oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning oʻziga xos xususiyati va murakkabligiga,
bajarilgan ishlarning miqdori hamda sifatiga muvofiq oʻz vaqtida va toʻliq hajmda ish haqi olish;
kasbiy kompetensiyalari va alohida xizmatlari uchun ragʻbatlantirilish;
davlat organining mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar
hisobidan muntazam ravishda malakasini oshirib borish;
mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda hamda shartlarda mehnat
shartnomasiga oʻzgartishlar kiritish va shartnomani bekor qilish;
oʻz
mansab vakolatlarini, xizmat majburiyatlarini va javobgarligini belgilovchi lavozim
yoʻriqnomasi va boshqa hujjatlar bilan tanishish;
mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq boʻlgan ish oʻrniga ega boʻlish;
ish vaqti davomiyligining chegarasini, ayrim davlat fuqarolik xizmatchilari uchun
qisqartirilgan
ish vaqtini belgilash, har haftalik dam olish kunlari, ishlanmaydigan bayram
kunlari, shuningdek yillik mehnat taʼtillari berish orqali taʼminlanadigan tarzda dam olish;
qonunchilikka muvofiq huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinish,
shuningdek davlat
pensiya taʼminotini olish;
davlat organining qonunga xilof qarorlari va uning mansabdor shaxslarining qonunga xilof
harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish;
davlat organi rahbariyatining noqonuniy topshiriq va talablarini bajarishdan bosh tortish;
davlat fuqarolik xizmatidagi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlari toʻgʻrisida xabar
bergan taqdirda, davlat himoyasi bilan taʼminlanish;
xizmatga oid masalalar yuzasidan davlat organining rahbariyatiga oʻz fikrini bildirish, oʻzi
davlat fuqarolik xizmatini oʻtayotgan davlat organining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha
takliflar
kiritish;
oʻzining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsi davlat organining rahbariyati hamda
boshqa mansabdor shaxslar tomonidan hurmat qilinishi;
davlat organi tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuborilgan taqdirda,
shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda davlat fuqarolik xizmati
lavozimining va ish
haqining saqlanib qolishi;
qonunchilikda belgilangan tartibda davlat fuqarolik xizmatini oʻtash vaqtida yetkazilgan
moddiy zararning oʻrni qoplanishi va maʼnaviy ziyonning kompensatsiya qilinishi;
oʻzining mehnat huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini qonunda taqiqlanmagan
barcha usullar bilan himoya qilish;
davlat fuqarolik xizmati masalalari yuzasidan maxsus vakolatli
davlat organiga murojaat
qilish;
oʻzining shaxsiy hujjatlari toʻplami bilan tanishish.
boʻlim
faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshirish,
boʻysunuvidagi xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi va
funksional vazifalar, aniq topshiriqlarning bajarilishi uchun har bir xodimning javobgarlik
doirasini belgilash;
boʻlim
zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan
maʼlumotlar, xulosalar va boshqa hujjatlarni boshqarma xodimlari va tuman (shahar) boʻlimlari,
tasarrufdagi tashkilotlar shuningdek boshqarma rahbariyati bilan kelishilgan holda boshqa davlat
va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan belgilangan tartibda soʻrab olish va ular bilan oʻzaro
hamkorlik qilish;
boʻlim zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun boshqarma rahbarlari bilan
kelishgan holda boshqarma tarkibiy boʻlinmalari, tasarrufdagi tashkilotlar tuman (shahar)
boʻlimlaridan
xodimlarini jalb etish, shuningdek boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va
malakali ekspertlarini, shu jumladan, fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb etilishi boʻyicha
boshqarma boshligʻiga taklif kiritish;
boʻlim vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha boshqarma tarkibiy boʻlinmalari,
tasarrufdagi tashkilotlar tuman (shahar) boʻlimlari faoliyatini oʻrganish, tahlil qiladi va
kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha taklif tayyorlash;
xizmat majburiyatlari doirasida xizmat aloqasi, davlatlararo va shaharlararo aloqa, elektron
pochta, internet tarmogʻidan
tekin foydalanish;
mehnat qonunchiligi asosida boʻlim xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod
etish, shuningdek, alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish yuzasidan boshqarma
boshligʻiga takliflar kiritish;
oʻz yoʻnalishi boʻyicha, shuningdek, shaxsiy rivojlanishga qaratilgan
malakasini oshirish
va qayta tayyorlash kurslarida ishtirok etish;
7. Boʻlim boshligʻi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi
mumkin.