Press-reliz Janubiy Koreya oliy ta’lim tizimi, Inxa universiteti faoliyatiga bag‘ishlangan uchrashuv




Download 33,5 Kb.
Sana03.07.2021
Hajmi33,5 Kb.
#15353

Press-reliz

Janubiy Koreya oliy ta’lim tizimi, Inxa universiteti faoliyatiga bag‘ishlangan uchrashuv

Joriy yilning 16 may kuni Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti qoshidagi International House-Tashkent akademik litseyida Janubiy Koreyaning Inxa universiteti prezidenti janob Pak Chunbe ishtirokida abituriyentlar uchun Janubiy Koreya oliy ta’lim tizimi, Inxa universiteti faoliyatiga bag‘ishlangan muloqot tashkil etildi. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining filiallarini videokonferensiya orqali bog‘lagan muloqotda mamlakatimiz hududlaridan jami 400 dan ziyod qiziquvchi yoshlar ishtirok etishdi.

Avval xabar berilganidek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, shuningdek AKT sohasida yetakchi mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan yaqindan hamkorlikni kengaytirish maqsadida joriy yil 24 martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Inxa universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori imzolangan edi. Ayni kunlarda xalqaro standartlar asosida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan mazkur oliy ta’lim muassasasi faoliyatini tashkil etishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mamlakatimizdagi kasb-hunar kollejlari, akademik litsey bitiruvchilari, abituriyentlar bilan muloqotlar tashkil etilmoqda. Shuningdek, 7 maydan boshlab abituriyentlar Toshkent shahridagi Inxa universitetining www.inha.uz veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Tadbirda, Inxa universiteti (Janubiy Koreya) prezidenti Pak Chunbe universitet ta’lim tizimi, uning jahon va Koreya axborot texnologiyalari sanoatidagi o‘rni xususida to‘xtalib, Toshkent shahridagi Inxa universitetida ham xalqaro andozalarga javob beradigan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining yetuk mutaxassislarini tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini, mazkur universitet qisqa davr ichida nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda axborot texnologiyalari yo‘nalishida kadrlar tayyorlashda o‘z o‘rni, nufuziga ega bo‘lishidan O‘zbekiston va Janubiy Koreya hukumatlari, shuningdek Inxa universiteti uchun ham birdek manfaatdor ekanligini ta’kidladi.

Toshkent shahridagi Inxa universitetida 2 ta fakultet ish boshlaydi va 150 nafar bakalavr qabul qilinadi. Asosiy fanlar bo‘yicha o‘quv jarayonlari Janubiy koreyalik professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi. Keyinchalik universitet faoliyatini kengaytirish, iqtisodiyotning turli sohalarida axborot texnologiyalarini keng joriy qilishga ixtisoslashgan fakultet va yo‘nalishlarni tashkil qilish rejalashtirilgan.

Uchrashuv mobaynida yoshlarga Toshkent shahridagi Inxa universiteti qabul jarayonlari xususida batafsil ma’lumot berildi. Qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlari ta’lim dasturlari asosida tuzilgan fizika va matematika fanlaridan savollarga ingliz tilida bo‘ladigan yozma imtihonlarda abituriyentning nafaqat bilimi, shu bilan birga uning masala va misollar yechimini aniqlashdagi mantiqiy yondashuvi, og‘zaki imtihonda ingliz tilida o‘z fikr-mulohazasini bayon eta olish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.



Tadbirda imtihon savollaridan namunalar keltirilib, ularni ishlashda nimalarga e’tibor qaratilishi kerakligi haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, abituriyentlar namunaviy savollar bilan Toshkent shahridagi Inxa universitetining internet tarmog‘idagi www.inha.uz veb-sayti orqali ham tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin.
Download 33,5 Kb.




Download 33,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Press-reliz Janubiy Koreya oliy ta’lim tizimi, Inxa universiteti faoliyatiga bag‘ishlangan uchrashuv

Download 33,5 Kb.