|
Plastilindan o’yinchoqlar yasash va ularning bolalar hayotidagi tarbiyaviy ahamiyati kirish
|
bet | 3/5 | Sana | 26.05.2024 | Hajmi | 158,85 Kb. | | #254411 |
Bog'liq Maktabgacha ta’lim muassasasida loy va plastilindan o’yinchoqlarPredmetli o‘yinchoqlar yasash. Predmetli o‘yinchoqlar yasashda ayrim predmetlarni tasvirlash bola uchun, masalan, rasm chizishga nisbatan ancha oson tuyuladi, chunki o‘yinchoq yasayotgan bola real hajm bilan ishlaydi va shartli ifoda vositalarini qo‘llamaydi. Bolalar odam va jonivorlar figuralarini qiziqib yasaydilar. Shuningdek, ular plastik shakldan ko‘ra konstruktiv predmetlarni ifodalashni tezroq o‘zlashtiradilar. Tadqiqotlar ta’lim natijasida bolalarga odam va jonivorlar tasvirini dastlab konstruktiv, keyin plastik usulda ifodalash usulini nisbatan to‘g‘ri ifodalashni o‘rgatish mumkinligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun bog‘chada kichkintoylarga predmetlarning asosiy shakli va eng yaqqol, xarakterli belgilarini ifodalashni o‘rgatish vazifasi turadi. Syujetli o‘yinchoqlar yasash ham rasm chizish bilan qiyoslanadigan rasm chizishga nisbatan o‘z xususiyatiga ega. Rasmda syujetli kompozitsiya ko‘pincha tasvirlashning shartli usullaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lsa (masalan, odamning yonidan ko‘rinishi bitta ko‘rinadigan tomonidan tasvirlansa; birinchi rejadagi predmetlar ikkinchi rejadagi figuralarga qaraganda yirikroq tasvirlansa va hokazo), Plastilin o‘yinchoqlar yasash shakllarni shartli ravishda o‘zgartirishni va fazo to‘g‘risida tasavvur hosil qilish uchun nisbatlarni qisqartirishni taqozo etmaydi.
Bolalar odatda keng syujetli tasvirlashga intilmaydilar — buni bog‘chadagi kichik va o‘rta guruhda ham, ba’zan katta guruhda ham kuzatish mumkin. Bola, masalan qizcha va jo‘janing harakatsiz holatda ifodalash bilan cheklanishi mumkin, lekin o‘sha zahoti ularni o‘ynay boshlaydi. Figuralarni stol ustida harakatlantirish, o‘sha harakatlarga mos gaplarni aytish bola yasagan o‘yinchoqni dinamika bilan to‘ldiradi, figuralarni xayoliy epizod ishtirokchilariga aylantiradi. Odatda syujetli o‘yinchoqlar yasash mana shunday o‘yindan boshlanadi. Bolalar o‘yinchoqning mazkur turiga qiziqishi, tasvirlash usullarini o‘rganishi tufayli keng syujetli o‘yinchoqlarni ham yasaydilar. Syujetli o‘yinchoq yasash boladan ko‘p ishlashni talab qiladi, chunki u kompozitsiyaga kiruvchi har bir predmetni yasashi, uni taglikka yoki tagliksiz kerakli holatda o‘rnatishi, detallar bilan to‘ldirishi lozim. Syujetli kompozitsiya tuzish uchun avval taglik, uning hajmi va shakli haqida o‘ylab ko‘rish, keyin uni yasash, ustiga predmetlarni taqsimlash va mustahkamlash kerak. Ko‘pincha bolalar dastlab taglikning hajmi va shaklini o‘ylamaydilar, unga predmetlarni mustahkamlamaydilar, uni yupqa qilib yasaydilar. Taglikning shakli va o‘lchami umumiy muzmunga, figuralarning shakli va o‘lchamiga bo‘ysunmaydi. Buning sababi shuki, mazkur yoshdagi bolalar nazarida taglik — faqat bir sirt (pol, yer) bo‘lib, ustiga predmetlar joylashtiriladi. Tarbiyachi bolalarga qalin, yetarlicha hajmli va chiroyli taglik yasashni, uning ustiga predmetlarni mantiqan to‘g‘ri joylashtirishni o‘rgatishi kerak. Bu kompozitsion xarakterdagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish imkonini beradi.
