kasbga oid sifatlari va alohida xizmatlarini odilona va obyektiv baholash asosida eng
munosib va qobiliyatli shaxslarni tegishli lavozimlarga qabul qilish hamda ularning xizmat
pogʻonalari boʻyicha koʻtarilishini nazarda tutuvchi meritokratiya tamoyilini amaliyotga joriy
qilinishi yuzasidan boshqarma rahbariyatiga takliflar kiritadi;
boshqarma boshligʻi nomenklaturasiga kiruvchi vakant lavozimlarni egallash boʻyicha
tanlovlarni tashkillashtiradi, ochiq mustaqil tanlovlarni oʻtkazish komissiyasining ishchi organi
faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyadi, kadrlar tanlashda shaffoflikni taʼminlaydi;
vakant lavozimlarga nomzodlarning barcha fazilatlari va ustunliklarini obyektiv baholash
imkonini beradigan ochiq mustaqil saralab olish asosida ularni ishga
qabul qilish yuzasidan
boshqarma boshligʻiga takliflar kiritadi;
xodimlarda yuksak kasbiy odob-axloqni, korrupsiyaga qarshi turish madaniyatini va unga
toqat qilib boʻlmaydigan munosabatni shakllantirish boʻyicha vakolati doirasida ishlarni amalga
oshiradi;
boshqarma boshligʻi oʻrinbosarlari va tegishli tarkibiy boʻlinma rahbarlari bilan birgalikda
eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida boshqarma xodimlari faoliyatining
natijadorligini baholanishini tashkil etadi, xodimlar faoliyati samaradorligining oʻlchanadigan
indikatorlari (eng muhim koʻrsatkichlar) koʻrsatgan natijalar tahlilining xolisligi va
haqqoniyligini nazorat qilishda hamda indikatorlar natijalarini tahlil qilishda ishtirok etadi;
boshqarma xodimlari tomonidan mehnat intizomiga rioya etilishini nazorat qilib boradi;
xorijda yashayotgan vatandoshlar orasidan malakali va yuqori
malakali mutaxassislarni
ishga jalb etish borasida boshqarma boshligʻiga takliflar kiritadi.
kadrlar tanlashda, ularning faoliyatini baholash va ularni mukofotlash borasida shaffoflikni
taʼminlaydi, shu asosida ularga belgilanadigan ustama va mukofotlar miqdori boʻyicha tegishli
boshliq oʻrinbosarlari bilan kelishilgan holda boshqarma boshligʻiga takliflar kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri buyrugʻi bilan
tayinlanadigan rahbar kadrlar bilan ishlash, tasarrufdagi rahbar kadrlarni hisobga olish, tanlash,
lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish boʻyicha takliflarni boshqarma boshligʻiga
kiritadi;
davlat va tarmoq mukofotlariga tavsiya etish boʻyicha tuman (shahar) maktabgacha va
maktab taʼlimi boʻlimlari va idoraviy mansub tashkilotlar takliflarini oʻrganish uchun tegishli
komissiyaga taqdim etadi, taʼlim-tarbiya jarayoniga oʻzining ijobiy hissasini qoʻshayotgan
xodimlarni taqdirlash boʻyicha komissiya xulosasi asosida boshqarma rahbariyatiga takliflar
kiritadi, nomzodlarning tegishli hujjatlarini oʻrnatilgan tartibda vazirlikka taqdim etadi;
taʼlim sohasini rivojiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan xodimlarni boshqarma
boshligʻining faxriy yorligʻi bilan taqdirlash
ishlarini tashkil etadi;
boshqarmada xodimlar bilan mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish va ularning
personallashtirilgan hisobi yuritilishini, shuningdek, tuman (shahar) maktabgacha va maktab
taʼlimi boʻlimlari va tasarruf tashkilotlari kadrlarining hujjatlari almashinuvini tashkillashtiradi;
boshqarmada xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish, ularga oʻzgartirishlar va
qoʻshimchalarni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida
(keyingi oʻrinlarda – “YAMMT” IDAK) va HRM.ARGOS.UZ elektron dasturiga roʻyxatdan
oʻtkazilishi, xodimlarning elektron mehnat daftarchasiga yozuvlarni kiritilishi va tasdiqlanishini
