Oʻzbekiston
Respublikasi
Maktabgacha va maktab taʼlimi
vazirining 2023-yil 20 - dekabrdagi
565-sonli buyrugʻiga
35-ILOVA
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA
VA MAKTAB TAʼLIMI VAZIRI, TOSHKENT SHAHAR
VA VILOYATLAR MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI
BOSHQARMASI XODIMLARINING LAVOZIM YOʻRIQNOMALARI
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, Toshkent shahar va
viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarma boshligʻining
LAVOZIM YOʻRIQNOMASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Maktabgacha va maktab
taʼlimi vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarma boshligʻi
(keyingi oʻrinlarda hududiy boshqarma boshligʻi) ning lavozim majburiyatlari, huquqlari va
javobgarliklarini belgilab beradi.
2. Hududiy boshqarma boshligʻi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri buyrugʻiga koʻra
lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Hududiy boshqarma boshligʻi bevosita Vazirga boʻysunadi va oʻz
faoliyatini vazirlik
tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim
toʻgʻrisida”gi, “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonunlari,
shuningdek, taʼlim
tizimiga doir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va farmoyishlarini, Vazirlar
Mahkamasining qarorlarini hamda Respublika Maktabgacha va maktab taʼlimi
vazirligining
qaror va buyruqlarini viloyat miqyosida bajarilishini muvofiqlashtiradi.
2-bob. Hududiy boshqarma boshligʻining lavozim majburiyatlari
4. Hududiy boshqarma boshligʻi quyidagilarni amalga oshiradi:
taʼlim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi, taʼlim strategiyasini ishlab
chiqish, uning rivojlantirish istiqbollarini belgilash va rejalashtirish, taʼlim tizimini maktabgacha
va maktab xoʻjaligining boshqa sohalari bilan oʻzaro aloqalarni takomillashtirishni taʼminlaydi;
viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasining
Nizomiga muvofiq boshqarma
Hayʼat majlisiga rahbarlik qiladi;
viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida byudjet mablagʻlarini maqsadli va toʻgʻri
ishlatilishini nazorat qiladi, muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshiradi;
moliyaviy hujjatlarga birinchi imzo qoʻyadi;
maktabgacha taʼlim
tashkilotlari, umumtaʼlim maktablari, ixtisoslashtirilgan maktab-
internatlarida, maktabdan tashqari taʼlim
muassasalarida shuningdek, “Ijtimoiy himoya” milliy
agentligi tarkibiga oʻtkazilguniga qadar “Mehribonlik uyi” va maxsus
maktab-internatlarida
oʻquv-tarbiyaviy
ishlarida, moliyaviy va xoʻjalik ishlarini yuritilishi jarayoniga umumiy
rahbarlikni amalga oshiradi;
oʻz vakolati doirasida viloyatning taʼlim tizimida kadrlar siyosatini amalga oshirib boradi;
oʻzining ish faoliyati yuzasidan bevosita viloyat hokimligi hamda Respublika
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga boʻysunadi;
boshqarma faoliyatiga yakka rahbarlikni amalga oshiradi;
boshqarma boshligʻi ishda boʻlmagan davrda (mehnat taʼtili, mehnatga layoqatsizlik davri,
xizmat safarlari) yoki uning lavozimi boʻsh (vakant) boʻlganida yoki
lavozimdan ozod etilgan
taqdirda uning vakolati doirasiga kiruvchi vazifa va masalalar boshqarma boshligʻining
oʻrinbosarlaridan biriga quyidagi tartibda yuklatiladi:
- hududiy boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari;
- hududiy boshqarma boshligʻining oʻrinbosari;