|
Plagioklaz
|
bet | 2/3 | Sana | 10.12.2023 | Hajmi | 1,46 Mb. | | #115258 |
Bog'liq PlagioklazTA’RIF
Yacheykalarning turiga a, b, c tomonlarining o‘zaro nisbati va ular orasidagi burchaklari qiymati ta’sir ko‘rsatadi. Shular asosida yetti kristallografik singoniya (bir xil simmetriyali komplekslar bilan xarakterlanuvchi simmetriya turlari yigindisi) lar mavjud: 1) kubik, 2) geksagonal, 3) tetragonal, 4) trigonal yoki romboedrik, 5) rombik, 6) monoklin va 7) triklin. 7- rasmda yacheyka turlarining ko‘rinishi va 2-jadvalda ularning parametrlari keltirilgan.
TA’RIF
Triklinik singoniya kristallografiyadagi yetti singoniyadan biridir. Uning birlik hujayrasi turli uzunlikdagi uchta asosiy vektor (translyatsiyalar) bilan belgilanadi, ularning orasidagi barcha burchaklar to'g'ri emas. Shunday qilib, hujayra shakli oltita parametr bilan belgilanadi: asosiy vektorlarning uzunligi a, b va c va ularning orasidagi burchaklar α, β va γ
Orolli silikatlar - struktura tuzilishida tetraedrlar bir-biri bilan uchlari orqali birikmaydigan silikatlar. SiO44-
Halqali silikatlar- kremniy kislorodli tetraedrlar asosida ikki, uch, tо‘rt, olti hadli halqalardan iborat radikallar asosida hosil bо‘lgan silikatlar.
Si2O76- , Si3O96- , Si4O128- , Si6O1812
Zanjirli va tasmali silikatlar - tetraedrlar cheksiz zanjir shaklida bog‘lanadigan strukturaga ega bо‘lgan silikatlar SiO44
Qavat-qavatli silikatlar-geksagonal yoki psevdogeksagonal tuzilishdagi kremniy kislorodli qavatlardan tashkil topgan silikatlar Si2O52-
Sinch tuzilishidagi silikatlar - kremniy kislorodli tetraedrning tо‘rttala kislorod ioni bir vaqtda ikkita tetraedrga tegishli bо‘lib qolgan sharoitda cheksiz uch о‘lchamli sinchni hosil qilgan silikatlar Si4O8-
Agarda kremniy kislorodli tetraedrlarning bir-biri bilan birikishi jarayonida ularning 4 ta uchida joylashgan kislorod ionlari ikkita qо‘shni kremniy atomlari uchun umumiy bо‘lib qolsa, uch о‘lchamli cheksiz bо‘lgan sinch strukturasi vujudga keladi. Bu holda kremniy bilan kislorod orasidagi nisbat 1:2 ga teng bо‘lib, struktura elektroneytral bо‘lib qoladi va unga hech qanday kationlarning bog‘lanishi mumkin emas. Shunday kremniy kislorodli sinchlar kvarsning polimorf modifikasiyalariga hosdir (6-rasm).
Agarda sinch strukturasining hosil bо‘lishida qavatlar qо‘shilishi natijasida umumiy bо‘lib qolgan kislorod atomlari juft tetraedrlar uchun simmetriya markazi bо‘lib qolsalar, unda kvarsning yuqori temperaturali modifikasiyasi bо‘lmish - kristobalit hosil bо‘ladi. Agarda umumiy bо‘lib qolgan kislorod atomi orqali simmetriya tekisligi о‘tsa, unda yuqori temperaturali geksagonal - tridimit vujudga keladi. Bunda Si2O5 halqalari kristalldan о‘tuvchi kanallar hosil qiladilar. Kristobalitda ushbu bо‘shliqlar 3 ta qavatga tо‘g‘ri keladigan balandlikni egallaydi.
|
| |