-bob. Birinchi oʻrinbosarning lavozim majburiyatlari




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari

2-bob. Birinchi oʻrinbosarning lavozim majburiyatlari
3. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa 
normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish; 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va boshqa 
qonunchilik hujjatlari, Vazirlik hayʼati qarorlari, buyruqlari, Maktabgacha va maktab taʼlimi 
vaziri va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlari bilan zimmasiga yuklangan vazifalar va 
funksiyalarning bajarilishini tashkil etish, topshiriqlarning oʻz vaqtida mutasaddilik qiladigan 
tarkibiy boʻlinmalar hamda mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan 
bajarilishini nazorat qilish; 
boshqarma boshligʻi vaqtincha boʻlmaganda, tegishli buyruq asosida uning vazifalarini 
bajarish; 
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish 
va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash; 
mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va 
Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirlik buyruqlari bilan tasdiqlangan hududiy boʻlinmalar 
faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va chora-
tadbirlar rejasi ijrosini tanqidiy tahlil qilish; 
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlariga 
erishishni soʻzsiz taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini 
muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini 
oshirish; 
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarning yillik, yarim yillik va choraklik ish 
rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash; 
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish 
boʻyicha inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi bilan birgalikda boshqarma 
boshligʻiga takliflar taqdim etish, ularning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, 
yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini 
taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, mutasaddilik 
qilinadigan boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish; 
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlari faoliyati 
samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy 


hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish yuzasidan 
boshqarma boshligʻiga takliflar kiritish; 
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va 
intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi 
maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni boshqarma boshligʻiga 
kiritish; 
taʼlim sohasiga kiradigan faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan mahalliy davlat 
hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan 
hamkorlik qilish; 
faoliyat yoʻnalishi boʻyicha tuman (shahar) boʻlimlari va boshqarma tasarrufidagi 
tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish; 
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi “Jismoniy va 
yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi URQ 445-sonli qonuni ijrosi yuzasidan nazorat 
olib borish; 
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi 
Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini 
oʻziga berilgan vakolatlar doirasida koʻrib chiqish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq 
muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda 
shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish; 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik 
qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz 
vakolatlari doirasida belgilangan muddatlarda va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini taʼminlash; 
tegishli masalalar boʻyicha haftaning belgilangan kunlarida jismoniy va yuridik shaxslarni 
qabul qilish; 
umumtaʼlim maktablarida Davlat taʼlim standartlari asosida barcha umumtaʼlim fanlari 
boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarning amaliyotga samarali tatbiq etilishini taʼminlanish;
umumtaʼlim maktablarini oʻquv fanlaridan darsliklar va oʻquv-metodik majmualar bilan 
toʻliq taʼminlash ishlarini tashkil etish hamda muvofiqlashtirish; 
taʼlim sifatining umumiy holatiga asosan umumtaʼlim maktablari reytingini aniqlashda 
koʻmaklashish; 
oʻquv-tarbiya jarayoniga oʻqitishning zamonaviy ilgʻor shakllarini, yangi pedagogik va 
axborot texnologiyalarini, oʻquvchilarning oʻquv, psixologik va jismoniy yuklamasini 
optimallashtirishni hisobga olgan holda taʼlim-tarbiyaning samarali shakllari va usullarini 
amaliyotda qoʻllash ishlarini tashkil etish; 
oʻquvchilarga taʼlim berish sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan, davlat standartlari talablari 
bajarilishini oʻrganish boʻyicha intellektual koʻrik-tanlovlar va musobaqalar tashkil qilinishini 
taʼminlash asosida iqtidorli oʻquvchi yoshlarni aniqlash hamda ular faoliyatini ilmiy va uslubiy 
jihatdan taʼminlab borish; 
umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari oʻquvchilari oʻrtasida 
mahalliy va xalqaro, shu jumladan nodavlat fan olimpiadalarini tashkil etish; 
olimpiadalarda yuqori natijalarni qayd etgan iqtidorli oʻquvchilarning kelgusidagi 
faoliyatini monitoring qilib borish; 
qatʼiy nazorat (hisob)dagi sinf jurnallarini elektron yuritilishi va bitiruvchilar attestatlarini 
elektron yuritilishini, oʻquv hujjatlari (, shahodatnoma, ularni hisobga olish daftarlari va h.k.) 
buyurtmalar asosida joylarga yetkazilishini tashkil etish, ularni saqlash, hisobga olish ishlarini 
nazorat qilish
;
uzluksiz metodik xizmat koʻrsatish, taʼlim-tarbiya jarayoniga oʻqitishning ilgʻor shakl va 
usullarini hamda axborot — kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etilishini muvofiqlashtirish; 


pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazlaridagi Metodik xizmat 
koʻrsatish boʻlimlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
pedagog va rahbar xodimlarni uzluksiz ravishda oʻzini oʻzi kasbiy-pedagogik rivojlantirish 
(butun hayoti davomida taʼlim olish) faoliyatini muvofiqlashtirish;
maktab taʼlimi xodimlarining malakasini oshirish yillik rejasini ishlab chiqadi va 
Vazirlikka taqdim etish; 
rahbar va pedagog xodimlarning kasbiy ehtiyojidan kelib chiqib ularni uzluksiz kasbiy 
rivojlantirish kurslariga jalb etish choralarini koʻrish; 
rahbar va pedagog xodimlarning uzluksiz kasbiy rivojlantirishda Pedagoglarni yangi 
metodikalarga oʻrgatish milliy markazlari bilan hamkorlik qiladi va pedagoglar uchun uzluksiz 
kasbiy rivojlantirish kurslarining turli shakllaridan foydalanish imkoniyatini yaratish; 
maktab taʼlimi tizimida xalqaro tajribalar asosida qisqa va uzoq muddatli treninglar, oʻquv-
seminar va malaka oshirish kurslarini oʻtkazish, trenerlar tayyorlashni tashkil etishda hamkorlik 
qilish; 
umumtaʼlim maktablari hamda oʻrta maxsus professional boshlangʻich taʼlim muassasalari 
oʻrtasida oʻzaro integratsiyasini taʼminlash orqali 11 yillik umumiy oʻrta taʼlimni joriy etish 
boʻyicha tashkiliy-metodik tadbirlar tizimini amalga oshirish; 
umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga oʻquvchilar qabuli va Prezident sovgʻalarini 
berilishini nazorat qilish; 
chet el fuqarolari farzandlarini maktablarga qabul qilish ishlari hamda nostrifikatsiya 
komissiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish; 
umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining sinfdan-sinfga koʻchirish boʻyicha ishlarni 
nazorat qilish; 
umumtaʼlim maktablarida tajriba-sinov ishlarini olib borilishini muvofiqlashtirish; 
taʼlim sohasida axborot — kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish 
ishlarini muvofiqlashtiradi va axborot xavfsizligini taʼminlash; 
umumtaʼlim maktablarini keng polosali Internet tarmogʻiga ulash va uning uzluksiz 
ishlashini taʼminlash boʻyicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish; 
umumtaʼlim maktablarining kompyuter texnikasiga boʻlgan ehtiyojni oʻrganadi, tahlil 
qiladi va Vazirlikka taklif kiritish; 
kompyuter texnikalaridan va elektron taʼlim resurslari hamda internet tarmogʻidan
samarali foydalanish, elektron hujjat almashinuvi tizimini uzluksiz ishlashini taʼminlash; 
umumiy oʻrta taʼlim dasturlarini davlat taʼlim standarti doirasida mustaqil oʻzlashtirgan 
taʼlim oluvchilarni eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazilishi boshqarma 
boshligʻi buyrugʻi bilan vakolati berilgan maktablarda tashkil etilishini nazorat qilish; 
umumiy oʻrta taʼlim taraqqiyotining dolzarb masalalariga bagʻishlangan hududiy seminar-
kengashlar, anjumanlar va boshqa tadbirlarni tashkil qilish, shuningdek boshqa tashkilotlar 
tomonidan tashkil etilgan shunga oʻxshash tadbirlarda ishtirok etish; 
Hayʼat yigʻilishiga kiritilgan masalalar boʻyicha hujjatlarning sifatli va oʻz muddatida 
tayyorlanishini nazorat qilish; 
boshqarma nizomi, kasbiy odob-axloq qoidalari, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza 
qilish, sanitariya-gigiyena, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish, 
shuningdek mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar xodimlarining ushbu qoidalarga rioya 
etishlarini nazorat qilish; 
xodimlarning va taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va 
ishchanlik obroʻsini hurmat qilish; 


taʼlim tizimi obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni 
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda 
qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish va maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash; 
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy 
texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada 
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash; 
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin. 

Download 3,57 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Birinchi oʻrinbosarning lavozim majburiyatlari

Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish