|
Plastilindan o’yinchoqlar yasash va ularning bolalar hayotidagi tarbiyaviy ahamiyati kirish
|
bet | 5/5 | Sana | 26.05.2024 | Hajmi | 158,85 Kb. | | #254411 |
Bog'liq Maktabgacha ta’lim muassasasida loy va plastilindan o’yinchoqlarBirinchi bosqich — predmetni yaxlit idrok etishni tashkil qilishdir. Bu bosqich barmoqlar va ko‘zlarning yuqorigi nuqtadan pastga asosiy xarakterli chiziqlar bo‘ylab izchil va uzluksiz (tepadan pastga va qandaydir spiral bo‘yicha) harakatlanishidan iboratdir. Predmet doimo muayyan holatda bo‘ladi. (uni chap qo‘l tutib turadi, o‘ng qo‘l kuzatadi; predmet stolda harakatsiz turishi ham mumkin).
Ikkinchi bosqichda predmetni qo‘l va nigoh bilan kuzatishda uning asosiy qismlari tahlil qilinadi, ularning xossalary (shakli, kattaligi, mutanosibligi va hokazolari) aniqlanadi; barmoqlarning harakati go‘yo ularning chuqurligi nisbatlarini o‘lchaydi, fazodagi o‘zaro munosabatlarini aniqlaydi.
Uchinchi bosqich — predmetning yanada maydaroq qismlarini kuzatish, ularning shakli, kattaligi va asosiy qismlarga nisbatan fazodagi holatini aniqlab olishdir.
To‘rtinchi bosqich — predmetni yaxlit hodda takroran idrok etishdir. Bunda qo‘l va ko‘zning yuqoridan pastga umumiy yakunlovchi harakatlari sezish orqali olingan ma’lumotlarni yaxlit obrazga birlashtirish imkonini beradi. Kuzatishni predmet sirtining strukturasi(tarkibi, tuzilmasi)ni tahlil qilishga (uni
silab ko‘rishga) ham qaratish mumkin. Bunda qo‘l barmoqlarining hammasini ishga solish kerak. Materialning tarkibini aniqlash uchun predmetning sirtiga qattiq bosib ko‘rish usuli qo‘llaniladi.
Shunday qilib, bolalarga umumlashgan harakatlar tizimini amalga oshirish tavsiya etiladi. Ular bu ishni dastlab kattalar rahbarligida, keyinroq mustaqil holda bajaradilar.
AMALIY MASHG’ULOT
Bugun cizlarga plastilindan turli tuman narsalar yasash usullarini havola etamiz. Buning uchun plastilin va maxsus shakl beruvchi pichoqchalar kerak bo‘ladi.
Qizil plastilindan dengiz yulduzchasi yasaymiz.Olti burchakli yulduzcha shaklini yasab olganimizdan so‘ng ularda teshikchalar hosil qilamiz.
Xonqizi yasashimiz uchun esa qizil, qora va oq plastilinlar kerak bo‘ladi. Qizil plastilindan dumaloq shakl yasab olamiz. Qorsaidan yasagan dumaloq shaklimiz qizilga nisbatan sal kichikroq bo‘lishi kerak. Oq plastilindan ko‘zlarini yasash uchun kichkinagina sharchalar shakllantiramiz. Ko‘z qorachiqlari va xonqizining xollari uchun qora plastinlindan foydalanamiz.
Havorang, yashil va pushti rangli plastilinlardan toshbaqalar yasaymiz. Havorang plastilindan oyoqchalarini va boshini yasab olamiz. Yashil rangli plastilindan toshboqa qobig‘ini yasab, pushtirangli plastilindan bumaloqchalar hosil qilib, qobig‘ini bezatamiz.
Havorang plastilindan filcha yasaymiz. Tanasini yasash uchun avvaliga kattaroq dumaloq yasaymiz. kichikroq dumaloqchalardan oyoqlarini yasab olamiz. Filchamizning hartumi ham shu plastilindan bo‘ladi. Faqat Quloqlarini pushtirangli platilin bilan bezatamiz. Tishlari va ko‘zlarini oq plastilindan, ko‘z qrachiqlarini esa qora plastilindan yasaymiz.
Ninachi yasashimiz uchun ko‘k va yashil plastilin kerak bo‘ladi. Yashil plastilindan uzunchoq shaklda ninachi tanasini yasaymiz. Ko‘k plastilindan esa qanotlarini yasab olamiz. Ularni birlashtirgach oq plastilindan ko‘zlarini asaymiz.
|
| |