taʼminlaydi;
boshqarma xodimlari va boshqarma boshligʻi nomenklaturasiga kiruvchi lavozimdagi
xodimlarning
personallashtirilgan hisobi, shu jumladan elektron maʼlumotlar bazasi, ularning
shaxsiy yigʻmajildi yuritilishini taʼminlaydi, shuningdek, xodimlar shaxsiy maʼlumotlarining
xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻradi;
mehnat intizomini mustahkamlash, kadrlar qoʻnimsizligi va ish vaqtini yoʻqotishni
kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqishda, ularning bajarilishini nazorat qilishda
ishtirok etadi;
boshqarma va uning tizimida mehnat qonunchiligi buzilishlarini, shuningdek,
ularni
keltirib chiqaruvchi sabab va omillarni bartaraf etish boʻyicha boshqarma rahbariyatiga takliflar
kiritadi va bunday choralarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati,
vazirlik hamda boshqarmaning hujjatlari ijrosini oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlanmaganligi,
ular ijrosini tashkil etishda nazoratning past darajasi sabablari tahlil qilinishini va bunga yoʻl
qoʻygan masʼul xodimlarga intizomiy jazo choralari koʻrilishi boʻyicha asoslangan takliflarni
(zarur hollarda boshliq oʻrinbosarlari va tegishli tarkibiy boʻlinmalar bilan birgalikda)
boshqarma boshligʻiga kiritib boradi;
kadrlar tarkibiga oid hisobotlarni toʻplanishi, tahlil qilinishi, vazirlikka va boshqa vakolatli
yuqori turuvchi organlarga taqdim qilinishini taʼminlaydi;
taʼlim muassasalarining pedagog kadrlar bilan taʼminlanganlik holati oʻrganilishi va tahlil
qilinishi, ulardagi pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyoj aniqlanishini tashkillashtiradi;
pedagog kadrlar yetishmovchiligi boʻyicha tahlillar asosida qabul kvotalarini shakllantirish
yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi va oʻrnatilgan tartibda vazirlikka kiritadi;
boshqarma tizimidagi quyi turuvchi boʻlinmalar faoliyatini muvofiqlashtiradi, shuningdek,
ularning oʻzaro hamjihatligini taʼminlaydi va uslubiy yordam koʻrsatadi, kadrlar masalasi
boʻyicha oʻquv-seminarlar tashkil etadi;
taalluqliligi boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi,
murojaatlarda koʻtarilgan dolzarb masalalarni hal etish boʻyicha tuman (shahar) boʻlimlari va
idoraviy mansub tashkilotlarga tegishli takliflar kiritadi, zarur hollarda mazkur maʼlumotlarni
muhokama qilish uchun boshqarma rahbariyatiga taqdim etadi;
boʻlimning ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun boshqarma boshligʻiga
kiritadi.
boʻlimning faoliyatini samarali tashkil etish va takomillashtirish
yuzasidan takliflar
tayyorlaydi, boʻlim faoliyatiga oid muhim masalalar haqida boshqarma boshligʻiga muntazam
ravishda axborot beradi.
5. Boʻlim xodimlari bilan birgalikda kadrlar masalasi boʻyicha tahliliy materiallar
tayyorlaydi va boshqarma boshligʻiga kiritadi;
boshqarma nizomi, kasbiy odob-axloq va korrupsiyaga qarshi kurash qoidalari, ichki
mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena, texnika va yongʻin xavfsizligi
qoidalari talablariga rioya qilish, shuningdek rahbarlik qiladigan tarkibiy boʻlinma xodimlarining
ushbu qoidalarga rioya etishlarini
nazorat qilish;
xodimlarning va taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati
va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;
Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin
boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy
axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish va maʼlumotlarning himoya
qilinishini taʼminlash;
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy
texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.