olingan 
    nazariy tushunchalarni o‘qitish va o‘rganish haqidagi amaliy bilimlar bilan 
    birlashtiradi. O'qituvchilar va tadqiqotchilar ta'lim amaliyoti va natijalarini 
    yaxshilashga intilishlari natijasida uning usullari va yondashuvlari rivojlanishda 
    davom etmoqda. 

    Download 116,38 Kb.




    Download 116,38 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogika va psixologiya fani 650-21 guruh talabasi Raimjonov Muhammadali

    Download 116,38 Kb.
    Pdf ko'rish