|
Pishitish va o‘rash jarayonlari yangiliklari
|
bet | 2/2 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 265 Kb. | | #232264 |
Bog'liq 1524043040 71243Pishitish va o‘rash jarayonlari yangiliklari
Piliklash mashinasining keyingi yangiliklari pishitish jarayoni bilan bog’liqdir. Ma‟lumki, ingichkalashtirilgan mahsulotni pishitish pilik o’ralayotgan g’altak bilan cho’zish asbobining oldingi jufti qisqichi orasida amalga oshiriladi.
Birinchi va ikkinchi qator g’altaklarga yo’naltirilgan pilik buramlar taqsimlagichigacha bir xil burchakda harakatlanib, buram qiymatlarining bir xilligini ta‟minlaydi (3-rasm).
3-rasm.Buram taqsimlagichlarning joylashishi.
Bunda shakllanayotgan pilik buram taqsimlagichning yuza sirtini bir xil burchakda qamrab o’tishi natijasida buramlar mahsulot uzunligi bo’yicha teng taqsimlanadi. Buram taqsimlagichning yuza sirti ko’pincha bo’rtmali qilib yasalgani tufayli undan o’tayotgan pilik qo’shimcha ravishda soxta buram olib, uning strukturasi hamda xossalari yaxshilanadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, osma ragulkaning g’ovak shohidan, so’ngra uning lapkasini qamrab o’tayotgan pilik buramlarni ragulkaning aylanishi natijasida oladi. Ragulka osma bo’lganligi uchun vibratsiya deb ataluvchi tebranishlarga kam duchor bo’lishi tufayli uning aylanishlar chastotasi va tegishlicha mashina unumdorligini sezilarli darajada oshirishga muvaffaq bo’lingan.
Pilikni o’rash jarayoni odatdagidek o’rash shartlarining bajarilishi asosida amalga oshiriladi. Birinchi sharti g’altakning aylanishlar chastotasi ragulkanikidan tezroq bo’lishi va har bir o’rov qatlamida kamayishi; ikkinchi shart g’altaklar karetkasining harakati tezligi har bir qatlamda kamayishi; uchinchi shart g’altaklar karetkasining harakati qulochi har bir qatlam oxirida kamayishi; va nihoyat to’rtinchi shart g’altaklar karetkasi harakati yo’nalishi har bir qatlam oxirida o’zgarishi hisoblanadi.
Pilikning o’ralishida ikkala qator g’altaklariga o’ralayotgan mahsulot tarngligining bir xil bo’lishi muhim rol o’ynaydi. SHuning uchun cho’zish asbobidan chiqayotgan pilik tarangligini nazorat etuvchi maxsus distansion ROJ tizimi qurilmalari o’rnatiladi(4-rasm). Ikkita sensor va protsessor yordamida pilikning tarangligi o’rash davomida doimiy qilib ushlab turiladi. Natijada soxta cho’zilishlar oldi olinib, pilikning tekisligi yuqoriligi ta‟minlanadi. Ayrim hollarda pilik uzilishini nazorat etuvchi qurilmalar o’rnatiladi (5-rasm).
4-rasm. Distansion ROJ tizimi 5-rasm. Pilik nazoratchisi o’rnatilishi
Uning bittasi ikkita yondosh pilikni nazorat etib, uning biri uzilishi bilan mashina darhol to’xtaydi. Pilikni o’rash jarayoni o’zgarmagan bo’lsa-da, bo’sh g’altaklarga pilik o’ralishining boshlanishi avtomatik tarzda amalga oshirilganligi bois pilikning uchi g’altakning yopishqoq belbog’iga ilashib o’ramlar aniq shakllanadi (6-rasm a).
6-rasm. Yopishqoq belbog’ga pilik uchi ilashishi
a
Piliklash mashinasi ishchi organlariga harakat uzatilishi sxemasi b). 1ragulka, 2-g’altak, 3- karetka va 4-cho’zuvchi silindrlar matorlari
O’rash shartlarining bajarilishida tezliklarning o’zgarishi chastota o’zgartiruvchisi-invertor yordamida amalga oshirilishi va g’altak osma bo’lganligi uchun harakat uzatilishi sxemasi ham yangicha yaratilgan bo’lib, differensial hamda qulf mexanizmlari qo’llanilmaydi (6-rasm b). O’rash jarayonini boshqarishda asosan “enkodr” deb ataluvchi mexanizm ishlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Pirmatov A.P.va boshqalar, Xom ashyoni yigirishga tayyorlash, leksiyalar matni, TTESI, 2015y.;
www.rieter.com, mashina pasportlari;
www.truetzschler.com, mashina pasportlari;
www.marzoli.it, mashina pasportlari
|
| |