Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRINING
BUYRUG‘I
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati tarkibiy
boʻlinmalari, hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘linmalari nizomlari
hamda umumiy oʻrta ta’lim muassasalari xodimlarining lavozim
yoʻriqnomalarining yangi tahririni tasdiqlash toʻgʻrisida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi “Maktabgacha va
maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil
etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-79-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek,
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari,
hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘linmalari nizomlari hamda umumiy oʻrta
ta’lim muassasalari xodimlarining lavozim yoʻriqnomalarining yangi tahririni
tasdiqlash maqsadida
buyuraman:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy
apparati tarkibiy boʻlinmalarining nizomlari 1-34 ilovalarga muvofiq;
xodimlarning lavozim yoʻriqnomalari 1a-34a ilovalarga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalarining
namunaviy nizomi va xodimlarining lavozim yoʻriqnomalari 35-ilovaga muvofiq;
tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlarining namunaviy
nizomi va xodimlarining lavozim yoʻriqnomalari 36-ilovaga muvofiq;
umumiy oʻrta taʼlim maktabi (maktab-internat) xodimlarining lavozim
majburiyatlari 37-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazir oʻrinbosarlariga tegishli yoʻnalishlar boʻyicha vazirlik tarkibiy
va hududiy boʻlinmalarining oʻzaro hamkorlikda samarali ishlashlarini tashkil etish
va ular faoliyatini muvofiqlashtirishni taʼminlash vazifalar yuklatilsin.
3. Maktabgacha ta’lim agentligi, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari
agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari
va vazirlik tasarrufidagi tashkilot va muassaalari rahbarlariga ikki hafta muddatda
agentlik, tashkilotlar va tizimidagi ta’lim muassasalar xodimlarining lavozim


majburiyatlarini ishlab chiqsin hamda xodimlarning ish faoliyati ushbu talablar asosida
amalga oshirilishini taʼminlasin.
4. Devonxona (D.Isxakova) ushbu buyruqni bir kun muddatda Agentlik,
hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari hamda vazirlik tasarrufidagi
tashkilotlar va muassaalarga yetkazilishini ta’minlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga oid ayrim
buyruqlari 38-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.

Download 3,57 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari

Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish