|
“PEDAGOGS”
international research journal ISSNBog'liq 97-103“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-14, Issue-2, July - 2022
98
bo’lib maydonga chiqadi. Bunda kichik biznes sub’ektlarini kreditlash markazida
tijorat banklarining ular bilan o’zaro manfaatli hamkorlikka asoslangan munosabatlari
o’rin egallaydi. Mazkur munosabatlarning uzoq muddatli jarayonlar negiziga
asoslanishi kichik biznes investitsiya loyihalarini kreditlash tizimi shakllanishiga
imkon beradi. Bugungi kunda davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
qo’llab-quvvatlash tizimi tarkibida kichik biznes vakillari o’z faoliyatlarini tashkil
etish, rivojlantirish va kengaytirish uchun imtiyozli kreditlardan foydalanishda
quyidagi imkoniyatlarga egalar. Aholi bandligini ta’minlashning xududiy va maqsadli
dasturlariga xizmat ko’rsatuvchi banklar bilan kelishilgan holda kiritilgan yuridik
shaxslarga Ish bilan ta’minlashga ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’lari
hisobidan yangi ish o’rinlarini yaratishga maqsadli kreditlar 50000 AQSh dollarining
so’mdagi ekvivalentigacha bo’lgan miqdorda beriladi. Byudjetdan tashqari
jamg’armalar mablag’lari hisobidan ishlab chiqarishni kengaytirish va faoliyatini
rivojlantirish maqsadlari uchun kichik biznes sub’ektlarini mikrokreditlash bank
marjasi qo’shib hisoblanadigan imtiyozli foiz stavkasi asosida amalga oshiriladi.
Ushbu mikrokreditlarga doir imtiyozli foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta
moliyalash stavkasiga nisbatan qat’iy foizlarda belgilanadi.
Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik milliy iqtisodiyotning 13
foizini tashkil etadi, mamlakatimizda ish o‘rinlarining 14 foizi, yalpi ichki
mahsulotning 58 foizi ushbu tarmoqda yaratilmoqda. Taqqoslash uchun, Rossiya
Federatsiyasida bu ko'rsatkich mos ravishda 13% va 14%, Evropa Ittifoqida esa 18%
va 20% ni tashkil qiladi. O‘zbekistonda kichik korxonalarning ulushi umumiy
korxonalar sonining 7-9 foizini, iqtisodiy ko‘rsatkichlari esa o‘rtacha 26 foizni tashkil
etadi. Bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar sonida
kichik o'rta biznesning ulushi 14 foizni, yuridik shaxs maqomiga ega kichik korxonalar
50 foizni tashkil etadi. Ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining
asosiy ulushini kichik biznes tashkil etadi. Shuni ta'kidlash kerakki, kichik biznesning
(mikro, kichik, o'rta) Evropa Ittifoqi yalpi ichki mahsulotidagi ulushi o'rtacha 60% ga
proportsionaldir. Kichik biznes rivojlanishining xorijiy davlatlar darajasida sezilarli
darajada sekinlashuvining asosiy sabablaridan biri moliyaviy resurslarning, ayniqsa,
|
| |