|
Potensiometr. Arduino orqali yorug‘lik diodini yorug‘lik darajasini o‘zgartirishini namoyish etish. Potensiometrni xarakatlantirish orqali yonayotgan yorug‘lik diodining sonini o‘zgartirish (Arduinoda)
|
bet | 1/3 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 1,03 Mb. | | #135770 |
Bog'liq 3-mavzu
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
“KOMPYUTER INJINIRINGI” FAKULTETI
“AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” KAFEDRASI
“O’RNATILGAN TIZIMLAR”
fanidan
3- MAVZUSINI BAJARISHGA
NAMUNA
Mavzu: Potensiometr. Arduino orqali yorug‘lik diodini yorug‘lik darajasini o‘zgartirishini namoyish etish. Potensiometrni xarakatlantirish orqali yonayotgan yorug‘lik diodining sonini o‘zgartirish (Arduinoda).
Fan o‘qituvchisi: Mirsaidov B.M
SAMARQAND _ 2022
3- Mavzu. Potensiometr. Arduino orqali yorug’lik diodini yorug’lik darajasini o’zgartirishini namoyish etish.
Ishning maqsad. Potensiometr va Arduino orqali yorug’lik diodini yorug’lik darajasini o’zgartirishini namoyish etish haqida amaliy tushunchalarga ega bo’lish.
Potentsiometr orqali kirish qiymatlarini o’qish orqali LED yorug’ligini yorqinligini boshqaradigan Arduino analog kirish funktsiyasi yaratiladi. Analog kirish ADC (Analog-to Digital Converter) funktsiyasiga ega pin. Tashqi tomondan kiritilgan analog signalni analog qiymatida o’qish funktsiyasini amalga oshirish uchun chip ishlashi paytida tanib olinadigan raqamli signalga aylantirishi mumkin. Arduino analog kirish funktsiyasi 10-bitlik aniqlikka ega, ya’ni 0 dan 5V gacha bo’lgan kuchlanish signalini 0 dan 1024 gacha bo’lgan butun songa aylantirishi mumkin. Kirish voltajining qiymatlarini potentsiometr bilan o’qish uchun analogRead () funktsiyasidan foydalaning. LED yorug’ligini yorqinligini boshqarish uchun analogWrite () funktsiyasidan foydalaning.
Kerakli elementlar:
ArduinoUNO kontrolleri;
sxema yig’ish uchun plata;
bir razryadli yetti segmentli indikator;
qarshilik 510 Om - 7 ta;
ikki uchida razyomlari bо’lgan simlar.
Ishni bajarish:
Ishni bajarishda Uno platasini va Arduino doskasini joylashtirib olamiz.Undan keyin Led chirog’ini joylashtiramiz va unga moslab qarshilikni o’rnatamiz.
1-rasm. LED chirog’ini joylashtirish sxemasi
Keyin uskunlar panelidan Potensiometrni olamiz(2-rasm)
2-rasm. Potensiometrni ko’rinishi
Bu potontometrni doskaga joylashtiramiz(3-rasm)
3- rasm. Potensiometr va LED ning ulanish sexemasi
Dasturi:
const int analog_ip = A0;
const int LED = 3;
int inputVal = 0;
void setup() {
pinMode (LED, OUTPUT);
}
void loop() {
inputVal = analogRead(analog_ip);
analogWrite (LED, inputVal/4);
delay(100);
}
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Potensiometr. Arduino orqali yorug‘lik diodini yorug‘lik darajasini o‘zgartirishini namoyish etish. Potensiometrni xarakatlantirish orqali yonayotgan yorug‘lik diodining sonini o‘zgartirish (Arduinoda)
|