Tevarak-atrofdagi hayot epizodlari, ba’zi ertaklar, hikoyalar mazmuni Plastilindan o‘yinchoqlar uchun syujet bo‘lishi mumkin. Syujetli kompozitsiyalarning ifodaliligi faqat bolalar shaklni qay darajada tasvirlay olishiga emas, balki harakat tasviri orqali figuralarning o‘zaro aloqasini ifodalay olishiga ham bog‘likdir. Syujetli o‘yinchoqlar yasashdagi asosiy vazifa: bolalarga 2—3 predmetdan iborat kompozitsiyani o‘ylash va tavsirlashni; syujetni hal qilishga ijodiy yondashish va asosiy narsani bo‘rttirib ifodalashni; predmetlarning shakli va nisbatlari haqidagi bilimlaridan, jonli obyektlar harakati ustidagi o‘z kuzatishlaridan, o‘yinchoq yasashning turli usullaridan foydalanishni o‘rgatishdan iboratdir. Plastilindan syujetli o‘yinchoqlar yasash, bog‘chaning faqat katta va tayyorlov guruhlarida amalga oshiriladi. Chunki bola predmetlar to‘g’risida ko‘p narsalarni bilishi hamda tasvirlashning turli usullaridan foydalana olishi kerak.
Oldingi guruhlarda bolalar faqat syujetli o‘yinchoqlar yasashga tayyorlanadilar hamda kerakli bilim va ko‘nikmalarni egallab boradilar. Dekorativ o‘yinchoqlar yasash. Bolalarga estetik tarbiya berish vositalaridan biri bolalarni xalq amaliy san’ati, uning har xil turlari, shu jumladan, xalq ustalarining mayda dekorativ plastikasi bilan tanishtirishdir. Qo‘g‘irchoq, hayvon, qushlarni ifodalaydigan chiroyli umumlashgan shakllar bolalarni quvontiradi va ularning badiiy didi rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, tasavvur va fantaziyasini kengaytiradi. Turli xalqlarning kulollari yaratgan chiroyli idishlar bolalarga juda yoqadi. Bolalar oddiy, ba’zan g‘alati shakldagi krujkalarni, tuzdonlarni, gultuvak vazalarini maroq bilan tomosha qiladilar.
Katta guruhdagi bolalar xalq ustalarining mayda dekorativ plastikalarini ko‘rib o‘yinlar, xonani bezatish va sovg’a uchun qiziqarli buyumlar yasashlari mumkin. Ular qo‘g‘irchoqlar uchun munchoq va taqinchoqlarni juda yaxshilab va maroq bilan yasaydilar, dekorativ idishlar: tuzdonlar, tuxumlar uchun tagliklar va bahorgi gullar uchun kichkina vazalar, stakanlar va qalamlar uchun patnislar yasashni bajaradilar. Bu buyumlar barg, gul, hayvonlar shaklida bo‘lishi va ularni guash yoki guash bilan bezash mumkin. Qanotlari va dumi
chiroyli bezalgan dekorativ qushlarni ham o’yinchoq yasashning mana shu turiga kiritish kerak.
Dekorativ o‘yinchoq yasash bolalarga avval mavzuni o‘ylashni, eskizlarni rasm holida tayyorlab olishni, predmetning shakli va bezaklarini shartli hal qilishni o‘rgatish imkonini beradi. Masalan, tuzdon gul shaklida, qush yoki qo‘ng’iz qanotlari turli dekorativ elementlarni: geometrik shakllar (doira, kvadrat, romb, uchburchak va hokazolar)ni, o‘simlik shakllari (ho‘l meva, barg, o‘t, gul va boshqalar)ni o‘z ichiga olgan ornament qilib bezatilishi mumkin. Bolalarga dekorativ plastinka va boshqa devor bezaklarini ornament bilan chiroyli qilishni tavsiya etish foydalidir.
