|
Yuklash
Foydalanuvchi tizimga hujjat yuklaydi
Qidirish
|
bet | 2/3 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 378,53 Kb. | | #114798 |
Bog'liq Q.Sabrina. 7-mavzuYuklash
Foydalanuvchi tizimga hujjat yuklaydi
Qidirish
Tizim qidirishning noyob algoritmi yordamida manbalar bazasida hujjat matnini qidiradi
Tahlil qilish
Tizim mos kelishlarni tahlil qiladi va o‘zlashtirib olishlar yoki iqtibos keltirishlar fragmentlarini aniqlaydi
Natija
Foydalanuvchi hujjatni o‘zlashtirib olishlarga tekshirish natijalari to‘g‘risidagi hisobotni oladi
Biz “Antiplagiat” tizimini u foydalanuvchilarimizning asosiy ehtiyojlariga javob beradigan qilib yaratdik. Tizimda shaxsiy kabinet, hujjatlarni boshqarishning qulay sxemasi va tekshirishlarning shaxsiy tarixi ko‘zda tutilgan. Oson navigatsiya va ixcham dizayn tizimda joyni aniqlashga va ishlash uchun kerakli vositalarni osongina topishga yordam beradi. Biz matnlaringiz sifatini oshirish uchun barcha mumkin bo‘lgan zamonaviy texnologiyalardan foydalanish maksimal darajada qulay bo‘lishiga intilamiz. Sichqoncha tugmasini bir necha marta bossangiz kifoya — hujjatlar bo‘yicha batafsil hisobot tayyor!
Biz foydalanuvchilarimiz o‘z ishlarida eng dolzarb ma’lumotlardan foydalana olishlariga intilamiz. Har kuni 126 mingdan ortiq foydalanuvchi o‘z matnlarini tekshirish uchun “Antiplagiat” tizimiga yuklaydi. Ma’lumotlarning shunchalik katta hajmiga qaramasdan hujjatlaringizning maxfiyligiga to‘liq amal qilinishiga ishonchingiz komil bo‘lsin. Biz mijozlarimiz xavfsizligi uchun qayg‘uramiz va foydalanuvchilarga “Antiplagiat” tizimiga yuklangan barcha ma’lumotlarning 100% himoya qilinishini kafolatlaymiz. Tizimga kirish qat’iy tarzda foydalanuvchiga ro‘yxatdan o‘tish vaqtida beriluvchi login va parol asosida amalga oshiriladi. Sizning birorta ham hujjatingizdan tizimning boshqa foydalanuvchilari hamda undan tashqaridagilar foydalana olmaydi.
Biz foydalanuvchilarimiz o‘z hujjatlarini tekshirishda maksimal darajadagi imkoniyatlarga ega bo‘lishlari uchun qayg‘uramiz. “Antiplagiat” tizimi yordamida har bir foydalanuvchi bevosita o‘z hujjatini tekshirish uchun manbalar to‘plamlarini tanlashi mumkin. Ulanuvchi modullarning keng ko‘lamdagi ro‘yxati o‘zlashtirib olishlarni qidirish bo‘yicha o‘z tizimini shakllantirish imkoniyatini taqdim etadi. Sizda hamkorlarimizning (RDK, eLIBRARY, Garant, LEXPRO) to‘plamlarini ulash, iboralari o‘zgartirilgan va tarjima qilingan o‘zlashtirib olishlarni izlash va hattoki grafik tasvirlardagi matnni tanib olish imkoniyati mavjud. Tekshirish bo‘yicha batafsil hisobot Sizga hujjatdagi qaysi matnli fragmentlarning to‘g‘ri va qaysilarini noto‘g‘ri rasmiylashtirilganini aniqlashingizga yordam beradi.
|
| |