Plastmassalarni qayta ishlash texnologiyasi quyidagi jarayonlardan




Download 224.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana22.05.2023
Hajmi224.13 Kb.
#63221
1   2   3   4
Bog'liq
Vahobov Shaxzodbek G’ofurjon o’g’li
Хат Реология, MUHAMMADJONOV C 2, Listing, Психологиялык тест (кк тилде) (2), «АУДИТ» ФАНИДАН МАЪРУЗА МАТНЛАР ТЎПЛАМИ, O, 2 5233456386486048311, Диелектрик қўлқоплар, этиклар, калишлар ва гиламчалар билан ишлаш, 3-m (1), 11-maktab jadval katta sinf, 1, Algaritim 1 topshiriq, 2 статья Джизак Проблемы устойчивого развития регионов РУз, 51-100 test 31.05.2023
Plastmassalarni qayta ishlash texnologiyasi quyidagi jarayonlardan 
iborat: 


1. Kimyoviy tarkibni o ‘zgartirish, polimerga to‘ldiruvchilar, plastifikatorlar 
kiritish va ularga termomexanik ishlov berish; 
2. Olingan materialga shakl berish, ya’ni plastmassa buyumlar tayyorlash. 
Buyum konstruksiyasi ilmiy jihatdan asoslangan va aniq bir ekspluatatsiya 
sharoitini hisobga olgan holda ishlangan bo‘lishi shart. Shunday qilib 
polimerlarni qayta ishlash texnologiyasi, yuqorida qayd etganimizdek, o‘z ichiga 
turli polimerlarning zarur xossalarini yaxshilash va ularni tayyor buyumga 
aylantirish jarayonlaridan iboratdir. Plastmassalarni qayta ishlashning texnik 
usullariga quyidagilar kiradi: bosim ostida quyish, ekstruzitsiyalash, 
pigmentlarni 
polimerlarga 
aralashtirish, 
polimer 
plyonka 
yuzasini 
modifikatsiyalash va boshqalar. Bosim ostida quyish, ekstruziyalash usullari 
keng tarqalgan va unumli usullardan biri bo‘lib, unda polimerlar oqimini 
kuzatish mumkin. Bunda ularning fizik va kimyoviy xossalari o'zgarmaydi. 
Polimerlarning 
kristallanish 
darajasi 
orqali 
makromolekulalarning 
oriyentatsiyalanishini rostlash, tekstil tolalari va plyonkalar islilab chiqarishda 
ularning mexanik xossalarini yaxshilash mumkin. Bunda materiallarning fizik 
xossalari qaytmas tarzda o'zgaradi va oqish jarayonida kimyoviy reaksiyalar 
sodir bo‘lmaydi. Polimerni qayta islilashda reologiya fani katta rol o‘ynaydi, 
chunki polimerlarni qayta ishlash jarayonlarida deformatsiyalanish va 
oquvchanlik alohida o'rin egallaydi. Polimerlarni qayta ishlashda kristallanish, 
polimerlarning dielektrikligini hisobga olish lozim. Shuningdek, polimer 
yuzasida sodir bo`ladigan kimyoviy reaksiyani hamda uning issiqlik o'tkazish 
xossalarini ham e’tiborga olish kerak. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish 
va mahsulot sifatini yaxshilash maqsadida plastmassalarni qayta ishlashda yarim 
avtomat va avtomatlashgan liniyalar, mikroprotsessorli texnika va sanoat 
robotlarini keng qo‘llash hozirgi kun talabidir. Qayta ishlash usuli bilan olingan 
plastmassa buyumlarga sifatli manzarali ishlov berish, pardozlash va ularni 
bozorbop qilish bilan birga buyum qo‘llaniladigan sohani texnik-iqtisodiy 
asoslab berish kerak. Har bir polimerdan qanday buyum yoki mahsulot ishlab 
chiqarish kerakligini va shu mahsulotga bo‘lgan talabni yaxshi o‘rganish lozim. 
Polimerlarni plastmassa, rezina-texnik buyumlar, lok-bo‘yoq materiallar va 
tolalar olish uchun qayta ishlashda xomashyoni to‘g‘ri tanlay olish va buning 
uchun polimerlarning xossalarini, tuzilishini va ularni qayta ishlash jarayonidagi 
o'zgarishlami yaxshi bilish kerak. Plastmassa va rezina-texnika buyumlarni 
ishlab chiqishda chiqindilar hosil bo‘lishi mumkin (ayniqsa, reaktoplastlar, 
revulkanizatsiyaga uchragan kauchuklarda). Ularni yoqish, suvga tashlash yoki 
yerga ko'mish yaramaydi (masalan, polietilentereftalatdan tayyorlangan 


idishlar). Bu maqsadda har bir korxona o'zining ekologik tadbirlarini ishlab 
chiqqan bo‘lishi lozim. Unda chiqindini kamaytirish, uni qayta ishlash, 
ifloslangan havoni tozalash va hakozolar aks ettirilgan bo'ladi. 

Download 224.13 Kb.
1   2   3   4




Download 224.13 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Plastmassalarni qayta ishlash texnologiyasi quyidagi jarayonlardan

Download 224.13 Kb.
Pdf ko'rish