taʼlim muassasalaridagi tarbiyasi ogʻir bolalar bilan yakka tartibda shugʻullanishni tashkil
etish ishlarini muvofiqlashtiradi va bu borada joylarda amalga oshirilayotgan
ishlarni nazorat
qilиш;
manfaatdor vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari bilan birgalikda boshqarma
boshligʻi topshirigʻiga koʻra meʼyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda uni
takomillashtirish;
tizimdagi davlat taʼlim muassasalari bilan birgalikda taʼlimni rivojlantirishning yaqin,
oʻrta va uzoq istiqbol rejalarini ishlab chiqish;
oʻquvchilarning qobiliyati va isteʼdodini rivojlantirish uchun tizimda taʼlim muassasalar
uchun taʼlim-tarbiya jarayoni uchun zarur oʻquv rejalar va oʻquv dasturlarini
ishlab chiqishda
ishtirok etish;
taʼlim muassasalari iqtidorli va ijodkor oʻqituvchilar, maʼnaviyat boʻyicha direktor
oʻrinbosari va sinf rahbarlarining tarbiyaga asoslangan ilgʻor ish faoliyatini ommalashtirish;
manfaatdor tashkilot va idoralar bilan birgalikda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida
tarbiyaviy ishlar samaradorligini rivojlantirishga oid meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish hamda
uni takomillashtirishda ishtirok etish;
rahbarning topshirigʻiga binoan hududdagi taʼlimni
rivojlantirish yuzasidan
hamkorlikdagi dasturlar loyihalarini ishlab chiqishda va ularni amalga oshirishda qatnashish;
taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning isteʼdodi va qobiliyatlarini aniqlash maqsadida
umumtaʼlim maktablar oʻquvchilarining respublika va xalqaro tanlovlarda ishtirokini taʼminlash;
tegishliligi boʻyicha umumtaʼlim maktablarida mehnat qilayotgan pedagog xodimlar va
fuqarolarning taʼlim jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq takliflari, ariza va shikoyatlarini oʻz
vaqtida koʻrib chiqish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha
rahbariyatga,
shuningdek, tegishliligi boʻyicha davlat hokimiyati hamda manfaatdor tashkilotlar va davlat
idoralariga takliflar berish, zarur hollarda boshqarma yigʻilishi muhokamasiga kiritish.
viloyatdagi iqtidorli oʻquvchilarni taʼlim olishi va ularni oʻz iqtidorini roʻyobga
chiqarishga doir meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqilishida ishtirok etadi, davlat taʼlim
muassasalariga yetkazadi va ijrosini nazorat qiladi;
taʼlim taraqqiyotining dolzarb masalalariga bagʻishlangan seminar-kengashlar,
anjumanlar va boshqa tadbirlarni tashkil etadi va boshqa tegishli
boshqarma va tashkilotlar
tomonidan ushbu yoʻnalishda tashkil etilgan tadbirlarda ishtirok etadi;
rahbariyatning topshirigʻiga binoan viloyatda faoliyat koʻrsatayotgan davlat va nodavlat
taʼlim muassasalari bilan taʼlim va tarbiyani rivojlantirish yuzasidan hamkorlikdagi dasturlar
loyihalarini ishlab chiqishda va ularni amalga oshirishda qatnashadi.
oʻrinbosar oʻz vakolatlari doirasida boshqa tashkilot va idoralarning faoliyat toʻgʻrisidagi
materiallarni tayyorlashga koʻmaklashish haqidagi buyurtma va soʻrovlarini koʻrib chiqadi.
3. Oʻrinbosarga uning xizmat majburiyatiga kirmaydigan qoʻshimcha majburiyatlarni
yuklashga boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan funksiyalar yuklatilishiga yoʻl
qoʻyilmaydi.