|
Presentacion de Chatgpt
|
Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 2,03 Mb. | | #239221 |
Bog'liq XXIASR KO~NIKMALARI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI
SIRDARYO VILOYATI PEDAGOGLARNI YANGI METODIKALARGA O‘RGATISH MILLIY MARKAZI
Pedagogika markazi metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi geografiya fani metodisti A. Yo‘ldoshev
O‘quvchilarda kommunikativlik ko‘nikmalarini shakllantirish.
Reja
2)O‘quvchılarnıng kommunıkatıv qobılıyatlarını rıvojlantırısh texnologıyaları
Sh.M.Mirziyoevning: “Yoshlarimiz mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”
Kommunikativ kompetentlik – ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari, jumladan, o`quvchilar bilan samimiy muloqotda bo’lish, ularni tinglay bilish, ularga ijobiy ta’sir ko’rsata olish.
Hozirgi davrda kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalari shakllantirish asosiy maqsad hisoblanadi. Ta'lim tizimida o‘quvchilarning kommunikativ kobiliyatini rivojlanirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Maktablarda hamda o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ta'limning kommunikativ tamoyilini barcha o‘quv fanlariga joriy etishni ko‘zda tutuvchi standartlar hamda dasturlar sinovdan o‘tkazilmoqda.
Bu ta'lim standartlari amaldagi standartlardan o‘quvchilarni bilim olish bilangina cheklanmasdan, ularda yig‘ilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni tajribada qo‘llay olish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilganligi bilan farq qiladi. Bunda kommunikativ layoqat alohida ahamiyat kasb etadi. O‘quvchi tushunishi, bilishi bilan bir qatorda tushuntira olishi ham lozim. Yangi dasturlarda axborot bilan ishlashga e'tibor kuchaytirilgan. Har bir o‘quvchi kuchayib borayotgan axborot oqimidan o‘zi uchun zarurini tanlab, undan unumli foydalana bilmog‘i kerak. Ko‘zda tutilayotgan o‘zgarishlar o‘quvchilarni hayotga tayyorlashda samarali ko‘mak beradi. Ta'lim tizimida fan yunalishlari bo‘yicha berilayotgan nazariy bilimlarni amalda qo‘llay bilish kommunikativ qobiliyat bilan uzviy bog‘liq.
Tarbiya jarayonining kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish
texnologiyasini quyidagicha sharhlash mumkin:
1.Tarbiyalanuvchini alohida takrorlanmas, individuallik sifatida tushunmoq
lozim. Uning ehtiyojlari strukturasini aniqlash kerak.
2.Ijobiy emotsiyalar vositasida ijobiy xulq-atvor odatlarini shakllantirmoq kerak.
Ong ham, iroda ham motivlar ierarxiyasini shakllantira olmaydi. Zotan, bir ehtiyojning
o‘rnini faqat boshqa ehtiyojgina egallashi mumkin.
3. Shu ehtiyojlarni qondirish vositalari bilan bolani qurollantirish tarbiya va
tarbiyachidan muloqotni ham, hamdardlikni ham emas, aynan shu vositalar bilan
qurollantirishni kutadi.
MULOQOT MAQSADI VA MAZMUNIGA, SHUNINGDEK, SUHBATDOSHGA MOSLASHISH QOBILIYATI;
MULOQOTCHANLIK MAQSADLARIGA ERISHISHDA VERBAL VA NOVERBAL VOSITALARDAN FOYDALANISH QOBILIYATI;
BOSHQA ODAMLARNING FIKRINI TINGLASHNI O‘RGANISH;
TAQDIM ETISH, QABUL QILISH VA QAYTA ALOQANI AKS ETTIRISH AMALIYOTI;
MULOQOT QILISH KO‘NIKMASI
Inson aqlan va axloqan tobora boyib o‘z oldiga oliyjanob maqsadlar qo‘ya oladi. Shaxs muloqotda kamol topadi va kasbiy mahoratni ham egallaydi. Shu jihatdan olganda ta'lim-tarbiya jarayonida kommunikativ munosabat (aloqa o’rnatish) insonning qalbiga kirish qobiliyati. muloqot, intonatsiya, pau’za, ritm, temp eshitish sezgilari, idroklari xamda turli ruhiy jarayonlar:
Xotira, tasavvur, tafakkur, xayolni talab qiladigan ko‘nikma-malakalarni shakllantiradigan usul va metodlardan foydalanish o‘rinlidir. Bundan o‘quvchi ta'lim-tarbiya jarayonida ishtirok etib, axloqiy tushunchalar bilim va ko‘nikmalarni hosil qiladi, natijada u ta'lim-tarbiya jarayonining kuzatuvchisi emas, balki uning faol ishtirokchisiga aylanadi. Shunday ekan axborotlar shiddati, kommunikativ qobiliyatlari, kreativ fikrlash va yangiliklar oqimi tobora kundalik hayotimizning ajralmas bo‘lagiga aylanib bormoqda.
E’TIBORINGIZ
UCHUN RAXMAT!
|
| |