Dekorativ plastinkani ishlash orqali bolalar asboblardan foydalanishni, o‘yinchoq yasashning har xil usullarini, eng muhimi bo‘shliqni chiroyli dekoratsiyalar bilan to‘ldirishni o‘rganadilar. Ba’zi elementlarni naycha, kvadrat, uchburchak va boshqa shakldagi maxsus qalam bilan bajarish mumkin. Mixlar va turli shakldagi qalpoqchali vintlardan shunday asbob sifatida foydalansa bo‘ladi. Loydan yasalgan plastinkaga uchli yog‘och qalamlar bilan naqsh chiziladi. Keyin uni guash bilan bo‘yaladi yoki dekorativ o‘yinchoq yasashning eng murakkab turi — relyef tushiriladi. Bunda plastinkaga rasm chiziladi, keyin rasm bo‘ylab ornamentlar o‘yiladi. Ular plastinkaning umumiy sirtidan biroz bo‘rtib turadi. Bu ish qo‘l barmoqlaridagi mayda muskullarning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi, bolani barmoqlar; uchi bilan ishlashga o‘rgatadi, qo‘l barmoqlarining bukiluvchan va shakllarni yaxshiroq sezadigan qiladi. Odatda bolalar bog‘chasida o‘yinchoqlar uchun Plastilindan foydalaniladi. Bolaga o‘yinchoqlar yasashni o‘rgatishda loy asosiy material bo‘lishi kerak. Chunki u plastik, bir tusli, chiroyli material sifatida bolaga predmetlar shaklining yaxlitligini tushunish imkonini beradi. Bola loyning bitta zuvalasidan juda ko‘p o‘yinchoqlar va bir necha o‘yinchoqlardan iborat kompozitsiyalar tayyorlashi mumkinki, bu ishni plastilin bilan bajarib bo‘lmaydi. Loy plastilinga qaraganda yana bir afzallikka ega; loydan yasalgan buyumlarga keyin mufel pechida yana ishlov berish yoki yaxshi quritilgandan so‘ng guashga tuxum sarig‘ini qo‘shib bo‘yash mumkin.
O‘yinchoqlar yasashda plastilindan foydalanish odatda kichik shakllarni rangli qismlar bilan ifodalashga olib keladi. Bu doimo maqsadga muvofiq bo‘lavermaydi, u shaklni yaxlit idrok etishga xalal beradi. Chunki, tarbiyachi bolaga qiziqarli o‘yinchoqlar turkumini yasash uchun yetarli bir rangli kata plastilinni berish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Bundan tashqari, u rangli material, rang esa qo‘shimcha tasviriy vosita sifatida ko‘pincha bolani asosiy narsa - shaklni tasvirlashdan chalg‘itadi. Bularning hammasi maktabgacha ta’im
muassasasi dasturining muhim vazifasini bajarishni - bolalarga predmetlarning asosiy shaklini ko‘rish va yaratishni o‘rgatish ishini qiyinlashtiradi. Shuni ham nazarda tutish kerakki, 2-4 yoshli bolalar uchun mashg‘ulot oldidan bu material biroz isitilsa-da, ishlov berish qiyinlik qiladi. Plastilindan 5-7 yoshli bolalar bilan ishlashda foydalanish yaxshi natija beradi, chunki ularning qo‘llaridagi mayda muskullar yetarli darajada rivojlangan, ularda predmetning kichik detallarini ifodalash: figuralarning kiyimlarini, syujetli o‘yinchoqlardagi o‘simliklar shaklini bezash istagi bo‘ladi. Biroq katta guruhda ham plastilindan
ayrim mashg‘ulotlardagina foydalanish lozim. Shunday qilib, loy - bolalar bilan olib borilaigan ishlarda asosiy materialdir. Xo‘sh, o‘yinchoqlar yasash mashg’ulotlari uchun loyni qayerdan olish kerak? Loyni bevosita yerning o‘zidan olish mumkin. Soz tuproqli, balchiq loy, daryo va ariqqa yaqin joylarda tayyor holda uchraydi. Shuning uchun loyni yozda bolalar bog‘chasi bog‘ hovliga ko‘chib borgan paytda qidirish kerak. Ko‘p tarbiyachilar loy topolmay qiynaladilar. Loyni tayyorlashdan cho‘chiydilar. Aslida bu unchalik qiyin ish emas. Bir marta yaxshi loy qorib qo‘yilsa, u butun yil davomida ishlatishga yarayveradi.
|
| |